Marketing tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqotlari o‘tkazishning umumiy sxemasi



Download 3,61 Mb.
bet154/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

11.1-rasm. Marketing tadqiqotlari o‘tkazishning umumiy sxemasi



Internetda marketing tadqiqotlari o‘tkazishni an’anaviy tadqiqotlardan ajratib turuvchi asosiy farqlar axborot to‘plash usullari va ma’lumot manbalari hisoblanadi.

Ma’lumot manbalari

Tadqiqot rejasi birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlardan foydalanishni ko‘zda tutishi mumkin. Birlamchi ma’lumotlar mazkur loyihani amalga oshirishda muayyan maqsadda to‘planadi. Ikkilamchi ma’lumotlar esa boshqa maqsadlar uchun olingan, ma’lum bir shakldagi axborotlar hisoblanadi.

Odatda, tadqiqotlar vazifani to‘liq yoki qisman hal qilish uchun to‘g‘ri keluvchi hamda birlamchi ma’lumotlar to‘plash uchun xarajatlarni qisqartirishga imkon beruvchi ikkilamchi ma’lumotlar tahlilidan boshlanadi. Ikkilamchi ma’lumotlarning asosiy manbalari quyidagilardan iborat:



  • korxona faoliyati haqidagi ichki ma’lumotlar;

  • Internet orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Bu holatda web-sahifa va web-saytlar, ma’lumotlar to‘plami, telekonferensiya va fayl serverlari manba vazifasini bajarishi mumkin.

Zarur ma’lumotlarni ikkilamchi ma’lumotlar tarkibidan topishning imkoni bo‘lmagan yoki bu ma’lumotlar to‘liq, aniq va yetarli darajada ishonchli bo‘lmagan yoki eskirib qolgan hollarda birlamchi ma’lmotlarni to‘plashga to‘g‘ri keladi. Birlamchi ma’lumot to‘plashning asosiy usullari so‘rovlar, kuzatuv usuli va eksperimentlar o‘tkazish hisoblanadi.

Internetda ma’lumot to‘plash usullari

Ma’lumot to‘plashda foydalaniluvchi usullar o‘tkazilayotgan tadqiqot turiga qarab ikki xil – birlamchi yoki ikkilamchi usullarga taqsimlanadi.

Ikkilamchi marketing tadqiqotlari o‘tkazishda birinchi o‘ringa Internetda zarur axborotlarni qidirish usullari chiqadi. Bugungi kunda asosiy qidiruv vositalari qidiruv tizimlari va kataloglar hisoblanadi. Bir qator hollarda, ulardan foydalanish yetarlicha samara bermagan sharoitlarda tematik saytlar, «sariq sahifalar» va boshqa resurslar bo‘yicha «qo‘lda qidirish» amalga oshiriladi.



Birlamchi axborot to‘plashda ma’lumot to‘plashning asosiy usuli sifatida Internet-so‘rovlari, kuzatuv va eksperimentlar xizmat qiladi.

      1. Internet-so‘rovlar o‘tkazishning eng tarqalgan usuli anketa so‘rovlari hisoblanadi. Anketa respondentlar fikrini bilish uchun kiritilgan bir qator savollardan iborat bo‘ladi. Bu vosita moslashuvchanligi va universalligi bilan ajralib turishi sababli u birlamchi ma’lumotlar to‘plashning eng tarqalgan vositasi sanaladi.

An’anaviy anketa so‘rovlari o‘tkazishda bo‘lgani kabi, har bir Internet- tadqiqoti o‘tkazishdan avval anketada foydalaniluvchi savollarni puxta ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish zarur. Bu ishga noprofessional yondashuv voqelikni buzib ko‘rsatishga yoki olingan natijalar noto‘g‘ri talqin qilinishi olib kelishi mumkin.

      1. Kuzatuv usuli biror-bir ob’ekt yoki sub’ektning xulq-atvori muntazam ravishda o‘rganiluvchi marketing tadqiqotlari shaklini ifodalaydi. So‘rov usulidan farqli o‘laroq kuzatuv usuli kuzatilayotgan ob’ektning axborot haqida xabar qilishga tayyor ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi hamda uning xulq-atvori bilan bog‘liq voqea va hodisalar haqidagi ma’lumotlarni ochiq yoki yashirin to‘plash va qayd etish jarayoni hisoblanadi. Kuzatuv predmeti, masalan, xaridorlar xulq-atvori yoki tavsifnomalari bo‘lishi mumkin.

Bu usulga o‘z web-serveri yordamida firmalar tomonidan o‘tkaziluvchi marketing tadqiqotlari kiradi. Bu usul web-serverning jurnal fayllaridan (log files) yoki cookie fayllarini qo‘llash asosidagi texnologiyalardan foydalangan holda olinuvchi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdan iborat. Bu ma’lumotlar tashrif buyuruvchilarning xulq-atvoriga, ularning sahifalar bo‘ylab harakatlanish ketma- ketligiga yoki web-serverga tashrif buyurish tezligiga taalluqli bo‘lishi mumkin. Saytda qidiruv tizimi joylashtirilgan hollarda foydalanuvchilar kirituvchi so‘rovlar ham qo‘shimcha ravishda to‘planishi va tahlil qilnishi mumkin.

Serverga tashrif buyurish statistikasi tahlili imkoniyatlari eng samarali marketing vositalaridan biri sanaladi. Respondentlarning faol ishtirok etishini talab qiluvchi so‘rov o‘tkazishdan farqli o‘laroq, statistika tahlili foydalanuvchilarni faol harakatga jalb etmasdan turib qimmatli axborot to‘plashga imkon beradi.



      1. Eksperiment usuli ilmiy nuqtai nazardan eng jiddiy usul bo‘lib, sabab-oqibat aloqalarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Eksperiment ob’ektlari maxsus tanlab olinishi hamda ularning reaksiyasi o‘rtasida statistik ahamiyatga ega farqlarni aniqlash uchun tashqi muhitni nazorat qilgan holda rejalashtirilgan ta’sirga uchratilishi lozim. Ishga aloqasi bo‘lmagan tashqi omillar nazorat ostiga olingan darajada kuzatilayotgan samaralar eksperiment olib boruvchilarning ob’ektga ta’siriga kiritilishi mumkin. Shu tariqa voqea-hodisalar o‘rtasida aniqlanuvchi aloqalar sabab-oqibat aloqalari, eksperiment maqsadlari esa erishilgan deb hisoblanishi mumkin.




    1. Download 3,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish