Mavzu bo’yicha savollar:
1 . Nutq sur’ati, ravonligida kuzatiladigan nuqsonlami ta’riflab bering.
2. Bradilaliya nuqsoni nimadan kelib chiqadi? U nuttqa qanday namoyon bo’ladi?
3. Taxilaliya nuqsoni nimadan kelib chiqadi? U nutqda qanday ifodalanadi?
4. Tarbiyachi va oqituvchilar nutq sur’ati, ravonligida kamchiligi bo’lgan bolalarga qanday
munosabatda bo’lishlari kerak?
5. Tutilib gapirish nuqsoni nimalardan kelib chiqadi?
6. Tutilib gapiruvchi kishilarga qayerda va qanday yordam tashkil etilmoqda?
7 .Sistemali nutq nuqsonlariga qaysilari kiradi?
8.Afaziya nuqsonini ta ’riflab bering.
9.Alaliya va afaziyalarning o'xshash tomonlari va farqlari nimada?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ayupova M.Y. Logopediya. T.: O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007.
Дефектологический словарь. M.: Владос, 2001y.
Лапшин В.A., Пузанов Б.П. Основи дефектологии. M.: Просвещение, 1990.
Mo’minova L.R. Logopediya. T., 2006 y.
Po’latova P. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika). T.:«G’afur G’ulom», 2007.
Raxmanova V.S. Maxsus pedagogika. T.: G’ofur G’ulom, 2004 y.
www. Ziyo.net
18-mavzu. MT yoshidagi nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan MTM larda olib borilaigan ishlar
(2soat, amaliy)
Reja:
1. Og’ir nutqiy nuqsoni bor bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari
Тayanch so’zlar:
Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari, og’ir nutqiy nuqsonlar, tayanch apparatining nuqsonlari, o’g’ir nutqiy nuqsonli bolalar uchun tashkil etilgan MTM larda olib borilaigan mashqlar turlari.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tovush madaniyatini shakllantirish metodikasi
O’gir nutq buzilishlariga ega bolalar bilan logoped mutaxassis yoki defektolog shug’ullanadi. Ularning maqsadi nutq buzilishini o’rganish va bartaraf etish hamda nuqsonlarning oldini olishdan iborat
Maxsus ta’lim muassasasi mutaxassisisning vazifalari quyidagilardan iborat
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq kamchiliklarini aniqlash va bolalarni logopedik ko’rikdan o’tkazish
2. Nutq buzilishining sabablar, mexanizmlari, strukturasini aniqlash
3. Nutq buzilishining bartaraf etish metodlari va vositalarini ishlab chiqish
4. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish
5. Logoprdik yordamni tashkil etish vositalari va usullarini modernizatsiyalash
6. Янги педагогик технологияларни амалий фаолиятга ки-ритиш.
7.Nutq buzilishlarining oldini olish uchun aholi o’rtasida logopedik bilimlar targ’ibotini olib boorish
Nutqida o’g’ir nuqsoni bo’lgan bolalarni maxsus muassasalarga tanlab olish va yo’llanma berish bilan tibbiy-psixologik- pedagogic komissiya (TPPK) shug’ullanadi.
Nutqning tovush madaniyatiga doir bir qancha vazifalarni: tovush talaffuzi, sur’ati, diksiya, tasviriylik va boshqalarni amalga oshirilishidagi asosiy yo‘l ishning frontal shaklidir. Bundan bolalar bog‘chasining hamma guruhlarida foydalaniladi. Bu ish, avvalo, mashg‘ulot shaklida amalga oshiriladi va unga har xil mazmundagi mashqlar kiritiladi.
Tovush talaffuzi, nutqda nafas olish, eshitish mashqlari har kuni olib kiritiladi.
Kichik guruhlarda bolalar bilan olib boriladigan ishlar ommaviy tarzda hamma bolalar bilan o‘tkaziladi. Shuningdek, yakka tartibda ham olib boriladi. Bolalar bilan yil davomida undosh tovushlardan p, b, m, n, t, d, q, g, f, v, n, sirg‘aluvchi s, z, sh, j, ch; unli tovushlardan a, o, u, i, o‘, e larning talaffuzi nutq orqali nafas olish, eshitish idrokini, nutq apparatining harakatini, nutq apparatini rivojlantiruvchi ishlar bilan olib boriladi.
0‘rta guruhda qiyin tovushlarni talaffuz qilishga o‘rganish mashg'ulotlari yaxshi natija beradi. Nutqning tovush madaniyati ustida ishlash katta va tayyorlov guruhlarida davom ettiriladi.
Tizimli ravishda olib borilgan ishlar natijasida maktabga tayyorlov guruhidagi barcha bolalarda ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etadigan bo‘lishlari lozim. Lekin shunga qaramay, katta va layyorlov guruhlarida tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o’rganadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarga turli nutq tovushlari: she’r o'qish, tez aytish, maqollar, suratlarni qayta hikoya qilish, ifodalash asosida tovushlami to‘g‘ri talaffuz etishni mashq qildirib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |