Markazning asosiy maqsadi va vazifalari



Download 2,11 Mb.
Sana22.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#574115
Bog'liq
Markaz bo`yicha umumiy ma`lumotlar





NAVOIY VILOYATI MUDOFAA ISHLARI BOSHQARMASI HUZURDAGI CHAQIRILUVCHILARNI HARBIY-TEXNIKA MUTAXASSISLIKLARI BO`YICHA TAYYORLASH MARKAZI


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabr kunidagi PQ-4061-sonli Qarori, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2018 yil 20 dekabr kunidagi 759-sonli buyrug`I, Markaziy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonining 2018 yil 21 dekabr kunidagi 519-sonli buyrug`I talablariga muvofiq, 2019 yil 3-fevraldan Mudofaaga kumaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy abtomobil maktabi Markaziy harbiy okrug tasarrufiga o`tkazilgan.

Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzurdagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash markazi Navoiy shahar, S.Ayniy ko`chasi 63-uyda joylashgan bo`lib, jami umumiy maydoni 2,65 gektardan iborat hamda Navoiy viloyati Karmana tumani Yangi ariq mahalla hududida 10,0 gektar yer maydonidan iborat “Avtodrom” mavjud.
Markazning asosiy maqsadi va vazifalari:
O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining muddatli harbiy xizmatchilar bilan to`ldiriladigan lavozimlarini markazlarda maqsadli ravishda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlangan chaqiriluvchilar bilan butlash;
Chaqiriluvchilarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash, ular ongida milliy g`oyaga sodiqlik, o`z vatani bilan faxrlanish, harbiy burchni ongli ravishda ado etishga shaylikni shakllantirish va bo`lajak vatan himoyachilari sifatida harbiy intizomga o`rgatish;
Markazlarda harbiy-texnika mutaxassisliklari bo`yicha o`qitish jarayonida chaqiriluvchilarga zamonaviy harbiy-texnika va qurol-aslahalrni ishlatish, ularga texnik xizmat ko`rsatish ishlarini mustaqil bajarish bilan bog`liq ko`nikmalarini shakllantirish;
Chaqiriluvchilarni umumiy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik fani bo`yicha egallagan bilim va ko`nikmalarini yanada takomillashtirish, ularni muddatli harbiy xizmatni o`tashga jismonan va ruhan tayyorlash.
Markaz o`quv moddiy texnika bazasi:
Markazda zamon talablariga javob beradigan 50 m masofadan dushmanni joyida paydo bo`luvchi va harakatlanuvchi nishoniga otish TIR o`quv-moddiy texnik bazasi, Yoshlarni jismoniy chiniqtirish uchun sport majmuasi, an`anaviy kurash, stol tennis zali, trenajyor, shaxmat va shashka, aviamodel to`garaklari, “B” va “C” toifalari haydovchisi mutaxassisligi bo`yicha trenajyorlar, zamon talablariga javob beradigan sinf xonalar, transport vositalari, “Radiotelefonist” mutaxassisligi bo`yicha radio stansiyalar mavjud.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019 yil 3 iyundagi 532-sonli “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash o`quv dasturi”ga asosan 2022-2023 oquv yilida 3 bosqichda o`quv jarayoni tashkillashtirilib, unda har bosqichda 56 nafardan chaqiruvchi jalb qilinadi, 26-nafar chaqiriluvchi “B” va “C” toifalari haydovchisi mutaxassisligi hamda 30 nafar “Radiotelefonist” mutaxassisligi bo`yicha chaqiriluvchilar, yil davomida 78 nafar “B” va “C” toifalari haydovchisi mutaxassisligi va 90 nafar “Radiotelefonist” mutaxassisligi bo`yicha chaqiriluvchilar qabul qilinadi. Ularning axloqiy – ruhiy holatini va ma`naviy immunetetini oshirish maqsadida rejaga asosan muzey, kino-teatr, ziyoratgohlarga olib boriladi va o`quv mavsumida o`q otish maydonida harbiy-taktik mashg`ulotlar o`tkaziladi.


Oziq-ovqat va kiyim-kechak ta`minoti:
Markazda taxsil olayotgan chaqiriluvchilar O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2018 yil 20 dekabr kunidagi 759-sonli buyrug`Iga asoan Markazda mavjud 100 o`rinlik oshxonada 3 mahal bepul ovqatlanish, yuvinish va kiyim-kechaklar(choychab, yostiq jildlari, yuz va oyoq sochiqlari) bilan ta`minlanadilar.



O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 9 sentabrdagi 749-sonli “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash Markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`tisida”gi qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019 yil 3 iyundagi 532-sonli “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash o`quv dasturi”ga asosan
Chaqiriluvchilarini quyidagi yo`nalishlar bo`yicha o`qishga taklif qiladi:
1. “B” va “C” toifalari haydovchisi mutaxassisligi;
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019 yil 3 iyundagi 532-sonli “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash o`quv dasturi”ga asosan “B” va “C” toifalari haydovchisi mutaxassisligi bo`yicha taxsil oladigan chaqiriluvchilar bepul o`qitilib, o`qish muddati tugagach sertifikat hamda imtihon asosida haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Chaqiriluvchi bilishi shart:
avtomobilning tuzilishi va texnik imkoniyatlarini;
avtomobildan foydalanish va YuHQ buzilgandagi javobgarliklari haqida.


Chaqiriluvchi majburiyati:
Davlat ramzlarini bilishi shart;
Haydovchining axloq etikasini;
Oddiy va murakkab sharoitlarda harakatlanish usullarini bilishi shart.


2. “Radiotelefonist” mutaxassisligi.
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019 yil 3 iyundagi 532-sonli “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklari bo`yicha tayyorlash o`quv dasturi”ga asosan “B” va “C” toifalari haydovchisi mutaxassisligi bo`yicha taxsil oladigan chaqiriluvchilar bepul o`qitilib, o`qish muddati tugagach sertifikat beriladi.
Chaqiriluvchi bilishi shart:
Qurilmalar bilan ishlashni;
Elektr tokini inson hayotiga ta`sirini.


Chaqiriluvchi majburiyati:
Davlat ramzlarini;
Texnika xavfsizligi qoidasini;
Oddiy va murakkab sharoitlarda muomala qilishni bilishi shart.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish