Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri. Mezolit yunon so’zidan olingan bo’lib, «mezos» o’rta, «litos»



Download 29,3 Kb.
bet6/13
Sana01.01.2022
Hajmi29,3 Kb.
#299717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mezolit davri

Solyut-reylar va Orin’yaklar yashagan bir paytda O’rta Osiyoda tosh asri madaniyatining taraqqiyoti Falastin va shimoliy Af-rika madaniyatiga juda yaqin bo’lgan yunalishda rivojlan-gan. Bu rivojlanish tez orada yuqori paleolitdan mezolit madaniyatiga o’sib etishga imkon bergan. Bu madaniyat janub-ga xos bo’lgan xususiyatlarni ifodalovchi segment trapetsiya shakliga ega bo’lgan mezolit qurollarini borligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xos madaniyat Kozoғistonning shimo-liy cho’llarida yashovchi Volgadan to Uralgacha bo’lgan xududlarga o’z ta`sirini ko’rsatgan». Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo yodgorliklaridan biri Djebel bo’lib, shu yodgorlik tufayli nafaqat mezolit balki neolit davriga mansub bo’lgan ko’p yodgorliklarni xronologiyasiga aniqlik kiritilgan. Bu yodgorlik 1947 yili A. P. Okladnikov tomonidan topilib, 1949 va 1950 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Djebel yodgorligida jami 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlanib, shundan 8 tasi asosiy, 2 tasi esa o’tish davrini aks ettiruvchi qatlamlar deb topilgan. Madaniy qatlamlardan jami 5345 ta tosh buyumlar topi'lib, ular orasida 31 xili mehnat qurollari sifatida ajratib olingan. Yodgorlikdagi 8,7 madaniy qatlamlar mezolitni oxiriga, 5 a, 5, 6lar esa mezolitdan neolitga o’tish davrini, 4 va 5ilk neolit davrini, 3si so’nggi neolitni, 2 va 1 ilk bronza asrini aski ettirishlarini aniqlagan. Bu yodgorlik har tomonlama mukammal o’rganilgan yodgorliklar qatoriga kiradi. eng muximi bu yodgorlikni mutloq yoshi radiokarbon usulida aniqlangan Djebel yodgorligini mukammal ravishda kelib chiqqan xulosa shuki, shu yodgorlik tufayli O’rta Osiyodagi mezolit va neolit yodgorliklarining xronologiyasi ularni davrlashtirish masalalari, madaniy jixatdan qaysi madaniyatga alokadorligi kabilarni aniqlashda Djebel muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham arxeologlar bu yodgorlikni boshqa yodgorliklarni aniqlash qiyin bo’lgan jixatlarini aniqlashda kalit rolini bajaruvchi katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlik deb atashadi.

Xuddi Djebel kabi mezolit davri ajdodlarimiz tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklardan yana biri Damdam chashmaP yodgorligidir. Bu yodgorlik katta Bolqon toғining Kaspiy dengiziga qaragan yonbaғridagi dara ғorlaridan birida joylashgan bo’lib, uni 196364 yillari arxeolog olim G. E. Markov tomonidan mukammal o’rganilgan. Ғordagi madaniy qatlamni qalinligi 3 m 20 sm dan 5 m gacha boradi. Jami madaniy qatlam maydonini 250 mto’la qazilib materikkacha etilgan. Hammasi bo’lib 9 ta xronologik jixatdan birbirlaridan farq qiluvchi madaniy qatlamlarni borligi aniqlangan. Bu qatlamlardan 609 ta loydan yasalgan idishlarni siniqlari va 11 mikgdan ortiq chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollari hamda ularni chiqindilari topilgan. eng muximi yodgorlikni 7qatlamidan geometrik shaklga ega bo’lgan tosh qurollar topilib, ularni yaqin sharqdagi yodgorliklarni va Djebeldagi tosh qurollar bilan solishtirilib, ular o’rtasidagi o’xshashlik alomatlarini borligi aniqlandi.

Ana shu qiyosiy o’rganishlarni natijalariga ko’ra DamdamchashmaI ni 9qatlami ilk mezolit davri bilan yoki yuqori paleolitni so’nggi bosqichi bilan, aniqroғi eramizdan avvalgi X ming yillikgacha bo’lgan davr bilan belgilandi. 9 qatlamdan keyingi 8, 7, 6, 5 qatlamlar esa ilk mezolitdan to so’nggi mezolitgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4qatlamni pastki qismini esa so’ngggi mezolit bilan aniroғi UPU1 ming yillik bilan belgilanadi. Demak, 8, 7, 6, 5 va 4 qatlamni pastki qismi XII ming yillikdan eramizgacha bo’lgan VI ming yillikni o’z ichiga oladi. 4madaniy qatlamni ustki qismi esa ilk va rivojlangan keramikali neolit davriga yoki eramizgacha bo’lgan U1U ming yillikka tegishli. 3 madaniy qatlamni qalinligi va undagi arxeologik materiallarni analizini yakuniga ko’ra, uni xronologik ramkasi IV ming yillikni oxiri va III ming yillikni ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. Bu davr arxeologik jixatdan eneolit va so’nggi neolitni o’z ichiga oladi. 2madaniy qatlami esa eramizgacha bilgan II ming yillikni ikkinchi yarmini o’rtalari bilan belgilanadi. Shunday qilib Djebeldan so’nggi ikkinchi kalit yodgorligi hisoblangan DamdamchashmaP yodgorligi o’z tarixida taraqqiyotning bir necha bosqichlarini ya`ni yuqori paleolitni oxiridan to bronzani oxirigacha bo’lgan davrlarni o’z boshidan kechirganini ko’rsatadi. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni birinchi bo’lib, mezolitni oxirlariga kelib Kaspiy bo’ylaridan avval echkilarni, so’ng qo’ylarni xonakilashtirilganlarini isbotlovchi arxeologik ma`lumotlarni berishidir. Bu demak million yillar davomida Markaziy Osiyoda ajdodlarimiz o’z xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik asosi. da yuritib kelgan bo’lsalar, endi mezolitni oxirlariga kelib, Markaziy Osiyoni hamma xududida bo’lmasada ayrim joylarida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tganlar deyishimizga asos beradi.

O’ziga xos xususiyatlari bilan Markaziy Osiyoni mezolit va neolit davri xaqida bizni tasavvurimizda chuqur iz qoldiruvchi yodgorliklardan yana biri bu Damdamchashma1 yodgorligi bo’lib, u Damdamchashma11 bilan deyarli yonma yon joylashgan. Ғorni kengligi qoyatosh ayvoni oldida 48 m, ichkari tomoni 14 m, balandligi esa 10 m, ammo uni ichki satxi DamdamchashmaP kabi yashash uchun uncha qulay bo’lmagan. Shuning uchun bo’lsa kerak uni madaniy qatlamlarini qalinliklari ham har xil. Lekin shunga qaramay bu yodgorlikda olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, undan topilgan arxeologik topilmalar juda katta tarixiy ahamiyatga ega ekan. eng muximi bu erdagi arxeologik materiallar shu ғorda yashagan ajdodlarimizni chetdan kelmaganini, balki shu erli yuqori paleolit odamlarining davomchilari ekanli-gani isboilab berdi. Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larning madaniyati shimoliy Iroqning mezolit davri madaniyatiga va janubiy Kaspiy bo’ylaridagi hamda janubiy-sharqiy erondagi mezo-lit, neolit davri madaniyatiga juda yaqinligini ko’rsatib, yuqoridagi akademik A. P. Okladnikovni fikrlarini to’ғri ekanlagini yana bir bor isbotladi. Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larda qazish ishlarini olib borgak arxeo-log G. E. Markovni taxminiga ko’ra, Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larni madaniyati sharqiy- janubiy Kaspiy bo’ylari, eronning maarkaziy viloyatlari va Iroqni shimo-li, tosh asrida bitta umumiy bir-biriga juda o’xshash mada-niyatga ega bo’lgan xududni tashkil etganlar. Shunday qilib, Dam-dam-chashma-1 yodgorligida olib borilgan arxeologik iz-lanishlar Dam-dam-chashma-P kabi bu erda ham mezolitni ik-kinchi yarmidan bronzani ilk davrigacha bo’lgan tosh indust-riyasini rivojlanish dinamikasini ko’rsatuvchi yodgorlik ekani aniqlandi. A. P. Okladnikov tomonidan topilgan va o’rganilgan navbatdagi mezolit yodgorligi o’zini ob- xavoni o’zgarishi tarixi bilan boғliq bo’lganligi va Kaspiy dengi-zini ta`sirini aks ettirgani bilan ko’pchilikni ehtiborini o’ziga jalb qilgan Kaylyu qarorgoxidir. Bu Kaylyu ғori ho-zirgi kunda ham Kaspiy dengiziga juda yaqin bo’lib, uni ma-daniy qatlamlari 4 m lik qalinlikka ega. Bu mezolitga oid madaniy qatlamlarni tagi Kaspiy dengizini harsangtoshla-ridan iboratdir.

A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra dengiz suvini to’lini o’z qirғoғidagi toғ jinsini vaqt o’tishi bilan emi-rib, ғorni vujudga keltirgan va oradan ko’p yillar o’tishi bilan dengizni o’zi qirғoqdan ancha chekingan. Shundan so’ng mezolit odamlari kelib bu ғorga joylashganlar. Hozirgi kunda dengiz bu qarorgoxdan 20 m pastga tomon siljigan. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni madaniy qatlamlarini juda yaxshi saqlanganligidir. Uchirindi va plastinkalar va ularni o’zaklar juda ko’plab topilgan. eng noyob topilmasi bu suyakdan maxsus yasalgan nina bo’lib, uni bir uchi o’tkirlangan, ikkinchisida esa ip o’tqazish uchun maxsus parmalanib, teshik xosil qilingan. Bunday usulda tayyorlangan ignani topilishi Markaziy Osiyo xududida yagona voqea bo’lgan edi. A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra Markaziy Osiyo xududida mezolit davrida kishni sovuq kunlarida ajdodlarimiz maxsus bichib tikilgan kiyimlarda yurishgan. Bu borada tulki, bo’ri, quyon kabilarni terilaridan keng foydalanganlar. Aks xolda yuqoridagi kabi maxsus tayyorlangan ignalar bizgacha etib kelmagan bo’lar edi. Kaylyu ғor yaqinidan ikkita go’rni topilishi va ularni o’rganilishi ularni mezolit va neolit davriga mansub ekanliklaridan dalolat beradi. Bu qabrlardan topilgan arxeologik materiallarni ahamiyatli tomonlari shundaki bular ajdodlarimizni diniy e`tikodalri, ko’mish marosimlari xaqida bizga ancha mukammal ma`lumotlar berdi. Murdalar ustiga kizil rang (oxra) lar sepilganligi uchun ularni suyaklari


bo’yalgan xolatda topilgan. Harakterli tomoni shundaki, qabrlardan bu ranglardan tashqari dengiz chiғanoqlaridan yasalgan juda ko’plab taqinchoqlar ham topildi. Bularning hammasi mezolitni oxiriga kelib, bizni Markaziy Osiyo xududimizda uruғlarni qabristoni vujudga kelganidan va bunday xolat ajdodlarimizda narigi dunyoga ishonish e`tiqodi ancha taraqqiy etishidan dalolat beradi. Ajdodlarimiz bu kizil ranglar qon urnini bosishiga va «hayotiy kuvvatga« ega bo’lishiga ishongan bo’lsalar ajab emas. Bu yodgorlikni o’rganilishi yana shuni ko’rsatdiki, bu qadimgi qabilalar biz uchun meros. qilib qoldirgan madaniyatlarni har biri, bir-birini ichidan o’sib chiqqan, chetdan keltirilmaganligini ko’rsatdi. Ammo bular eron va Iroqni shimolidagi qabililar bilan mustaxkam aloqada bo’lganlar. YUqoridagi yodgorliklarni barchasida uchirilgan plastinkalarni sifatlari yuqori darajada bo’lgan. Buning sababi A. P. Okladnikovni fikricha shu yodgorliklar joylashgan xududda chaqmoqtosh zaxiralarini ko’pligi va ularni sifatini yuqori darajada ekanligidir. Bunday fikrni to’ғriligini, bu borada juda ko’plab tajribalar o’tkazgan arxeologlarni iz-lanish natijalari ham to’la tasdiqlaydi. Faqat sifatli xom ashyolardangina sifatli mehnat qurollarini yasash mumkin.

Markaziy Osiyo xududidagi, hozirgi hamdo’stlik mamla-katlari orasida Tojikiston respublikasini xududi arxeo-logik jixatdan nafaqat chor Rossiyasining xukmronlik dav-rida, balki kizil Imperiya`ning XX asrni ikkinchi yarmiga qadar ham juda kam o’rganilgan edi. Tojikistonda nafaqat tosh asri, xatto bronza davri ham tushunilishi qiyin bir jumboq bo’lib kelmokda edi. Shuning uchun ham bu xududda kutilmaganda antik davrda yuqori madaniyat gullagan degan tushuncha yuzaga kelgan edi. Ammo 1948- yildan boshlab, rus olimlari A. A. Semenov, A. Ya. Yakubovskiy va M. M. D’yakonovlarning tashabuslari bilan tosh asri bo’yicha A. P. Okladnikov boshchiligida maxsus otryad tashkil kilinib, qi-diruv ishlari boshlab yuborildi. Bu otryad tarkibida 3. A. Abramov, N. N. Zabelina, T. I. Zaimal’, V. D, Zaporoj-skaya, A. T. Konoplya, V. E. Larichev, V. A. Ranov kabi rus olimlari bo’lgani xolda Tojikistonni milliy kadrlaridan bironta ham yo’q edi. Bu otryad tomonidan deyarli butun To-jikiston xududida: Amudaryoni janubiy bo’ylarida, Xisor vodiysini markaziy qismida, shimolda Sirdaryo xavzasida tosh asri yodgorliklari borligi aniqlandi. Chil-chor-chashma buloғi yonidan Xoji- yagona nomi bilan fanga kirgan mezo-lit yodgorligi topildi. Danғara rayoni xududidan esa ikki-ta mezolit davriga oid ajdodlarni to’rgan joylar topildi. Bu erlardan topilgan tosh qurollarning hammasi A. P. Ok-ladnikov tomonidan Djebelni tosh industriyasi bilan qiyos-lab o’rganilib, ularni xronologiyasini rivojlangan mezolit davri bilan belgilandi. Ikkinchi turar joy esa Danғara, ya`ni shahar tipidagi qishloqni o’zidan topildi. Mikrolitik qiyofaga ega bo’lgan eng boy topilmalar Chil-chor-chashma bu-loғi yonidan topildi. Bu yodgorliklarni tosh qurollarini Djebel bilan solishtirib, A. P. Okladnikov eramizgacha bo’lgan U1-U ming yillik bilan belgilagan. Otryad tomoni-dan topilgan barcha mezolit yodgorliklarini o’rganilishi na-tijasida eramizdan avvalgi VIII- V ming yillikda Toji-kiston xududida Amudaryodan Sirdaryogacha bo’lgan erlarda ovchi-yiғuvchilar va baliqchilar yashagan va ular keramika 


Download 29,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish