Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma'naviyati Reja



Download 19,85 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi19,85 Kb.
#355

Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma'naviyati

Reja:

1. Qadimgi xalq og'zaki ijodi za yozma yodgorliklarda Markaziy Osiyo xalqlari

ma'naviyatining yoritilishi.

2. Markaziy Osiyoda eng qadimgi dinlap va ularda ma'naviyat masalalarini aks etishi.

3. Zardushtiylik «Avesto» inson va uning ma'naviyati xaqida fazilatli inson va uning axloqiy normalari, insonning moddiy va ma'naviy dunyoga munosabati.

4. Urxun-Yenisey, run yozma yodgorliklarida insoniy fazilatlarning yoritilishi.



Qadimgi xalq ogzaki ijodi za yozma yodgorliklarda Markazi Osiyo xalqlari manaviyatinig yoritilishi.

Milliy ma'naviyatimiz rivojlanish bosqichlarihaqida fikr yuritib, Ushbu murakkab va ko'p ming yillik ma'naviy rivojlanishimiz jarayonlaridan asosiy bo'g'inlarni ajratib olish lozim.

Xalqimiz madaniy taraqqiyoti o'ta murakkab tarixiy hodisalar majmuini tashkil etib o'z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab oladi. Milliy ma'naviyatimizning bir necha ming yillik tarixini uch yirik davrga ajratish mumkin:

1. Islomgacha bo'lgan davr.

2. Islom davri.

3. Yangi jaxon madaniyatida milliy ma'naviyatimiz rivoji.

Ushbu davrlar o'z ichiga olgan muddatlariga ko'ra aslo teng emas. Birinchi davr o'z ichiga bir necha ming yilliklarni qamrab olsa, ikkinchi davr 11-12 asrni, uchinchi davr esa 1-1,5 asrni oladi.

Eng qadimgi ma'naviyat inson asosan tosh qurollardan foydalangan ilk ibtidoiy jamoa davri bo'lib – bu davr insonning rivojida muhim bosqich hisoblanadi.

Islomgacha bo'lgan milliy ma'naviyatimiz va uning rivojlanishi haqidagi manbalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin:

1. Avesto va turkiy toshbitiklar

2. Qadimgi Shumer, Ashshur, Bobil, Misr, Yunon, Xind, Xitoy manbalari va Eron shohlarining toshbitiklari.

3.Arxeologik yodgorliklar ya'ni Samarqanddagi Siyovush qal'asi, kadimgi Xorazm, Buxoro eski shaharlari xarobalaridan topilgan ashyolar va inshootlar.

4.Xalq og'zaki va yozma adabiyoti namunalari, urf-odat va marosimlar, o'yinlar va bayramlar.

Qadimgi turk xalqlarining bitiktoshlari yodnomalardagi voqealar va shaxslar tarixiy bo'lib, o'z davrining barcha tomonlari-moddiy, ijtimoiy-siyosiy xayotni qamrab oladi, shuningdek, qabilalar xayotida yuz bergan jiddiy o'zgarishlar, boshka xalqlar bilan munosabatlari o'z aksini topgan.

«Avesto», «Urxun bitiklari», «Enasoy bitiklari», «Irk bitigi» Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo'lgan eng dastlabki axloqiy-ma'naviy tasavvurlari yozma manbalarva mumtoz ma'naviy qadriyatlarning paydo bo'lishi xamda shakllanishida asosiy poydevor vazifasini bajarib kelgan.

Qadimiy tarbiya akidalarining asosiy maksadiinsonni yovuz ruxlardan ruxan va jismonan xalos etish va saqlash, ularda yaxshilikning doimiy galabasiga ishonch xissini shaklantirish, qalb pokligi, sixat-salomatlikka da'vat etuvchi dastlabki tasavvurlardan iborat bo'lgan.

«Tumaris», «Zariadr va Odatida», «Shiroq» va Urxun-Enasoy bitiklaridan qadimgi xalk og'zaki ijodi va yozma adabiyoti toshlarga o'yib yozila boshlanadi.

«To'maris»eposida Osiyo axolisining chet el bosqinchilariga, xususan eramizdan oldingi VI asrda bu o'lkaga bostirib kirgan eron axmoniylar shoxi Kirga qarshi massaget qabilalarining qaxramonona kurashi aks etgan.

«Shiroq»eposi xamOsiyo axolisining chet el bosqinchilariga qarshi qaxramonona kurashi aks etgan.

Qadimgi turk xalklarining bitiktoshlari yodnomalardagi voqealar va shaxslar tarixiy bo'lib, o'z davrining barcha tomonlari-moddiy, ijtimoiy-siyosiy xayotni qamrab oladi, shuningdek, qabilalar xayotida yuz bergan jiddiy o'zgarishlar, boshka xalqlar bilan munosabatlari o'z aksini topgan.

Bitiktoshlar eng avvalo turkiy xalqlarning yozma adabiyoti namunalaridir. Ularda tasvirlangan voqealarning aniq tarixiy asoslar xalq og'zaki ijodi mavzu zaminida birikib, yozma adabiyotning aloxida bir turini yuzaga chiqargan. Ayniqsa, qaxramonlik, vatanparvarlik, gumanistik g'oyalarning bosh o'ringa chiqishi aloxida diqqatga sazovordir.

Tunyukuk, Bilga xokon toshbitiglari, «Uguznoma», Kultegin bitigi, Urxun-Enasoyyozma yodgorliklari o'sha davr ajdodlarimizning tafakkur tarzi, orzu-armonlari, ma'naviy kamolot darajasini aks ettirgan.

Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari yozma yodgorliklarida xalq og'zaki ijodi, xalqning

ma'naviy xayoti, milliy urf-odatlari va axloqiy fazilatlari yoritilgan. Ulardagi eng muxim mavzular Vatan va millat, mustaqil davlatchilik g'oyalari, tabiatdan oqilona foydalanish, odob-axloqqoidalaridir.

Bitiklarda ta'kidlanganidek, xalqning butunligi, yurtboshining oqilligi va

tadbirkorligi, baxodirlar shiddati va shijoati bugungi kunimiz uchun xam ibrat va namunadir.

Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida xayvon shakllaridagi

muqaddaslashtirishlarning qoldiqlari uzoq saqlanib qolgan. Chunochi, bu vaziyat Sievush («qora aygir ot, toycha» ma'nosini anglatadi) bilan bog'lik qarashlarda xam o'z ifodasini topgan.

Zardushtiylik Qadimgi O'rta Osiyo, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Shimiloy Hindiston va boshqa xalqlarning dini bo'lib hisoblangan. Avesto kitobi ko'pgina xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini, olam haqidagi tasavvurlarini va diniy qarashlarini o'zida aks ettirgan qomusiy (entsiklopedik), diniy asardir. Ma'lumotlarga ko'ra Avesto kitobi – Yashtlar, Yasna, Visparad, Vendidot va kichik Avestokabi bo'laklardan tashkil topgan.

Avesto kitobiuzoq vaqt mobaynida ya'ni miloddan avvalgi 2-minginchi yilliklarning boshlarida shakllana boshlagan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Zardusht miloddan avvalgi 660-yilda Xorazmda dunyoga kelgan. Zardusht 20 yoshidan boshlab yakka xudolikni targ'ib qila boshlagan.

Avestoning dastlabki nusxasi 12 ming qoramol terisiga bitilgan va Eron shohi Kir bunyod etgan Persopol shahrida saqlangan.

Beruniyning yozishicha Iskandar mil. avv. 330-yilda Eronni bosib olganda,u Avestodagi tibbiyot, falsafa va koinot ilmiga oid qismlarini tarjima qildirib, qolgan

qismini yoqib yuborgan. Aynan shunda kitobning 3/5 qismi yo'q bo'lib ketgan.

Avestodagi asosiy diniy g'oyalari ko'pxudolikka va qohinlikka hamda odamlar va hayvonlardan qon chiqarib qurbonlik qilishga qarshidir. Undagi ta'limotga ko'ra inson yashashga haqli, uning huquqini poymol qilishga hech kimning haqqi yo'q. Inson tabiatga, hayvonot va barcha jonzonlarga mehr ko'zi bilan qarashi kerakligi ta'kidlanadi.

Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra insondagi jon abadiydir. Unda jannat, farishtalar, ruxlar, do'zax haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

Zardushtiylikda to'rt unsur ya'ni yer, suv, havo va olov ulug'lanadi.

Yaxshilik vaezgulik xudosiAxuramazda va yomonlik xudosiAxrimanlarAvesto kitobida ikki qarama-qarshi kuch ya'ni dunyoda yashashdan maqsad konfliktologik holda tasvirlangan.

Zardushtiylik diniga hozirgi kunda o'rta hisobda 200-300 ming odam e'tiqod qiladi.

Ular asosan Eronning tog'li hudularida va Hindistonning ayrim hududlarida yashovchi xalqlardir.

Avesto yaratilganligini 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash 2001 yilning oktyabr oyida BMTning maorif, fan va madaniyat ishlari bilan shug'ullanuvchi YUNESKO tashkiloti tomonidan ilgari surildi.

«Avesto» dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rim, yunon va arab tabobatidan ko'xnarok tarixga ega ekanligini ko'rsatadi. «Avesto» dagi tibbiy fikrlarni taxminan kuydagicha tasnif etish mumkin:

1. Tashrex (anatomiya) va mizon (fizilogiya).

2. Bemorlikning oldini olish vositalari.

3. Bemorlarni davolash yullari.

4.Tabiblarning axloq va tabobatga oid ba'zi qonun-qoidalar.

Moniylikta'limotigamilodiy III asrda Eronda vujudga kelgan.

Uning asoschisi va targ'ibotchisi Moniydir.

Moniyibn Fataktabib va faylasuf bo'lib, u o'z diniy qarashlarini 242 yilda Eron shohi Shopur 1-ga bayon qiladi. Uning ta'limotlarida urushmaslik va mol-dunyo yig'maslik muhim o'rin tutadi.

Zardusht qohinlari Moniyning va'ziga keskin qarshi chiqadilar.

Moniylik ta'limotigajuda ko'p mamlakatlarga Rim imperiyasidan tortib Xitoygacha tarqalgan edi, xususan O'rta Osiyo xalqlari orasida ham. Moniy 216 yilda tug'ilgan.

«Sir ul asror», «Kitob ul xudo vost-tadbir» (Rahbarlik va boshqaruv kitobi), «Shaburkan» va boshqa asarlarida Moniyning ma'naviy-axloqiy qarashlaribayon etilgan.

Moniylik ta'limotigaxristianlik va zardushtiylik dinlarini ayrim ta'limotlarini o'zida mujassam etgan yangi ta'limotdir.

Moniylikning asosiy g'oyasi:borlikning asosiy ikki substantsiya ya'ni birinchisi - yorug'lik, yaxshilik va ruh olami, ikkinchisi zulmat, yovuzlik moddiyat olamining o'zaro kurashuvidan iborat. Birinchi olamda xudo, ikkinchisida shayton, iblis hukmronlik qiladi. Ushbu ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada borliq (materiya) halokatga uchrab ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik ta'limotiga ko'ra bu dunyo yovuzlik dunyosidir.

Mazdakiylikham diniy-falsafiy ta'limot.

Mazdakiylik ta'limot asoschisiMazdak hisoblanadi.

Mazdakiylik ta'limotiga Moniylikning ta'siri katta bo'lgan. Bu ta'limot nafaqat Eronda balki O'rta Osiyoda ham keng tarqalgan bo'lgan.

Mazdak 470 yili Eronning Nishopur shahrida dunyoga kelgan.

Mazdakiylik ta'limotiga ko'raolamda bo'ladigan ishlar ongli va biron maqsadni ko'zlab harakat qiluvchi kuch ezgulik bilan ko'r-ko'rona va tasodifiy harakatlanuvchi johillik o'rtasidagi kurashdan iborat. Bu orqali Mazdak ijtimoiy tengsizlikni yo'qotish uchun kurashga da'vat etadi.

Mazdak xalqni zardusht qohinlari va boylarga qarshi kurashga boshlagan. Bu harakatni susaytirish maqsadida Eron shohi Kubod-1 Mazdakni qo'llab-quvvatlagan va uni Eron bo'yicha bosh qohin qilib tayinlagan.

Mazdak ta'limoti tarafdorlari keyingi asrlar davomida Eron, O'rta Osiyo va Ozarbayjonda hukmron doiralarga qarshi kurash olib borganlar. Islom dini tarqalgach uning tarafdorlari



Muqanna, Bobak rahbarligida kurash olib borganlar. Otasidan keyin taxtga o'tirgan eng odil shoh Xusrav-1 yoki Anushirvoni odil 529 yili mazdakiylar harakatini bostiradi va Mazdakning dinini man qilib, o'zini qatl ettiradi.

Xulosa shuki, Moniylik va mazdakizm Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviy yuksalishida, ayniqsa ularning adolatsizlik, zulm, zo'rlik, shavqatsizlikka qarshi kurashiga o'z ta'sirini o'tkazgan.
Download 19,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish