Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Salorlar, salurlar
- (o ‘zlarini “salir” deb ataydilar) Xitoydagi 
turkiy xalq bo‘lib, asosan, Chingxay (Sinxay) o ‘lkasi Syunxua 
(“itoatkoriik” ma'nosini bildiradi) tumanida yashaydi. 1954-yilda 
ushbu tumanga muxtoriyat maqomi berilgan. Salorlaring kam qismi 
Gansu va Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida istiqiomat qiladi. 
Ulaming umumiy soni 130607 kishini tashkil etadi va salor tilida 
so‘zlashadi. Salorlar sunniy m usulmonlar hisoblanadi va 1954-yilda 
ular alohida mill at sifatida tan olingan.
Xitoy yilnomalarida salorlar XIV asrdan boshlab tilga olingan. 
Akademik V. V. Bartold salorlaming Turkmanistonda yashaydigan 
turkman (o‘g‘uz)lar tarkibida bo‘lgan salor (salir) qabilasi bilan 
tarixan bog‘liq, deb ta'kidlagan edi. Abdulg‘oziy Bahodirxonning 
yozishicha, 0 ‘g‘uzxonning o ‘g‘li T og‘xonning 4 nafar o ‘g i i bo‘lib, 
kattasining ismi Salur edi. Hozir XXRda yashaydigan salorlam ing 
hayotida turkistonliklar, ayniqsa, o ‘zbeklam ing urf-odatlari yaxshi 
saqlanib qolgan. Masalan, ular uylarining atrofi, k o ‘chalari va 
hovlilariga mevali daraxtlar ekib, boqqa aylantiradi, uy-joy qurishda 
to‘sinlami bezatib, hovliga qaratilgan katta ayvon barpo etadilar. 
Mahallalarda masjid solishga alohida e'tibor beriladi, masalan, birgina
192


Syunxua tumanida 79 ta katta-kichik masjid mavjud. Ro‘za va Qurbon 
hayitlari katta tantana bilan nishonlanadi.
Xitoylar bilan yaqin yashashiga qaramay, islom bo‘yicha harom 
deb ko ‘rsatilgan narsalar yeyilmaydi. Erkaklar oq yoki qora do‘ppi, 
yosh yigitlar esa oq ko‘ylak, uning ustidan nimcha kiyib, bellariga 
qizil belbog1 bog‘laydi, shuningdek, katta yoshdagilar to ‘n kiyadi.
Salor qizlari qizil ko‘ylak, uning ustidan qora nimcha va do‘ppi 
kiyadi, qulog‘iga bir nechta xalqadan iborat bo‘lgan zirak taqadi. 
Yosh ayollar yashil, o ‘rta yoshdagilar qora, keksalari esa oq ro‘mol 
o ‘raydi. Nikoh va motam marosimlari o ‘zbek va uyg‘urlamikiga 
o ‘xshab ketadi. So‘nggi yillarda salorlaming maishiy hayoti, ayniqsa, 
kiyinish madaniyatida ancha o ‘zgarishlar bo‘lsa-da, milliylik yaxshi 
saqlanib qolgan. 
Salorlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik 
bilan shug‘ullangan, shuningdek, savdogarchilik, bog‘bonchilik va 
oltin qazish kabi kasblar ular hayotida katta o ‘rin tutadi va aksariyat 
oilalar hunarmandchilik bilan ham shug‘ullanadi.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish