Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/136
Sana20.10.2022
Hajmi6,5 Mb.
#854415
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Nazorat savollari:
1. Tojik xalqining etnogenezi to‘g ‘risida nimalami bilasiz? 
M anbalar asosida ma'lumot bering?
2. Tojiklaming mintaqaning boshqa xalqlari bilan etno-madaniy 
aloqalarini izohlang?
3. Tojiklaming antropologik tipi va uni o ‘ziga xos xususiyatlari 
haqida-so-zlab-bering?
4. Tojiklami Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa xalqlari bilan 
xo ‘jaligidagi o ‘xshash hamda o ‘ziga xos jihatlarini bayon eting?
5. Pomir xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi to ‘g ‘risida so‘zlab 
bering?
6. Pomir xalqlari antropologik tipini manbalar asosida izohlang?
7. Pomir xalqlari an'anaviy xo‘jaIigining o‘ziga xos jihatlari 
to ‘g ‘risida ma'lumot bering?
117


VI BOB. T U R K M A N X A L Q I ETNOLO G IYASI
■* ---------------------------------------------------------
Mavzuga oid tayanch so ‘z va iboralar: 
Turkmaniston
Respublikasi

dax-massagetlar, 
saljuqiylar, 
turkmanlar
antropologiyasi, teke, yovmut, ersari, goklan, Kaspiyorti tipi,
chumur, о ‘tov, cho
'
qay.
6.1. Turkman xalqining etnogenezi va etnik tarixi
Turkmanlar asosan, hozirgi Turkm aniston hududida yashaydi. 
Turkmaniston — M arkaziy Osiyoning janubiy-g‘arbida joylashgan 
davlat bo‘lib, maydoni 491, 2 m ing km2dan iborat. Turkmaniston 
Respublikasida 6,2 million kishi yashaydi. Poytaxti — Ashxobod 
shahri.
Turkmaniston 
shimolda 
Q ozog‘iston, 
shimoliy-sharqda 
0 ‘zbekiston, janubda A fg‘oniston va Eron bilan chegaradosh. Kaspiy 
dengizining sharqiy qismi Turkmanistonning g ‘arbiy qirg‘oqlari 
bo‘ylab o ‘tadi. Turkmaniston hududi 5 ta viloyatga bo‘linadi. Birinchi 
viloyat Amudaryoning o ‘rta havzasida joylashgan bo‘lib, bu yerda 
ersari, soluri, boyati, sakari mukri, xotab va olam turkmanlari 
istiqomat qiladi. Ikkinchi viloyat M urg‘ob va Tejen vohalaridan 
iborat. 
l- 
''
Uchinchi viloyat Kopetdog‘ning tog‘oldi va tekislik qismlari, 
Ateka, Sumbar va Chandir daryolari vodiysini o ‘z ichiga olgan. U shbu 
hududda go‘klan, murchali, nuxurli, qardoshli, anauli va tekinlar hayot 
yashaydi. To‘rtinchi viloyat Turkmanistonning janubiy-g‘arbiy va 
Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini egallagan. Bu yerlarga X IX - 
XX asrlarda yovmut, oguijali va evlyad turkmanlari ko‘chib kelgan. 
Beshinchi viloyat Markaziy va Janubiy Qoraqum hududlaridan iborat 
bo‘lib, Turkmanistonning shimoliy-g‘arbiy hududlarini Balxan deb 
ham atalgan. Turkmanistonning janubida Kopetdog‘ tog‘lari (eng 
baland joyi 2942 m. - Rizo cho‘qqisi), undan shimoliy-g‘arbda K ichik 
Bolxon (777 m gacha) va Katta Bolxon (1881 m gacha) to g ‘lari 
joylashgan.
Turkmaniston hududi qadimda Ahamoniylar, Salavkiylar va 
Parfiya davlatlari, Yunon-Baqtriya podsholigi, Eftaliylar, Turk
118


xoqonligi, Arab xalifaligi, Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar, 
Xorazmshohlar ham da M o‘g ‘ullar imperiyasi tarkibida bo'lgan. XIV 
asrning 70-80-yillaridan Turkm aniston hududi Temuriylar tasarrufiga
o-tgan bo‘lsa, XVI asrning oxiri 
XVII asrda Xiva va Buxoro 
xonliklariga bo‘ysungan, bir qismi Eron tarkibiga o‘tgan edi. 1869- 
1885-yillarda Turkm aniston hududini Rossiya bosib oldi. 1917-yil 
noyabr-dekabr oylarida hududda sovet hokimiyati o ‘matildi. 1918- 
yilda TASSR (Turkiston muxtor sovet sotsialistik respublikasi tashkil 
etilgach, Turkm anistonning asosiy qismi (Zakaspiy viloyati, 1921-yil 
avgustdan Turkm aniston viloyati) uning tarkibiga kirdi. 1924-yil 27- 
oktyabrda Turkm aniston SSR tashkil topdi va SSSR tarkibiga kirdi. 
1991-yil 27-oktyabr kuni mamlakatda “Mustaqillik kuni” deb e'lon 
qilindi.
Turkmaniston 
Respublikasining 
asosiy 
aholisi 
turkmanlar 
hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda turkmanlar 0 ‘zbekiston, 
Shimoliy Kavkaz va Rossiyaning Astraxan viloyati hamda boshqa 
shaharlarda (50 m ing nafar), A fg‘onistonda (932 ming nafar), Eronda 
(1 mln 328 ming nafar) va Turkiyada (500 ming nafar) yashaydi. 
Turkmanlaming butun dunyo bo‘yicha nufiisi 8 mln nafar kishini 
tashkil qiladi.
Rasmiy til - turkman tili. Dindorlari asosan, sunniy musulmonlar. 
Yirik shaharlari: Ashxobod, Turkmanobod, Toshhovuz, Mari va 
Turkmanboshi.
Turkmanistonda rasmiy bayramlar bilan birga milliy bayramlar 
sifatida “Axaltekin otlari kuni”, “Suv kuni”, “Qovun kuni” va “Gilam 
kunlari” ham nishonlanadi.
Hozirgi vaqtda turkman xalqining etnogenezi muammolari to'liq 
o ‘rganilgan, deb bo‘lmaydi. Chunki, etnik tarix va turkman 
etnogenezining ko‘plab savollari javobsiz qolmoqda. Turkmanlaming 
o ‘ziga xos antropologiyasi va lingvistik tuzilishining tarixiy 
bosqichlari kam o ‘rganilgan. Turkman xalqining shakllanish davriga 
taalluqli 
savollar, 
ayniqsa, 
bahsli 
bo‘lib 
qolmoqda. 
Ushbu 
muammolaming tarixiy va etnologik yechimi bir necha bor turkman 
olimlari hamda xorijlik izlanuvchilar e'tiborida bo‘lib keldi. Ushbu 
savollarga javob topish o ‘rta asrlardanoq boshlangan.
Birinchi bo‘lib turkmanlar haqida Abu Rayhon Beruniy o ‘zining 
qimmatbaho toshlami o‘rganishga bag‘ishlangan “Минералогия” 
kitobida ma'lumot bergan va “turkman” nomining etimologiyasiga
119


doir fikr-m ulohazalarini bildirgan. K eyinchalik ushbu muammo 
M ahm ud K oshg‘ariyning “Девону луготит-турк” asarida ham o ‘z 
ifodasini topgan. Allom a turkm anlam ing o ‘g ‘u z va qarluq qabilalari 
tarkibiga kirishi hamda o ‘g ‘uzlam ing forsiyzabon o ‘troq aholi bilan 
yaqinlashishi natijasida o ‘zgarishi haqida tarixiy faktlam i yozib 
qoldirgan.
X IV 
asrda tarixchisi R ashididdin turkm anlam ing M ovarounnahr 
va Erondan qochib kelgan o ‘g luzlardan kelib chiqqan ham da tashqi 
sharoitlar ta'sirida tojiklarga o ‘xshab borgan, deb yozgan edi. XVII 
asrda yashagan Xiva xoni A bulg‘oziy Bahodirxonning “ Ш ажарайи 
туркнома” asarida turkm anlam ing kelib chiqishi va tarixi haqidagi 
o ‘rta asr olimlarining ma'lumotlari ham da xalq afsonalarini keltirgan.
G ‘arb davlatlarida ushbu m avzuga birinchi bo‘lib fransiyalik 
tarixchi De Erbelo qo‘l urgan edi. U o ‘g ‘uzlam ing Am udaryoning 
orqa tomoni va M ovarounnahm ing chegara qism lariga joylashishi, 
ulam ing mahalliy aholi bilan qo‘shilib ketishi, o ‘z tillarida avlodlarga 
xos dag‘allikni saqlab qolganliklari ham da buning natijasida 
xurosonliklar ulami “turkman”, ya'ni “turklarga o ‘xshash”, deb 
atagan, deb yozgan edi.
J. Deginning “Щ аркий халкларнинг умумий энсиклопедияси” 
asarida 
turkmanlaming 
kelib 
chiqishiga 
boshqa 
tom ondan 
yondashiladi. U o ‘g ‘uzlar boshqa turk qabilalari kabi qadimiy 
xunnlaming avlodi, deb hisoblagan edi. M azkur olim o ‘rta asrlarda 
o4g‘uzlaming ikki: g‘arbiy va sharqiy qism ga bo‘linganini k o ‘rsatib 
bergan. G ‘arbiy o 4g‘uzlar XI asrda Gretsiya va M akedoniyaga, 
ulaming sharqiy 
qismi 
esa Eronning 
chegara 
hududlaridagi 
viloyatlarga kirib borgan hamda ular turkm anlar deb atala boshlangan.
Rossiyada turkman etnogenezini yoritish bo ‘yicha dastlabki 
tadqiqotlar XVIII asrda boshlandi. Chunonchi, M. N. Karam zin 
o‘g‘uzlami qadimgi rus yilnomalarida turklar bilan bir, deb hisoblagan 
edi. 0 ‘z navbatida, ushbu fikrlar М. I. Pogodin va D. I. 
Iloviyskiylaming izlanishlari uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1836-yilda S. G. Karelin o ‘z ekspeditsiyasi bilan Kaspiy 
dengizining sharqiy qirg‘oqlarida bo‘ldi. U turkmanlam ing kelib 
chiqishi va vatani to‘g‘risida afsonalami yozib oldi hamda bu borada 
ko plab malumotlar to‘pladi. S. G. Karelin esa turkmanlami qadimgi 
massagetlar bo‘lsa kerak, deb yozgan edi. XIX asming 60-yillarida 
venger sayyohi X. Vamberi turkmanlaming hayoti va turmushi ustida
120


qimmatli etnologik kuzatishlar o ‘tkazdi. Shuningdek, М. T. Xautsning 
“0 ‘g ‘uz qabilalari” asarini alohida ko‘rsatish kerak. Ushbu asarda 
m uallif turkm anlam ing u yoki bu darajada eronlashgan turklar, degan 
g ‘oyani ilgari surgan edi.
XIX 
asm ing 
oxirlarida 
Urxun 
yozuvlarini 
o ‘rganishning 
boshlanishi bilan o ‘g ‘uz va turkm anlaming etnogenezi muammolari 
yanada dolzarblashdi. M o‘g ‘ulistondagi qadimgi turk yozuvlarining 
deshifrovka 
qilinishi 
o ‘g ‘uzlaming 
Markaziy 
Osiyodan 
kelib 
chiqqanligi haqidagi fikrlam i yanada jonlantirdi.
Turkman etnogenezini o ‘rganish borasida V. V. Radlov va V. V. 
Bartoldlar ham shug‘ullandi. Tadqiqotchilar “turkman” nomi X asrda 
arab adabiyotida eslatilgani, ushbu atama “to-ku-mong” nomi bilan 
xitoylam ing VII asr “Tun'-Dyan” ensiklopediyasida keltirilganligini 
qayd etgan edi. Ular qadimgi Urxun yozuvlarini o ‘rganilishi natijasida 
o ‘rta asrlam ing boshlarida 0 ‘rta Osiyoga ko‘chib kelgan Markaziy 
Osiyolik qabilalami o ‘g ‘uzlar deb atagan, degan xulosaga kelgan.
0 ‘g ‘uz va turkman etnogenezi muammolari bilan A. Yu. 
Yakubovskiy ham shug‘ullangan edi. U turkmanlar etnogenezi uchta 
qismdan, ya'ni qadimgi forsiyzabon aholi, eftaliy-turk qabilalari va 
o ‘g ‘uz qabilalaridan iborat, deb hisoblagan edi. Mazkur mavzuga S. P. 
Tolstov “Урта Осиё ва Крзогистон халклари” to ‘plamda alohida 
to ‘xtalib, o ‘g ‘uzlami 0 ‘rta Osiyo tub aholisi, deb hisoblagan edi.
XX asm ing ikkinchi yarmidan boshlab turkmanlar etnografiyasi 
bilan mahalliy olimlar ham shug‘ullana boshladi. Chunonchi, bu 
borada G. I. Karpov, A. A. Roslyakov va S. G. O g‘ajonovlaming 
ilmiy tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Turkmanlar etnogenezida mahalliy dax-massaget, shuningdek, 
sarmat va alan qabilalari, qisman qadimgi M arg‘iyona, Parfiya va 
Xorazm davlatlari aholisi qatnashgan. I ming yillik o ‘rtalarida 
Kaspiybo‘yi cho‘llarida turkiy qabilalar va IX asrlardagi o ‘g ‘uzlar 
turkmanlaming etnogenezida muhim rol o ‘ynagan. 0 ‘g ‘uzlaming 
asosiy guruhi XI asrda shimoliy-sharqdan kelib, mahalliy aholi bilan 
aralashib ketgan.
XI 
asrda saljuqiy qabilalari turkmanlar yashaydigan hududlarga 
kela boshlaydi. 0 ‘g ‘uz, alan va qipchoq qabilalarining qisman 
xorazmliklar bilan qo‘shiIishi natijasida yangi qavmlar paydo bo‘ladi. 
Demak, “turkman” nomi dastlab X asr oxirlarida paydo bo‘lgan.
121


X IV -X V asrlarda Kaspiy dengizi atroflari, M ang‘ishloq yarim 
oroli, Sariqqamish ko‘li, Qoraqum , Xorazm ning g ‘arbiy va shimoliy 
chegaralarigacha bo ‘lgan hududlarda turkm anlar joylashgan edi. Ular 
asosan, yetti qavmdan iborat bo ‘lgan: 

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish