Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Sharqiy Turkmaniston iqtisodiy rayoni



Download 5,19 Mb.
bet49/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

Sharqiy Turkmaniston iqtisodiy rayoni- (Lebab viloyati) respublika hududining 20 foizga yaqinini, aholisining esa 21 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km2ga 8 kishi to‘g‘ri keladi. Aholisining 50%ga yaqini shaharlarda, mintaqaning bevosita 2/3 qismi aholisi Turkmanobod va Kerkida yashaydi. Rayon Amudaryoning har ikki sohilida joylashgan. Lebob viloyatida ham sug‘orib dehqonchilik qilish ustun turadi. Sug‘oriladigan yerlarda paxtachilik rivojlangan. Shuningdek qorako‘lchilik va pillachilik ham yetakchi tarmoqlardir. Mintaqa respublikada yetishtiriladigan paxtaning 1/4 qismini, tayyorlanadigan shoyining esa 95 foizdan ko‘pini yetkazib beradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati bilan birga, metalsozlik va tog‘-kon sanoati rivojlangan. Rayonning janubidagi tog‘larda turli foydali qazilmalar, mineral tuzlar, qurilish materiallari, mis, rux, oltingugurt va boshqalar topilgan. Mintaqada Respublikaning deyarli 60 foiz gazi qazib olinadi. Ayniqsa bu yerda mineral o‘g‘itlar va oltingugurt ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Oltingugurt Gaurdak konidan qazib olinadi. Oltingugurt va boshqa mineral tuzlar asosida Gaurdak tog‘-kimyo sanoati rivojlangan.
Ko‘xitangdan uncha uzoq bo‘lmagan masofadan rux qazib chiqarish, uning atrofida esa neft va gaz konlari topilgan. Bular asosida cho‘lda kimyo sanoati markazi - Neftezavodsk (Seydi) shahri tashkil topgan. Mintaqa hududida MDH dagi yirik Korlyuk va Qarabel kabi kaliy tuzlari konlari topilgan.
Mintaqa boshqa rayonlarga nisbatan suv bilan yaxshi ta’minlangan. Bu kam suvli respublika uchun kamdan-kam uchraydigan hodisadir.
Amudaryo bo‘ylarida Qizilmiya o‘simligi o‘sadi. Bu o‘simlikdan dori-darmon ishlab chiqarishda, salqin ichimliklar, sigareta, kosmetika kabi ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu o‘simlikka jahon bozorida ham talab kattadir.
Turkmanobod–sharqiy rayoning eng yirik shahri bo‘lib, Respublikada aholi soni bo‘yicha Ashgabaddan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Shahar daryo va temir yo‘l bo‘yida joylashgan bo‘lib muhim transport tugunini hosil etadi. Qadimda Turkmanobod Buxoro amirligining muhim qal’alaridan bo‘lgan.
Hozirgi kunda shahar yirik sanoati rivojlangan markazdir. Ayrim sanoat korxonalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini (paxta) qayta ishlashga ixtisoslashgan. Bular paxta tozalash, trikotaj, to‘qimachilik fabrikalaridir. Shuningdek pillakashlik fabrikasi, qorako‘l terilari ishlab chiqarish zavodi ham muhim ahamiyatga ega.
Turkmanobod shahri temir yo‘l va daryo yo‘li bo‘yida joylashganligi sababli neftni qayta ishlash, kemasozlik, avtoremont, ekskavator remonti zavodi kabilar ishlab turibdi. Kimyo sanoatida yirik superfosfat zavodi alohida o‘rinda turadi.
Turkmanobod shahri daryo bo‘ylab cho‘zilgan, o‘simlikka boy go‘zal manzarali shahardir. Shaharda bir qancha o‘quv yurtlari, muzey va boshqa madaniyat tashkilotlari (maskanlari) mavjud.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish