Markaziy osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 5,19 Mb.
bet46/80
Sana08.06.2022
Hajmi5,19 Mb.
#643114
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
Bog'liq
Markaziy osiyo davlatlari

Tashqi iqtisodiy aloqalar–tobora rivojlanib va mustaqillanib bormoqda. Uning asosiy hamkorlari bo‘lib tobora jahonning rivojlangan va qo‘shni mamlakatlari maydonga chiqmoqda.
Eksportga paxta tolasi, gaz, neft va neft mahsulotlari, elektr energiyasi, ayrim kimyo sanoati mahsulotlari ko‘proq chiqarilmoqda.
Importi esa xilma - xil mashina va uskunalar, texnalogiya vositalari, metall, qog‘oz, aholi iste’mol mahsulotlaridan iborat.
4. Turkmaniston respublikasida 5 ta iqtisodiy rayon ajratiladi. Bular Markaziy, G‘arbiy, Janubi-Sharqiy, Sharqiy va Shimoliy rayonlardir. Barcha rayonlar aholisining joylashishi, sug‘oriladigan yerlari va sanoat korxonalari, yoki cho‘llardan iboratliligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Markaziy iqtisodiy rayon-(Ashgabad viloyati) respublikaning janubiy qismida joylashgan. U respublika hududining 19,6 foizini, aholisining esa 25 foizini tashkil etadi.
Mintaqa hududida Kopetdog‘ tog‘i va tog‘ oralig‘i vodiylari hamda Markaziy Qoraqum cho‘lining bir qismi joylashgan. Respublika aholisining asosiy qismi shu yerda bo‘lib, aholi zichligi eng yuqori, ya’ni 1 km2ga 10 kishi to‘g‘ri keladi. Aholisining 3/5 qismi shaharlarda yashaydi.
Iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mintaqa bo‘lib, bu yerda zamonaviy mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat, qurilish materiallari va boshqa ko‘plab korxonalar ishlab turibdi. Mintaqada respublika sanoat mahsulotining 25 foizi tayyorlanadi. Ayniqsa gilam to‘qish katta ahmiyatga ega.
Markaziy rayon ingichka tolali paxta yetishtirish bo‘yicha Janubi-Sharqiy rayondan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik yetishtirish, chorvachilikda esa qo‘ychilik, (qorako‘lchilik), hamda yirik shoxli qoramollar boqish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Mintaqaga respublikaning 23 foiz ekin maydoni to‘g‘ri keladi. Bu yerda Turkmanistonning 35 foiz bug‘doyi, 11 foiz paxtasi, 60 foiz sabzavot ekinlari va boshqalar yetishtiriladi.
Mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga Ashgabad temir yo‘li katta ta’sir etadi. Temir yo‘li bo‘ylarida ko‘plab aholi punktlari joylashgan.
Rayonning eng yirik sanoat va madaniyat markazi Ashgabad shahri bo‘lib, shahar MDH davlatlarining eng janubida joylashgan. Hozirgi kunda Ashgabad Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarini tutashtiruvchi muhim transport tuguni hisoblanadi. Shaharda yengil va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika, metalsozlik va boshqa sanoat korxonalari ishlab turibdi.
Ashgabad yaqinida Bezmein shahri joylashgan. Bu shaharda og‘ir sanoat tarmoqlaridan - sement va boshqa qurilish materiallari, elektroenergetika kabilar rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati tarmoqlaridan vino ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Tajan - mintaqadagi yirik shaharlardan biridir. Shaharda gilam to‘qish, g‘isht zavodi, elektrostansiyalar va boshqa sanoat korxonalari ishga tushirilgan. Ayniqsa gilam to‘qish qadimgi tarmoqlardan biridir. Aholisining asosiy qismi turkmanlar. Bulardan tashqari ruslar, qozoqlar, armanlar, ukrainlar va boshqalar istiqomat qilishadi.
Rayonning Kopetdog‘ etaklarida go‘zal va xushmanzara dam olish maskanlari joylashgan (Feruza). Qoraqum kanali asosida paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Cho‘l yaylovlarida esa qo‘ychilik bilan shug‘ullanishadi.

Download 5,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish