Janubi-Sharqiy Tojikiston. ( Tog’li Badaxshon avtonom oblasti). Respublika xududining 44 foizini, aholisining esa atiga 4 foizini tashkil etadi. Mintaqa asosan Sharqiy Pomirni o’z ichiga oladi. Bu erda xilma xil landshaftlar uchraydi.
Tog’li Badaxshon eng baland va aholisi eng kam mintaqalardan biridir. Ko’plab tog’ muzlikalari Markaziy Osiyoning deyarli barcha daryolarining manbai hisoblanadi. Iqlimi sovuq, keskin - kontinental, respublikadagi eng past havo harorati shu erda kuzatiladi.
Mintaqa tabiiy resurslarga boy. Bu erda nodir va qimmat baho metallar, tog’ xrustali, ko’mir, asbest, slyuda kabi ko’plab mineral resurslar topilgan. 50 dan ortiq issiq va sovuq mineral shifobaxsh buloqlar mavjud. Tog’lardan ko’plab qimmatbaho toshlar olinadi. Ular qayta ishlash uchun Dushanbe zargarlik zavodlariga olib ketiladi.
Mintaqa gidroenergetika resurslariga ham boy. Lekin iqlimining sovuqligi, transport noqulayligi tufayli ulardan to’liq foydalanilmaydi.
Bu er tog’li o’lka bo’lganligi sababli, faqat avtomobil transporti rivojlangan. O’sh–Xorug’ avtomobil trakti tog’li Badaxshonni Qirg’iziston bilan bog’laydi.
Iqlimining sovuqligi, tog’li o’lka bo’lganligi uchun uning iqtisodiyotida ko’proq qishloq xo’jaligi rivojlanishga imkon beradi. Qishloq xo’jaligida etakchi tarmoq chorvachilik xisoblanadi. U jami qishloq xo’jaligi mahsuloti-ning 70 % ni tashkil etadi. Rayon uchun tog’ yaylov chorvachiligi xos bo’lib, asosan qo’toslar boqiladi. Rayonning g’arbida uncha katta bo’lmagan hududlarda dehqonchilik bilan shug’ullanishadi. Asosan bo’g’doy, tariq, no’xat etishtiriladi. Kartoshka etishtirish va tamakichilik ham muhim ahamiyatga ega. Aholisining ko’pchiligi Pomir tojiklari va qirg’izlaridir. Mintaqa ma’muriy va sanoat markazi Xorug’ shahri bo’lib, u Gunt daryosi vodiysida joylashgan. Shaharda non zavodi, sut–go’sht kombinatlari, tikuvchilik fabrikasi, temir–beton konstruktsiyasi zavodi va boshqa korxonalar ishlab turibdi.
Xorug’ baland tog’da joylashgan botanika bog’i bilan ham mashhur. Bu bog’ga MDU professori I.V.Shukin asos solgan. Bog’da Evropa, Afrika, Avstraliya, Amerikadan keltirilib iqlimga moslashtirilgan buta va daraxtlar o’stiriladi.
Qo’shimcha. Tojikiston Respublikasi-poytaxti Dushanbe, rasmiy tillar-tojik va rus, maydoni-142 ming kv.km. Aholisi-8.100.000 (2013 yil ma’lumoti). Zichlik-56,3G’km². YaIM-$17,6 mlrd. jon boshiga-2,229$. Pul birligi-somoni. Prezident-Imomali Rahmon. Bosh Vazir- Kohir Rasulzoda. Mustaqillik kuni-9-sentyabr 1991-yil.
Tabiati. Tojikiston tog’li mamlakat, hududining 93% ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha bo’lgan tog’lar, shuningdek, Markaziy Osiyoning eng yirik tog’lari-Tyan-Shan va Pomir sistemasiga kiradigan tog’lar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland bo’lgan tog’liklar tashkil etadi. Daryo vodiylarining kengaygan joylari va tog’ oralig’idagi soyliklar tekisliklardan iborat, shimolda Qurama tizma tog’lari (Boboiob tog’i, balandligi 3769 m) va Mo’g’ultog’ tog’lari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Oloy tizma tog’lari (G’arbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtarg’a tog’i), Hisor va Qorategin tizma tog’lari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma tog’lari orasida), janubi-g’arbiy qismida (Hisor-Oloy tizma tog’larining janubda va Pomirning g’arbida) unchalik baland bo’lmagan Bobotog’, Oqtog’, Qoratog’, Teraklitog’, Sarsarak, Rangontog’, Ilonlitog’ va boshqalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |