Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 2,27 Mb.
bet70/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Shimoliy Tojikiston. Respublika hududining 19 foizini, aholisining 31 foizini tashkil etadi. Aholi zichligi 1km2ga 60 kishi atrofida to’g’ri keladi.
Mintaqa tabiiy sharoiti ancha qulay. Uning katta qismi Farg’ona vodiysi va Mirzacho’lda joylashgan shimol va janubga tomon tog’larga ko’tarilib boradi. Shimoliy Tojikiston foydali qazilmalarga boy. Bu erda oxaktosh, gips, shag’al, keramzit xom ashyolari va boshqa qurilish xom ashyolarining katta zahiralari joylashgan. Shuningdek mintaqada rangli metallar - polimetal rudalari, volfram, molibden, vismut, rux, yonuvchi foydali qazilmalardan neft, gaz va ko’mir konlari topilgan.
Shimoliy mintaqada transport yaxshi rivojlangan bo’lib, respublika ko’rsatkichidan ikki barobar yuqoridir. Bu erda Tojikistonning 1G’3 qism sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Sanoatning asosini qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi engil va oziq – ovqat sanoati tarmoqlari tashkil etadi. Mintaqada gilam to’qish va ip gazlama ishlab chiqarish yahshi rivojlangan. Shu bilan birga tikuvchilik, trikotaj, un va un mahsulotlari, konserva ishlab chiqarish ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Bu rayonda rangli metallurgiya, yoqilg’i, elektrotexnika kabi sanoat tarmoqlari ham shakllangan.
Qishloq xo’jaligi paxtachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Shu bilan birga bog’dorchilik, uzumchilik va pillachilik ham muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Asosiy sanoat markazlari–Xo’jand, Konibodom, Isfara, Qayroqum va boshqalar.
Xo’jand–yirik sanoat va madaniyat markazi bo’lib, axolisi bo’yicha respublikada Dushanbedan keyinda turadi. Shahar Farg’ona vodiysi kiraverishida joylashgan. Mo’g’iltog’ va Turkiston tog’lari orasida tor yo’lak hosil bo’lgan va bu er Xo’jand darvozasi deb ataladi. Xo’jand Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan (III asr e.o.).
Hozir shaharda 20 dan ortiq turli sanoat korxonalari ishlab turibdi. Eng yirik korxonalardan–shoyi to’qish kombinati (to’la tsiklli), paxta tozalash, konserva zavodlari, mashinasozlik va boshqalardir.
Xo’jand orqali yirik avtomobil va temir yo’llar o’tgan. Toshkent–Andijon, Bishkek–Jalolobod temir yo’llari, Toshkent–Qo’qon, Xo’jand –Dushanbe avtomobil yo’llari shular jumlasidandir. Xo’jand–Dushanbe avtomobil yo’li bo’yida O’ratepa shahri joylashgan. Shahar X asrda Zarafshon va Farg’ona vodiysi Markaziysidagi qal’a sifatida tashkil topgan. O’ratepa o’zining milliy xunarmandchiligi bilan mashxur, (pichoqchilik, so’zana, zargarlik buyumlari, yog’ochga ishlov berish).
Xo’janddan sharqda Konibodom shahri joylashgan. Shahar qadimdan o’zining bodomlari bilan mashhur bo’lgan (1X-X asr). Uning atrofida qishloq xo’jaligi rayonlari joylashganligi sababli, sanoati qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Shaharda paxta tozalash, konserva, yog’–moy kombinati, to’qimachilik fabrikasi kabi korxonalar joy-lashgan. Mashinasozlik sanoati paxta tozalash va tog’ kon sanoati uchun detallar tayyorlaydi.
Sirdaryoda Qayroqum suv omborining qurilishi bilan shu nomli shahar tashkil topdi. Hozirgi kunda shaharda Qayroqum gilam kombinati ishlab turibdi. Bu erda tayyorlangan gilamlar xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Rayon xo’jaligini rivojlantirishda Qayroqum GES ining ahamiyati kattadir.
Mintaqadagi Isfara shahri o’zining go’zalligi bilan ajralib turadi. U tog’ orasida Isfara daryosi bo’yida joylashgan qadimiy shahardir ( VIII asr ). Shahar atrofida dam olish maskanlari, dala xovlilar ko’p. Isfarada konserva va elektromexanika zavodlar ishlab turibdi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish