Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 2,27 Mb.
bet44/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Sharqiy Qozog’iston – iqtisodiy rayon shu nomdagi oblastni o’z ichiga oladi. Respublikadagi polimetall konlari bilan eng arzon elektr energiyasini ishlab chiqaradigan rayon. Rayonning agrosanoat kompleksida chorvachilik etakchi o’rinda, dehqonchilik va uning xom ashyolarini qayta ishlaydigan tarmoqlar ikkinchi darajali tarmoqlardir.
Iqtisodiy rayoni Irtish daryosining yuqori oqimida, Oltoy tog’i va Saro’arqaning sharqiy qismida joylashgan. Er maydoni jihatdan Qozog’istondagi eng kichik iqtisodiy rayon. Qozog’iston hududining 10 % i, aholisining 12 % i, sanoat mahsulotining 18 % i, qishloq xo’jalik mahsulotining 13 % i shu rayon ulushiga to’g’ri keladi.
Sharqiy Qozog’iston rayoni iqtisodiy - geografik sharoiti xo’jalik tarmoqlarini joylashtirish va rivojlantirishga qulay. Bu rayonning Qatonqarag’ay, Buxtarma, Zaysan, Marqako’l va Sasiqko’l hududlari turizmni rivojlantirishga imkon beradi. Sharqiy Qozog’iston tabiatining xilma-xilligi jihatdan respublikaning janubiy rayonlaridangina keyin turadi.
Sharqiy Qozog’iston tabiiy resurslarining ko’pligi jihatdan mamlakatda oldingi o’rinda. Bu erda polimetal konlari 18-asrdan boshlab qazib chiqarilmoqda. Polimetalning asosiy tarkibi qo’rg’oshin-rux va mis. Polimetaldan tashqari oltin, kumush, kadmiy, surma, temir, molibden, vismut, indiy, talliy, tellur, simob va boshqa metallar uchraydi. Janubiy Oltoy va Qalba tizmasida qalayi, volfram, vannadiy konlari mavjud. Oltin qazib olishda Semey o’lkasi etakchilik qiladi. Oltining Baqirchoq, Boko, Oktyabr konlari mashhurdir. Iqtisodiy rayonda mamlakatdagi qo’rg’oshin zahirasining 26,1 % i, ruxning 45,8 % i, misning 47,9 % i, oltinning 52,2 % i, titanning 37,1 % i mavjud.
Sharqiy Qozog’istonning asosiy boyliklaridan biri suv energetika resurslari. Respublikadagi suv zahirasining 50 %-i shu rayon hissasiga to’g’ri keladi. Energetika resursi sifatda Irtish va uning irmoqlari Ulba, Buxtarma, Kurchim va Narim daryolari ko’zga tashlanadi. O’rmon resurslarining 40 % i ham shu rayonda. Shuning uchun o’rmon xo’jaligi bo’yicha respublikada etakchi hisoblanadi. Sharqiy Qozog’iston qurulish materiallariga ham boy.
Rayon xo’jaligida rangli metallurgiya sanoati etakchilik qiladi. Bu erda rangli metallarni qazib olish va boyitishdan boshlab, ularni qayta ishlash, qo’rg’oshin, rux, mis, kadmiy va boshqa metallarni ajratib olishgacha bo’lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Sharqiy Qozog’istonda rangli metallarning 32 turi qazib olinib, shundan 17 tasi qayta ishlanadi.
Ziryan qurg’oshin kombinati Sharqiy Qozog’iston rangli metallurgiyasining yirik korxonasi hisoblanadi. Sharqiy Qozog’istondagi qo’rg’oshin-rux va mis ishlab chiqarish bilan “Qozoqrux” va “Qozoqmis” korporatsiya-lari shug’ullanadi. Sharqiy Qozog’iston mamlakatda asosiy oltin ishlab chiqaruvchi rayondir. Qozog’istondagi 141 ta oltin konlarining 62 tasi shu rayon hududida. Oltin ishlab chiqarishda “ Oltoy”, “Bunasham”, “Suzdal”, “Markaziy Muqo’ro’”, “Alel”, “Andas -Alto’n” korxonalari shug’ullanadi.
Rayonning energetika asosini issiqlik va gidroelektr statsiyalari tashkil etadi. Rangli matallurgiyaning rivojlanishi gidroelektrenergiyasi bilan bog’liq. Irtish daryosi va uning irmoqlarida suv energetika resurslari 7 mln. kVtquvvatga ega, bu yiliga 62 mlrd. kVtG’soat elektr–energiya olish imkoni-ni beradi. Biroq, hozir bunday quvvatning faqat 15% dan foydalanilmoqda.
Uskemenning “Sharqmash” zavodi metallurgiya zavodlari va kon boyitish kombinatlari uchun burg’ulash va yuk mashinalari, kon qazish asbob - uskunalari etkazib beradi.
Engil sanoatning asosiy markazi Semey shahrida ipyigiruv, jun yuvish, paypoq, trikotaj kombinatlari joylashgan. Yangi stanoklar bilan jihozlangan trikotaj, tikuvchilik kombinatlari Ridderda, Zo’ryanda, ipak tolasini chiqaruvchi kombinat Uskemenda joylashgan.
Oziq –ovqat sanoati mahalliy xom ashyog’a asoslangan. Bularning ichida go’sht sanoati etakchilik qiladi. Go’sht kombinantlari Semey, Ridder, Zo’ryan, Uskemen, Ayaguz shaharlarida joylashgan. Uskemenda yirik kungaboqar moyini olish kombinanti ishlaydi.
Chorvachilikni rivojlanishiga rayonning qishloq xo’jaligiga yaroqli erining 80 % i, ya’ni yilning barcha mavsumlarida foydalanish imkoniyati mavjud bo’lgan o’tloqlar va tog’ yaylovlari qulaydir. Rayon tabiiy sharoitining xususiyati bilan uning qulayligiga bog’liq go’sht–jun yo’nalishdagi qo’ychilik chorvachilikning asosiy tarmog’i hisoblanadi. Tog’li rayonlarda Angor echkilari boqiladi. Sut-go’sht va go’sht-sut yo’nalishida boqiladigan qoramollar barcha hududlarda mavjud. Oltoy, Qalba tizmasi, Tarbag’atay etaklarida slavyan xalqlari joylashgan hududlarda cho’chqachilik bilan shug’ullaniladi.
Dehqonchilik qishloq xo’jaligining muhim tarmoqlaridan biri. Dexqonchilik rayonlari Irtish bo’yida, Konli Oltoyda, Qalba tizmasida, Tarbag’atay vodiysida rivojlangan. Sharqiy Qozog’istonda donli ekinlardan yozgi bo’g’doy etakchilik qiladi. Donli ekinlar ichida arpa, suli rayonning asosiy ekinzorlarini egallagan. Suli mol ozuqasi sifatda o’stirilsa, arpa pivo qaynatishda asosiy xom ashyo bo’ladi. Rayoning janubi va g’arbida qurg’oqchil xududlarida tariq va makkajo’xori etishtiriladi. Texnik ekinlardan kungaboqar ko’plab ekiladi. Bu erga respublikadagi kungaboqar ekinzorlarining 80 % i to’g’ri keladi. Shahar atrofi va sanoatlashgan hududlada kartoshka va sabzavot ekinlari etishtiri ladi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish