Darsning mavzusi: Donli ekinlar
DARSNING MAQSADI:
a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarda donli ekinlar, jumladan, bug’doy, sholi va makkajo’xori, ularni parvarish qilish haqida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
b)tarbiyaviy maqsad: rizq-ro’zimiz bo’lgan un va guruch olinadigan bug’doy va sholini yetishtirishda kishilarning ko’p mehnati sarflanishi haqida ma’lumotlar berish.
d)rivojlantiruvchi maqsad: donli ekinlar, jumladan, bug’doy va sholi o’simligi haqida o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi
Dars usuli: interfaol
Dars jihozi: bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa, suli, no’xot, mosh, loviya donlaridan namunalar, tuproq solingan tuvak, donli ekinlarning o’simliklari tasvirlangan rasmlar, darslik.
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: o’quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorgarligini tekshirish, bug’doy sholi, makkajo’xori namunalarini o’quvcvhilarga ko’rinadigan qilib stol ustiga joylashtirish
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: avvalgi darsda o’tilgan “G’oza” mavzuyi yuzasidan o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishda “Klaster” interfaol usulidan foydalaniladi.
G’o’za qismlari va uning vazifalari
G’o’za parvarishi
Paxta yig’im terimi
Paxta tolasidan olinadigan mahsulotlar
Paxta chigitidan olinadigan mahsulotlar
Ushbu muammolar yozilgan varaqlar o’quvchilarga taeqatib beriladi.O’quvchi tegishli muammo bo’yicha o’z fikrini shu berilgan varaqqa tushiradi.Bunda o’quvchi ushbu muammo bo’yicha nimani o’ylasa qog’ozga shuni tushirishi lozimligi, kim qancha ko’p va to’g’ri yozsa, shuncha yuqori ball olishi aytiladi. Buning uchun 10 minut vaqt beriladi.
Vaqt tugagandan so’ng varaqlaryig’ishtirib olinadi.Natijalar keyingi darsda e’lon qilinadi.
Yangi mavzu bayoni: “Donli ekinlar” mavzusi bo’yicha darslik boshida berilgan ikkita savol berilgan
Qanday donli ekinlarni bilasiz?
Bug’doydan nimalar tayyorlanadi?
O’quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar. Qolgan o’quvchilar to’ldiradilar.
Donli ekinlar qanday umumiy xususiyatga ega ekanligi, ularga qaysi o’simliklar kirishi, bug’doy, sholi, makkajo’xorinig qismlari, ularni yetishtirish, ular husilidan foydalanish batafsil bayon qilinadi.
Bug’doy yumshoq va qattiq bug’doylarga bo’linadi. Yumshoq bug’doy kuzda , qattiq bug’doy esa bahorda ekiladi. Shu bilan bir qatorda boshqa donli ekinlar- arpa, suli, mosh, no’xot, loviya haqida ham tushuncha beriladi.
Darslikda keltirilgan amaliy ishlarnibajarish bir necha hafta davom etadi.Ushbu darsda bug’doy, sholi, makkajo’xori, arpa, suli, no’xot, mosh, loviya donlari dokaga tugilib, bankadagi suvgategib turishi, bankadagi suvning kamayib ketmasligi nazorat qilib turilishi o’quvchilarga vazifa sifatida topshiriladi.Amaliy ishlarning keyingi bandlarini bajarish keyingi darslarda davom ettiriladi.
YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
Donli ekinlar qanday umumiy xususiyatga ega?
Bug’doydan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?
Sholi qanday yetishtiriladi?
Makkajo’xoridan nimalar tayyorlanadi?
Donli ekinlar nima deb ataladi?
O’quvcilarning javobi tinglanadi va to’ldiriladi.
Ballash: darsda faol qatnashgan o’quvchilar ballanadi.
Uyga vazifa berish: o’quvchilarga darslikdagi mavzuni o’qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob toppish, topshiriqlarni bajarish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |