Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Transporti va tashqi iqtisodiy aloqlari



Download 2,27 Mb.
bet41/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Transporti va tashqi iqtisodiy aloqlari. Qozog’istonning transport va kommunikatsiya tarmoqlarini suv transporti, temir yo’l, avtomobil, havo, quvur yo’llari va telekommunikatsiya tashkil etadi. Tarmoqning tarkibiga o’nlab yirik davlat va hususiy korxonalar kiradi.
Transport va kommunikatsiya tarmog’i xizmat ko’rsatadigan yirik korxonalar “Qozog’iston temir yo’llari”, “Qozoqavtoyo’l” yopiq aktsiyadorlik jamiyati, “Kazaeroaviatsiya”, Astana va Almati aeroportlari, Aqtau va Bautino dengiz savdo portlari, “Qozoqtelekom” ochiq aktsiyadorlik jamiyati va. b. Bu korxonalarda 420 ming ishchi va hizmatchilar mehnat qiladi.
Qozog’iston asosan quruqlik respublikasi bo’lgani uchun jami tashiladigan yuk va yo’lovchilarning 97% dan ko’pini quruqlik transporti tashiydi. Shu jumladan yo’lovchilarning 85 % ga yaqini avtomobil, 11,4 % temir yo’l, 2,9 % i havo transportlarida amalga oshirilmoqda. Tashiladigan yuklarning 57,5 %- i temir yo’l, 27 %-i quvur yo’llari, 15,5 %- i avtomobil yo’l transportlarida amalga oshirilmoqda.
Temir yo’l transporti XX asr boshlarida Orenburg-Toshkent, Aris-Lugovaya, Janubiy Transibir (Petropavlovsk orqali) magistral yo’llarining birin ketin ishga tushirilishi bilan paydo bo’ldi. Keyinchalik esa Semipalatinsk – Lugovaya (Turksib), G’arbiy Qozog’istondagi yo’llar, meridianal yo’nalishdagi Petropavlovsk – Chu magistral temir yo’llar qurilishi amalga oshirildi. Kelajakda Qizilo’rda – Jezqazg’on – Uskemen – Shar stantsiyalari bir – biri bilan tutushtiriladi. Hozirgi vaqtda respublika hududida 14,5ming km uzunlikdagi temir yo’llar xo’jalikka xizmat qilmoqda. Qozog’iston temir yo’l magistralining har 1000 km2-ga zichligi 5,3 km-ga teng.
Avtomobil transporti eng ommaviy yuk va yo’lovchilar tashish tarmog’idir. Avtomobil yo’llarning umumiy uzunligi 115ming km bo’lib, shundan 88,9 ming km asfaltlangan. U respublikaning barcha rayonlarida keng tarqalngan. Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan yo’llar 12,4 ming km-ni tashkil etadi. Bu tarmoqning muhim ahamiyati uning respublika ichki rayonlarini bir – birlari bilan bog’lashidadir. Mamlakatda xalqaro yo’nalishda tranzit avtomobil yo’llari o’tgan. Ular Evropa va Rossiyani Markaziy Osiyo bilan bog’laydi. Almati – Astana avtomobil yo’li xalqaro standartka mos qayta qurildi. Bu yo’l orqali tranzit yuklar Rossiyadan Xitoyga va shuningdek Qozog’istonni Qirg’izston, Pokiston orqali Hindiston bilan birlashtiradi.
Yaqinda Pokiston, Qozog’iston, Qirg’izston, Xitoy davlatlari orasida Qoraqurum tosh yo’li orqali Almati – Karachi orasini avtomobil yo’li bilan tutashtirish g’oyasi tadbiq etildi. Uni qurishga Pokiston 500 mln AQSh dollarini ajratdi.
Quvur transporti Qozog’istonda tashiladigan yuklar hajmiga ko’ra uchinchi o’rinni egallaydi. Unda asosan neft va neft mahsulotlari tashiladi. Uning umumiy uzunligi 6 ming km dan ortiq bo’lib, G’arbiy Qozog’iston neftini Rossiyaning Orsk, Saratov, Samara neftni qayta ishlash korxonalariga va aksincha G’arbiy Sibir neftini Pavlodar va Shimkent neftni qayta ishlash zavodlariga etkazib beradi.
Suv transportlari orasida daryo transporti muhimidir. Foydalanish imkoniyati mavjud bo’lgan 6 ming km-li suv yo’li bor. Asosiy suv arteriyasi Irtish daryosidir. Zaysan ko’lidan boshlangan bu daryo bo’ylab 1750 km masofada kemalar xilma – xil yuklar tashiydi. Shunday ishlar Ural daryosida (1100 km) ham qisman amalga oshiriladi. Daryo suv yo’lida 6-ta asosiy portlar mavjud.
Dengiz transporti Qozog’iston xududida faqat Kaspiy dengizida faoliyat ko’rsatadi. Kaspiy dengizining Qozog’iston xududidagi qirg’oq bo’ylari 2300 km dan ortiqroqdir. Undagi Oqtov, Bautino, Eraliev portlari orqali Qozog’iston o’z iqtisodiy aloqalarini Ozarbayjon, Turkmaniston respublikalari hamda Rossiyaning Shimoliy Kavkaz va Volga bo’yi rayonlari bilan olib boradi. Bu portlardan yiliga 1,5 mln t quruq va 8 mln t suyultirilgan mahsulotlar tashiladi.
Qozog’istonda havo yo’llari kompaniyalarining ko’shni va xorijiy davlatlar bilan xalqaro ahmiyati bor aloqa yo’llari shakllangan. Qozog’istonda 51ta aeroport mavjud, ularning 21-tasi respublika ahamiyatiga ega. Ostona, Almati va oblast markazlaridagi aeroportlar xalqaro samolyotlarga hizmat ko’rsatadi. Qozog’istondagi 19-ta xorijiy havo kompaniyalarining 9-si uzoq xorijga yuk tashishni amalga oshiradi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish