Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Download 2,27 Mb.
bet61/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy-geografik o’rin, tabiiy sharoit, tabiiy resurslar, iqtisodiy rayon, xo’jalik, tarmoq.


1-asosiy savol bayoni: Tojik xalqining tarixi Markaziy Osiyolik xalqlar: o’zbeklar. qirg’izlar, turkmanlar tarixi bilan muhim bog’lanib ketgan. Ularning qadimgi avlodlari: baqtriyalik, sug’dlar, saklar, massagetlar- hozirgi Markaziy Osiyo, qisman Xuroson va xatto Xindiqush hududlarida yashashgan.
Amudaryoning yuqori qismida barpo bo’lgan Baqtriya va Sug’diyona davlatlari eramizdan oldingi 6-4 asrlarda Axomaniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Bu imperiya meloddan oldingi 320 yilda Aleksandr (Iskandar Zulqarnay) qo’shinlari tomonidan parchalanib ketgan va uning bir qismi Salavkiylar, katta qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan. 5 asrda Baqtriya va Sug’duyona xududlari xamda boshqa oblastlarni Eftalitlar (oq g’unnlar) egallab olishgan. 6-asrning 2-yarmida Tojikiston hududi Turk xoqonligi, 7-8-asrlarda arablar tomonidan egallandi va bu hududda islom dini joriy qilina boshlandi.
9-10 asrlarda Tojikiston hududining ma’lum qismi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9-13 asrlarda G’aznaviylar, Qoraxoniylar, Huriylar, Qoraxitoylar, Xorazimshohlar davlatlari tarkibida bo’lgan. 9-asrning oxirida (874y) Bog’dod xalifaligiga qaram bo’lmagan hududda tojik feodal davlati–Somoniylar davlati barpo etildi. Somoniylar davrida tojik halqining shakillanish jarayoni to’gallandi, uning tili hukumron tilga aylandi.
Somoniylar davlatining 100 yildan ortiq hukumronlik davrida shaharlar qurildi, madaniyat, xunarmandchilik rivojlandi. Fors-tojik
she’riyatining asoschisi Rudaki, “Shoxnoma” asarining yaratuvchisi Firdavsiylar shu davrda yashagan va ijod qilgan. Biroq, feodal hukumronlarning o’zaro urushlari natijasida davlat parchalanib ketdi. Oqibatda 999 yilda bu hududni turkiy tilda so’zlashuvchilar egallab olishdi. 12 asrda bu hududda Saljuqiylar ( turk tilida so’zlashuvchi) davlat barpo etildi.
1219–1221 yillarda mo’g’illar istilosi tufayli bu hududda madaniy, ijtimoiy–iqtisodiy hayotga jiddiy zarar etkazildi.
14 – asrning 2–yarmidan boshlab bu hudud Amir Temur va Temuriylar tomonidan boshqarildi. Shaharlar qurildi, obodonchilik ishlari rivojlandi, dehqonchilik tiklandi, fan va madaniyat o’sdi.
16-asr davomida Markaziy Osiyo ko’chmanchi qabila boshlig’i Muhammad Shayboniyxon, Abdullaxonlar (1557-1598 yy.) tomonidan boshqarildi. 1958 yilda Abdullaxon P Ashtarxoniylar tomonidan o’ldirildi va ular Markaziy Osiyoning katta qismini va Balx oblastiga 17-asrgacha hukumronlik qilishdi. O’zaro urushlar kuchaydi, natijada Xiva xonligi tashkil topdi. 18-asrda Markaziy Osiyoda xonliklar soni ko’paydi, mustaqil ish yuritildi, o’zaro urushlar olib borildi. Hozirgi hududda Hisor, Qo’lob, Qorategin, Darviz, Vaxan, Shug’non knyazliklari vujudga keldi. Bu asrda tojiklarning ko’p qismi Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi hududlarida istiqomat qildilar.
X1X asrning 2-yarmida Markaziy Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Turkiston general-gubernatorligi vujudga keldi. Unga Tojikistonning Pomir va Shimoliy rayonlari qaradi. Tojikistonning markaziy va janubiy rayonlari Buxoro amirligiga qaradi. Rossiyada Oktyabr to’ntarishidan so’ng 1917 noyabr 1918 fevralda Shimoliy Tojikistonda sho’ro hokimiyati o’rnatildi va Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida bo’ldi. 1920 yil Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
1924 yil Oktyabr oyida Sovet hokimiyati tomonidan o’gkazilgan milliy chegaralash tufayli Tojikiston ASSR tashkil bo’ldi va O’zbekiston respublikasi tarkibida faoliyat ko’rsata boshladi. Uning tarkibida 1925 yil yanvar oyidan boshlab Tog’li Badahshon avtonom oblasti tashkil topdi. 1929 yil 5 dekabridan u Tojikiston SSR maqomini oldi. 1991 yil 9 sentyabr Tojikiston respublikasining mustaqillik kuni hisoblanadi. Shu kundan boshlab Tojiqiston respublikasi jahon siyosiy xaritasida mustaqil davlat sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U BMTning ko’plab siyosiy, iqtisodiy-moliyaviy, ijtimoiy tashkilot va jamiyatlarning a’zosidir.
Tojikiston respublikasining iqtisodiy geografik o’rni (IGO’) o’ziga xosdir. Uning IGO’si bir qator omillar asosida ma’lum noqulayliklarga ega. Bular hozirgi vaqtda quyidagilardir:
1. U Markaziy Osiyoning chekka janubi-sharqida joylashgan, Sobiq ittifoq davrida shu sababli bu respublikagacha olib kelingan, transport yo’llari u orqali boshqa rayonlar, respublikalarga o’tib ketmaydi. Hozirgi mustaqillik yillarida bu Respublikaning jahon davlatlari bilan bir tomonlama aloqa qila olishi unga iqtisodiy-siyosiy jihatdan katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
2. Tojikiston va uni o’rab turgan davlatlar relefining baland tog’likdan iboratligi o’z ichki rayonlari va qo’shni mamlakatlar bilan ko’p qirrali aloqalarni olib borishda ham katta qiyinchiliklarii tug’diradi. Jumladan, u jahon mamlakatlari bilan faqat bitta O’zbekiston orqali o’tadigan yo’llar orqaligina bog’lana olishi mumkin. Bu yo’l Shimoliy va Janubiy Tojikiston hududlarini ham bir-birlari bilan bog’lab turadi va hatto, yon qo’shinlar hisoblanadigan Qirg’iziston, Xitoy va Afg’oniston bilan hozirgacha zamonaviy temir va avtomobil yo’llari orqali bog’lana olish imkoniyati yo’q;
3. O’zbeklarning «Qo’shning tinch – sen tinch» maqoli Tojikistondagi siyosiy tanglik sabablarida o’z isbotini topgan ko’rinadi. Mana, 20 yildan ham ko’p bo’ldiki, qo’shnisi Afg’oniston xalqaro notinchlik, terrorizm, diniy ekstremizm va Islom fundamentamizning uyasi bo’lib kelmoqda. Bu holatlar Tojikistoining IGO’ning ancha noqulayligini ko’rsatadi. Tabiiyki, IGO’ning bu xususiyatlari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida qo’shimcha muammolarni keltirib chiqardi.
Tojikistonning ma’muriy-siyosiy tarkibida Tog’li Badahshon avtonom respublikasi, So’g’d, Xatlon oblastlari va respublika markaziga bo’ysunadigan Hissor vodiysi tumanlari bor. Tojikistoning siyosiy ijtimoiy markazi Dushanbe shahri bo’lib, unda 600 000 aholi yashaydi.
Respublikaning umumiy maydoni 143,1 ming km2 bo’lib, u Markaziy Osiyoda eng kichik, MDHda 8 chi va jahonda 91chi o’rinda. Aholisn 7,3 mln kishi (2006 y.), bu ko’rsatkich bo’yicha mintaqada 3 chi, MDHda 6 chi va jahonda 95 o’rinda turadi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish