Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 2,27 Mb.
bet59/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Tabiati. Q.ning ko’p qismi Tyanshan tog’larida, qolgan qismi Pomir-Oloy tog’larida joylashgan. Mamlakat hududining 94% dengiz sathidan 1000 m dan balandda. 1G’2 qismi 3000-4000 m baladliklar orasida. Parallel tog’ tizmalari, asosan, kenglik bo’ylab yo’nalgan. Sharqida (Xitoy bilan chegara yaqinida) G’alaba cho’qqisi (7439 m) bor. Ichki Tyanshan tog’ tizmalarining relefi alp tipli bo’lib, ular vodiy va soyliklar bilan ajralgan. Terskay Olatov bilan Kungay Olatov tizmalari orasida Issiqko’l soyligi bor. Q.ning g’arbiy qismida G’arbiy Tyanshan tog’lari joylashgan (Talas vodiysi, Talas Olatovi va Chatqol tizmalari). Q.ning jan-g’arbiy qismiga Farg’ona soyligining shim., sharqiy va jan. chekkalari kiradi. Jan. da turkiston tizmasining shim. yon bag’ri, Oloy tizmasi, Oloy vodiysi va Orqa Oloy tizmasi shim. yon bag’ri Q.ga qarashli.


Foydali qazilmalardan neft, gaz, qo’ng’ir ko’mir va toshko’mir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qo’g’oshin-rux, surma rudalari konlari bor.
Iqlimi kontinental iqlim, yog’in miqdori o’rtacha, havo quruq va kam bulutli. Rel’efi tog’li va balandliklar farqi katta bo’lganligi uchun iqlimi quruq subtropik iqlimidan baland tog’ tundrasi iqlimigacha o’zgarib boradi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi vodiylarda-1" dan-8" gacha, tog’larda-8" dan-27" gacha; iyulda vodiylarda Q20"Q27", baland tog’larda Q5" va undan past. Yillik yog’in Tyanshan sharqida 180-250 mm dan Farg’ona tizmasining jan.-g’arbiy yon bag’rida 900-1000 mm gacha. Tog’ tepalarida muzliklar bor. Ularning yiriklari mamlakat sharqiy chekkasidagi Jan. Inilchek va Shim. Inilchek muzliklaridir.
Daryolari Orol dengizi, Tarim, Issiqko’l va Balxash ko’li havzalariga mansub. Yirik daryolari: Norin, Chu, Talas. Q.da 1923 ko’l bor. Yiriklari: Issiqko’l, So’nko’l, Chatirko’l. Tuproqlari cho’l va yarim cho’l erlarda bo’z tuproq, daryo qayirlari va ko’l sohillarida allyuvial, o’tloqi va o’tloqi-botqoqtuproqlar. Tog’larning cho’l-dasht mintaqasida qo’ng’ir tuproqlar, quruq dashtli mintaqada kashtan tuproqlar, tog’larning sernam yon bag’irlarida qora tuproqlar, tog’ tepalarida tog’-o’rmon tuproqlarining har xil turlari tarqalgan. Q.da o’simliklarning 3,5 mingdan ziyod turi o’sadi. Mamlakat hududining 4% dan ortig’i o’rmon. Yong’oqzor-mevazor o’rmonlar mayd. 265 ming ga. 3600-4000 m balandliklar sovuq cho’l va tog’ tundralaridan iborat.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish