4-asosiy savol bayoni: Tojikiston respublikasida tabiiy sharoitiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga va ixtisoslashuviga ko’ra Janubi–g’arbiy, Shimoliy, Janubi–sharqiy iqtisodiy rayonlar ajralib turadi.
Janubi-G’arbiy Tojikiston. Tojikiston respublika xududining 37 foizini, aholisining esa 66 foizini tashkil etadi. Mintaqada aholi zichligi 1 km2 ga 40 kishi to’g’ri keladi. Hisor vodiysi respublikadagi qulay tabiiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarga egadir. Vodiyda respublikaning 1G’3 qismdan ortiq sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari tayyorlanadi.
Mintaqa tabiiy resurslarga ancha boy bo’lib, qurilish xom ashyolari, volfram, ko’mir, neft, gaz va boshqalar topilgan.
Asosiy transport turlari avtomobil va temir yo’l transportlari hisoblanadi.
Sanoatida mashinasozlik va metallni qayta ishlash, rangli metallurgiya, ip gazlama, trikotaj tarmog’i va boshqalar yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo’jaligi paxta etishtirish (respublikaning 50 foiz paxtasi) chorvachilik. bog’dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan.
Rayonda respublikaning nisbatan yirik shaharlaridan Dushanbe, Tursunzoda, Norak va boshqalar joylashgan.
Respublikaning poytaxti Dushanbe yirik sanoat va madaniyat markazi hisoblanadi. Yirik korxonalardan "Tojiktekstilmash", "Tojikqishloq xo’jalikmash", "Tojikgidroagregat" va boshqa ko’plab og’ir sanoat korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda tsement zavodi, uysozlik va yog’ochni qayta ishlash kombinatlari, temir - beton konstruktsiyalari zavodlari muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek oziq-ovqat va engil sanoat tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.
Yirik sanoat markazlaridan biri Tursunzoda shahridir. Shahar alyuminiy zavodining qurilishi bilan yana ham rivojlandi. Shuningdek, shaharda farfor zavodi, paxta tozalash, efir moyi ishlab chiqaruvchi, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kabi korxonalar ishga tushirilgan.
Mintaqada Norak GES i qurilishi bilan Norak shahri ham bunyod etilgan. Hozirgi kunda Norak–yirik gidro energetika, oziq–ovqat va engil sanoat markazi hisoblanadi.
Vaxsh vodiysi respublikaning eng issiq iqlimli hamda tekisliklardan iborat hududi hisoblanadi. Yanvar oyida ham Markaziycha havo harorati 0°S dan yuqori bo’ladi. Shu sababli, Vaxsh vodiysi respublikaning asosiy ingichka tolali paxta etishtiradigan va subtropik ekinlar etishtiruvchi markazi xamdir.
Vodiy gidro-energetika resurslariga boy. Bu erda neft va gaz konlari topilgan. Shuningdek, kimyoviy xom ashyolardan osh tuzi (Tut buloq), dalomit (Yovon), qurilish materiallaridan gips, tsement xom ashyosi, ohaktosh va boshqalar topilgan.
Vodiy qishloq xo’jaligi ahamiyatiga ko’ra Tojikistonda Hisor va Shimoliy mintaqalardan keyin turadi, bu erda respublikaning 20 foizdan ortiq sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Engil sanoat nisbatan yaxshi rivojlangan; bunda paxta tozalash sanoati asosiy o’rinda turadi. Vodiyda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmida engil sanoatning ulushi 70 foizga yaqin, oziq - ovqat sanoati 20 foizini, og’ir sanoat esa 15 foizni tashkil etadi. Vodiy sanoatining ixtisoslashgan tarmoqlariga elektr energetika, kimyo, paxta tozalash, yog’ moy tarmoqlari kiradi.
Vaxsh vodiysida qishloq xo’jaligi yuqori drajada rivojlangan. Mamlakatda etishtirilayotgan ingichka tolali paxtaning 1G’3 qismi shu erga to’g’ri keladi. Paxtachilik bilan birga bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va poliz ekinlari etishtirish ham rivojlangan. Shuningdek, tsitrus mevalari ham etishtiriladi.
Vodiyda respublikaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri - Qo’rg’ontepa shahri joylashgan. Bu erda elektrotexnika, engil, oziq - ovqat sanoatlarining yirik korxonalari mavjud. Shaharda ingichka tolali paxtaning yangi navlarini yaratadigan selektsiya markazi bor. Shahar va vodiy iqti-sodiyotining rivojlanishiga Termiz - Qo’rg’ontepa - Yovon temir yo’li katta ta’sir ko’rsatadi. Mintaqadagi Vaxsh azot zavodi respublika qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar etkazib beradi.
Vaxsh vodiysining yuqori qismida Ko’lob zonasi joylashgan . Zona qulay tabiiy va iqlimiy sharoitga ega. Uning hududida respublikadagi yirik osh tuzi konlari (Xo’ja Mo’min, Xo’ja Sartis) topilgan. Bu erda qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlangan. Agroiqtisodiyotda paxtachilik va chorvachilik etakchi o’rinda turadi. Shuningdek, don etishtirish, pillachilik ham yaxshi rivojlanmoqda.
Asosiy sanoat markazi Ko’lob shahri. Shahar atrofida yirik qishloq xo’jaligi rayonlari joylashganligi sababli, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Garm vodiysida baland tog’liklar ko’p. Uning xo’jaligida qishloq xo’jaligi etakchi o’rinda turadi. Chorvachilik, bog’dorchilik, kartoshka etishtirish, tamakichilik kabi sohalar yaxshi rivojlangan. Qishloq xo’jaligiga yaroqli erlarning asosiy qismi yaylovlar bilan qoplangan. Sug’orib dexqonchilik qilish mavjud. Sanoati maxalliy ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |