3-asosiy savol bayoni: Xo’jaligi. Tojikiston xalq jo’jaligi agrar–industrial xarakterga ega. Umuman unda hozirgi zamon iqtisodiyot, ayniqsa, sanoat tarmoqlari asosan so’nggi chorak asr davomida tarkib topdi. Hozirga vaqtda Respublikada 90 dan ziyod sanoat tarmoqlari tashkil qilingan bo’lib, ularning 400dan ortiq yirik korxonalari (bularga bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida tashkil qilingan korxonalar kirmaydi) respublika iqtisodiyotiga xizmat qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tojikistonda yuzaga kelgan siyosiy - ijtimoiy vaziyat, respublika iqtisodiyotining rivojlanishida katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Aytish lozimki, u ko’p sohalar bo’yicha oldingi ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridan nihoyatda orqada qolib ketdi. Xorij investitsiyalari Respublikadagi notinchlik sababli ma’lum muddat kirib kela olmadi, yangi ishlab chiqarish munosabatlari kengroq tarqalmadi. Bularning barchasi respublika iqtisodiyotini ko’p yillarga orqaga surib tashladi. Hozirgi paytda o’zi etishtirgan xom–ashyoni chetga chiqarmasdan, o’z hududida qayta ishlaydigan yangi korxonalar qurilishiga katta e’tibor bera boshlandi.
Sanoati. 2000 yil ma’lumotiga ko’ra respublika milliy daromadining 35 % dan ko’prog’ini sanoat tarmoqlari berdi. Sanoatining tarmoqlar tarkibi (ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati, foiz hioobida) quyidagicha; yoqilg’i-energetika - 16,2 %, metallurgiya-17,0 %, kimyo va neft - kimyo-3,0 %, qurilish materiallari, chinni va oynasozlik-2,6 %, yog’ochni qayta ishlash za tsellyuloza- qog’oz-0,9 %, engil sanoat-36,2 %, oziq-ovqat sanoati-12,5 %. Boshqacha aytganda, Tojikistonda boshqa respublikalarga nisbatan aholi iste’moli mahsulotlari ishlab beruvchi engil va oziq-ovqat sanoatlarining hissasi ancha yuqori (48,7 %). Aksincha og’ir sanoat tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan.
Og’ir sanoat tarmoqlari orasida yoqilg’i - energetika, ayniqsa elektro-energetika tarmog’ining ahamiyati juda katta. Respublikada yoqilg’i sanoatida ko’mir sanoati tarmog’i etakchilik qiladi. 30 dan ortiq ko’mir konlari orasida qazib chiqarilayotgan ko’mirning asosiy qismini (500ming t.) Sho’rob koni beradi. Boshqa konlarning ulushi u qadar ko’p emas. Eng muhimi uni qazib chiqarish yildan yilga kamayib bormoqda. Masalan, 90-yillar boshlarida 300 ming t. ko’mir qazib chiqarilgan bo’lsa, 1993 yilda atigi 40ming t.ni tashkil qildi. Majmuaning etakchi tarmog’i elektroenergetika sanoatidir. 1993 yilda respublikada 17,7 mlrd kVtG’s, 2001 yilda 12 mlrd kVtG’s elektr ishlab chiqarildi. Ana shu miqdorning 95 % ga yaqinini GESlar ishlab bermoqda. Asosiy GESlar Vaxsh daryosida (Norak GESi - 2,7 mln kVt), Baypazin, Golovnaya, Tsentralnaya, Pripadnaya, Sirdaryoda (“Xalqlar do’stligi”), Varzob GESlar kaskadi va boshqalar. Umuman kelgusida Tojikiston daryolarida quriladigan GESlar jami 286 mlrd kvtG’s elektr energiyasi ishlab berishi mumkin.
Metallurgaya sanoati tarmoqlari orasida rangdor metallurgaya, ayniqsa alyuminiy sanoati etakchilik qiladi. Tarmoq tarkibiga Shimoliy va Markaziy Tojikistondagi ruda qazib chiqarish (Qoramozor) va boyitish hamda Tursunzodadagi MDHning eng yirik alyuminiy korxonalaridan biri kiradi. Korxona arzon Vaxsh elektroenergetikasi bazasida Qozog’iston, Keniya, Rossiyadan keltiriladigan glinozyom asosida metal beradi. Respublikada Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda oltinni qayta ishlovchi qushma korxonalar mavjud.
Mashinasozlik va metalsozlik sanoati tarkibiga 70 dan ziyod korxonalar kiradi va ular to’qimachilik dastgohlari, ro’zg’or sovutgichlari, kabellar transformatorlar, elektroapparaturalar, qishloq xo’jalik texnikasiga ehtiyoj qismlar ishlab chiqaradi. Korxonalarning asosiy qismi Dushanbe, Xo’jand, Qo’rg’ontepa, Konibodom shaharlarida joylashgan.
Kimyo sanoati ancha sust rivojlangan. Qo’rg’ontepa yaqinidagi Vaxsh azotli mineral o’g’itlari ishlab chiqaruvchi zavod tarmoqning asosini tashkil qilmoqda. Yavanda yirik elektrokimyo kombinati mavjud.
Qurilish materiallari sanoati nihoyatda boy xom ashyo bazasiga ega. Tarmoqning negizini Dushanbe tsement-shifer kombinati tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |