Tuzuvchi:Ziyatov
Shahzod
6-sinf 29-44-mavzular.
1. Qadimgi Rimda qaysi imperatorning buyrug’i bilan shahardagi
barcha eski binolar buzib tashlandi va yangi shaharlar qurildi.
A) Trayan B) Avgust c) Konstantin D) Sezar
2. Qaysi xalqalarning Sharq madaniyati bilan o’zaro aloqasi fan va
san’at yuksalishining tezlashuviga ,dunyo madaniyatining
taraqqiyotiga olib keldi.
A) misrlik va yunonlar B) rimlik va yunonlar
C) xitoylik va yunonlar D) hindlik va misrliklar
3. Quyidagi davlatlardan qaysi biri o'z davrida Hindiston, Xitoy va Rim
imperiyasi bilan savdo va elchilik munosabatlarini yo'lga qo'ygan edi?
A) Yunon-Baqtriya davlati; B) Ahamoniylar davlati;
C) Kushon davlati; D) Karfagen davlati.
4. Yunon me'morchilik san'atining qaysi namunasidan saroy a'yonlari
uylarini, shahar maydonlarini, ibodatxonalarni, tomoshabog'lar va
stadionlarni bezatishda foydalanilgan?
A) freska; B) haykaltaroshlik asarlari;
C) tosh ustunlari; D) mozaika.
5. Puni urushlari boshlangan asrda vujudga
Tuzuvchi :Mamaraimov Sharifjon
kelgan davlatlarni ko‘rsating.
1) Qang‘; 2) Xorazm; 3) Dovon; 4) Parfiya; 5) Maurya;
6) Yunon-Baqtriya; 7) Sin imperiyasi; 8) Xan imperiyasi;
9) Kushon imperiyasi.
A) 1, 3, 4, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8
C) 1, 2, 3, 6, 8, 9 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8
6. Salavkiylar davrida Marg'iyona Antioxiysi nomi bilan tilga olingan
O'rta Osiyo shahrini aniqlang.
A) Andijon; B) Marv; C) Termiz; D) Marg'ilon.
7. Quyida keltirilgan voqealardan bir asrda yuz berganlarini belgilang.
1) Zardusht va’zlari matnlarining hammasi 21 ta kitobga jamlangan;
2) Maurya davlati o‘z ravnaqining cho'qqisiga ko'tarildi;
3) Rimda barcha fuqarolar qonun oldida teng deb e’lon qilingan
qonunlar qabul qilindi;
4) Ahamoniylar imperiyasi tomonidan Baqtriya bosib olindi;
5) YunonBaqtriya davlati yuechji qabilalari tomonidan bosib olindi.
A) 1, 2, 4
B) 1, 2, 3
C) 1, 3, 5
D) 2, 3, 4
8. Quyidagi qaysi topilma Kushon imperiyasining jahondagi ko'plab
davlatlar bilan keng ko'lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi?
A) tangalar; B) shaxmat donasi; C) yozuv; D) budda haykali.
9. Rimda qo’shinga dastlab kimlar olingan.
A) Harbiy sohaga ega bo’lganlar
B) O’z qurol-aslahalariga ega bo’lganalar
C) Yer- mulkka ega bo’lganlar
D) a va b
10. Qaysi hudud orqali buddaviylik dini O’rta Osiyo bo’ylab tarqalgan.
A) Xorazm B) Surxon C) Eski Termiz D) Ayritom
11. Quyidagi qaysi davlat 3 asr yashagan .
A) Kushon B) Xorazm C) Dovon D) Sin
12. Yangi davlatga yoki yangi sulola hukmronligiga asos solgan
shaxslarni aniqlang.
1) Kudzula Kadfiz; 2) Kanishka; 3) Lyu Ban; 4) U Di;
5) Diodot; 6) Demetriy; 7) Salavka; 8) Antiox;
9) Kir II; 10) Sin Shi Xuandi; 11) Doro I; 12) Solon;
13) Trayan; 14)Sargon I 15) Chandragupta; 16) Ashoka.
A) 1, 3, 5, 7, 9, 10, 14, 15. B) 1, 4, 5, 7, 9, 10, 12, 14, 16.
C) 2, 4, 5, 7, 9, 10,11, 13, 14, 15. D) 1,3, 6, 7, 8, 9, 10, 14, 15.
13. Mil.avv. IV asr oxirida tashkil topgan Salavkiylar davlati tarkibiga
quyidagi qaysi hududlar kirar edi?
1. Kichik Osiyo. 2. Eron. 3. Misr. 4. Mesopotamiya.
5. Kavkazorti. 6. Arabiston yarim oroli. 7. Parflya.
8. Marg'iyona. 9. Xorazm. 10. So'g'diyona.
11. Shimoliy Hindiston. 12. Baqtriya.
A) 1.2.3.4.7.8.10.12. B) 2.4.7.8.10.12.
C) 1.3.5.6.8.11. D) 2.4.7.8.10.11.12.
14. Qadimgi davrda O'rta Osiyodagi qaysi hududda o'troq ziroatchi va
savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keladi?
A) Amudaryoning quyi oqimida; B) So'g'diyonada;
C) Toshkent vohasida; D) Farg'ona vodiysida.
15. Quyidagi qaysi hududda har bir shaharning hukmdori oliy xudo,
shahar homiysi hisoblangan?
A) Hindiston; B) Misr; C) Yunoniston; D) Mesopotamiya.
16. Quyidagi davlatlardan ayni bir asrda vujudga kelganlarini to'g'ri
belgilang.
1) Qang' davlati; 2) Dovon davlati;
3) Maurya davlati; 4) Xan imperiyasi.
A) 2, 3, 4 B) l, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3
17. Quyidagi qaysi hudud mil. avv. III asr o’rtalarida Karfagen davlatiga
qarashli bo’lmagan?
1. Shimoliy Afrika sohillari. 2. Sitsiliyaning sharqiy qismi.
3. Kichik Osiyo. 4. Sardiniya. 5. Korsika.
6. Misr. 7. Sitsiliyaning g’arbiy qismi.
A) 1,4,5,7. B) 1,2,4,5. C) 2,3,6. D) 3,6,7.
18. Quyidagi qaysi Rim hukmdori xristianlik ramzini o'z askarlari
qalqonlariga chizishga buyurgan?
A) Konstantin; B) Feodosiy C) Trayan; D) Avgust.
19. Quyidagi qaysi omil rimlik quruvchilarga tez va pishiqinshootlar
qurishga imkon berdi?
A) Barcha xudolar uchun ibodatxonalar qurilishi;
B) Akveduklar qurilishi;
C) Beton ishlatilishi;
D) Rimning aholisi ko'p sonli shaharga aylanishi.
20. Etrusklar Italiyaning qaysi qismida joylashgan.
A) shimoli B) g'arbi C) shimoli-g'arbi D) janubi
21. Etrusklarning 12 shahar davlat ittifoqi qachon vujudga kelgan .
A) Mil. avv VII asr B) Mil.avv VI asr
C) Mil. avv VIII asr D) Mil. VIII asr
22. Rimda diniy marosimlar o'tkazilishi ustidan kim nazorat qilgan?
A) konsullar; B) pontifiklar; C) avgurlar D) senatorlar.
23. Rim respublikasining oliy hokimiyati bu ...
A) senat edi; B) 2 nafar konsullar edi ;
C) patritsiylar edi; D) xalq majlisi edi.
24. Qadimgi Rim davlatidagi qaysi lavozim egasi cheklanmagan
hokimyatga ega bo'lgan?
A) diktator; B) satrap; C) provinsiya noibi; D) A va С javoblar to’g’ri.
25. Quyidagi qaysi xalq vakillari Rim shahrini ikki hafta davomida
talagan?
A) ostgotlar; B) gotlar; C) xunnlar; D) vandallar.
26. Qaysi hukmdor davrida Misr Rim imperiyasi provinsiyasiga
aylanadi?
A) Trayan; B) Yu. Sezar; C) Oktavian; D) M.Antoniy.
27. Qadimgi Rim davlatida qaysi tilni o'rganishga alohida e'tibor
qaratilgan?
A) hind; B) lotin; C) arab; D) yunon.
28. Milodiy V asrda Rim imperiyasiga yurish qilgan qabilalar
nomini aniqlang.
1. gotlar. 2. axeylar. 3. vandallar. 4. ost-gotlar.
5. xunnlar. 6. oriylar. 7. doriylar.
A) 1.4.7. B) 2.3.5. C) 1.3.5. D) 1.4.6.
29. Buyuk Ipak yo'lining yo‘nalishini to‘g‘ri ketma-ketlikda ko‘rsating.
A) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O ‘rta Osiyo, Mesopotamiya,
Eron, O‘rtayer dengizi sohillari.
B) Sariq dengiz sohili, O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron,
Mesopotamiya, O‘rtayer dengizi sohillari.
C) Sariq dengiz sohili, O‘rta Osiyo, Eron, Sharqiy Turkiston,
Mesopotamiya, O‘rtayer dengizi sohillari.
D) Sariq dengiz sohili, Sharqiy Turkiston, O ‘rta Osiyo, Eron,
Mesopotamiya, O‘rtayer dengizi sohillari.
30. Qaysi hukmdor davridan boshlab Rimliklar bosqinchilik urushlarini
olib bormadilar?
A) Konstantin; B) Trayan; C) Neron; D) Oktavian.
31. Quyidagi qaysi bosqinchilarga Rimdagi qullar shahar darvozalarini
ochib beradilar?
A) gotlar; B) xunnlar; C) vandallar; D) doriylar.
32. Qachondan boshlab Qadimgi Rimda imperatorni armiya saylaydigan
bo'lgan?
A) mil.avv. I asrda; B) milodiy III asrda;
C) milodiy IV-V asrlarda; D) m.avv. II asr o'rtalarida.
33. Sho’rabashat va Uchqo’rg’on shaharlari joylashgan davlatning qadimiy
poytaxtini aniqlang.
A) Parkana; B) Dovon; C) Bityan; D) Erish.
34. Karfagen shahri butunlay vayronaga aylantirilgan vaqtni aniqlang.
A) m.avv. 149-yil; B) m.avv. 148-yil;
C) m.avv. 146-yil; D) m.avv. 145-yil.
35. Rim imperiyasida qayerlarda tosh qal'alar qurilgan edi ?
A) Yo'l yoqalarida; B) Forum markazida;
C) Provinsiya hududlarida; D)Imperiya chegaralarida.
36. Quyidagi javoblarning qaysi birida rimliklar xudolari to'g'ri ko'rsatilgan:
1) Morfey; 2) Venera; 3) Geya; 4) Femida; 5) Yustitsiya; 6) Ares;
7) Yupiter; 8) Fortuna; 9) Anibus; 10) Vulkan; 11) Demetra; 12) Baxus.
A) 1,2,3,5,6,7,11,12. B) 1,2,4,5,7,10,12.
C) 1,2,5,7,8,10,12. D) 1,2,3,7,9,12.
37. Qadimgi Ahamoniylar davlatida soliq quyida keltirilgan mahsulotlardan
qaysi biri bilan to’lanmagan?
A) hayvonlar terisi; B) hunarmandchilik buyumlari;
C) kiyim-kechak; D) dehqonchilik mahsulotlari.
38. Xalq tribunlari Rim qashshoq aholisi vakillari bo'lib , ular plebeylar
manfaatini …
A) Senatda himoya qilgan; B) Xalq majlisida himoya qilgan;
C) Konsullar oldida himoya qilgan; D)Rim armiyasi oldida himoya qilgan.
39. Rim shahri haqida ushbu ma'lumotni to'ldiring: "Shahar joylashishi harbiy
nuqtayi nazardan juda qulay bo'lgan. Daryo va botqoqlik ……..ni qo'shni qabilalar
hujumlaridan himoya
qilar edi"
A) Etrusklar; B) Yunonlar; C)Lotinlar; D) Varvarlar
40. Milodiy I asrda qaysi davlat o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishadi?
A) Dovon davlati; B) Qang' davlati;
C) Kushon davlati; D) Xan sulolasi.
41. Quyidagiqaysi xalq vakillari qo'shnilariga yog'och, metall va gazlamalar
sotgan
A) Bobilliklar; B) Finikiyaliklar;
C) Shumerliklar; D) Farg'onaliklar.
42. Kushon hukmdorlaridan qaysi biri pul isolohoti o'tkazadi?
A) Kudzula Kadfiz; B) Vima Kadfiz;
C) Kanishka; D) Vasishka.
43. Qaysi davlat m.a. 250-yilda Baqtriyaning raqibiga aylangan?
A) Parfiya; B) Eron; C) So'g'diyona; D) Marg'iyona.
44. Quyidaberilgan O'rta Osiyodagi ko'chmanchiqabilalardan qaysi
biri o'z davlatiga asos solgan?
A) Saklar; B) Massagetlar; C( So'g'diylar; D) Baqtriyaliklar.
45. Rim shahriga qachon asos solgan
A) m.a. VI asr; B) m.a.V asr; C) m.a.VIII asr; D) m.a. IV asr
46. Quyidagi qaysi voqea natijasida G'arb va Sharq o'rtasida madaniy
munosabatlar kengayishi sodir bo’ladi?
A) Buyuk Ipak yo'lining vujudga kelishi;
B) Ellinizm davrining boshlanishi;
C) Forslarning O'rta Osiyoga yurishlari
D) Antik davrning boshlanishi.
47. Qachondan boshlab barcha rimliklar teng huquqli bo'ldi.
A) m.a. III asr boshlari B) m.a.V asr;
C) m.a.III asr o'rtalari D) m.a. IV asr.
48. Quyidagi qaysi italiyalik qabilasi chorvachilik bn shug'ullangan.
A) lig'urlar B) lotinlar C) etrusklar D) samniylar
49. Kushon podsholigi davriga tegishli hukmdor saroyi qaysi manzilgohdan
topilgan?
A) Fayoztepadan;B) Surxko'taldan;C) Dalvarzintepadan; D) Xolchayondan.
50. Kushon podsholigi qachon vujudga kelgan .
A)Mil.I asr B) Mil avv. II asr C)Mil avv.I asr D) Mil.avv. III asr
51. Xorazmda shaharsozlikning boshlanishi nechanchi asrga borib taqaladi?
A) m.a. VI asr; Bm.a.V asr; C) m.a.VII asr; D) m.a. IV asr.
52. Qadimgi oromiy yozuvi … paydo bo'ldi.
A) Kichik Osiyoda; B) G’arbiy Osiyoda;
C) O'rta Osiyoda; D) Old Osiyoda.
53. Buyuk ipak yo'lining qaysi tarmog'i Qang'davlati hududidan o'tgan?
A) shimoliy; B) janubiy; C) g'arbiy; D) sharqiy.
54. M.avv.III asr o'rtalarida Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan
Baqtriyaning birinchi hukmdori kim bo'lgan edi?
A) Bess; B) Demetriy; C) Diodot; D) Yevtidem.
55. Qaysi hukmdor davrida Kushon davlati hududiga Afg'oniston va
Kashmir qo'shib olingan?
A)Kudzula Kadfiz; B) Vima Kadfiz;
C) Kanishka; D) Xuvishka.
56. Qadimgi Oromiy alifbosi asosidagi Xorazmiy va So'g'diy yozuvlari
keng tarqalgan hududlarni aniqlang.
1. Amudaryo quyi oqimi. 2. Farg'ona vodiysi. 3. Toshkent vohasi.
4. Sirdaryoning quyi oqimi. 5. Zarafshon vodiysi. 6. Qashqadaryo vodiysi.
A) 1.3.4.6 B) 2.3.5. C) 1.5.6 D) 1.3.5.6.
57. Qadimgi Rim imperatori Sezarga qarshi fitna uyushtirgan senatorlarning
maqsadi nima edi?
A) Respublikani mustahkamlash;
B) Mark Antoniyni taxtga o'tqazish;
C) O'zlarining imtiyozlarini qayta tiklash;
D) Senatning avvalgi mavqeini qayta tiklash.
58. Quyidagi qaysi hudud Yunon - Baqtriya davlati tarkibiga kirmagan?
A) So'g'diyona; B) Xorazm; C) Marg'iyona; D) Baqtriya.
59. Quyidagi qaysi voqea Salavka Bobil hukmdori bo'lganidan 32 yil
o'tgach sodir bo'lgan?
A) Perikl hukmronligi boshlangan;
B) Salavkiylar davlatida Antiox hukmronligi boshlangan;
C) Aleksandr va Spitamen o'rtasida hal qiluvchi jang bo'lib o'tgan;
D) Amudaryo xazinasi topilgan.
60. Rivoyatlarga ko’ra Kir II tomonidan asos solingan Kurushkat shahri
qayerda joylashgan?
A)Sirdaryo qirg’oqlarida B)Qashqadaryo vohasining sharqiy qismida
C)Maroqanda D)Xo’jand yaqinida
61. Salavkiylar davrida madaniyat markazlariga aylangan yirik
shaharlarni toping.
1)Baqtra 2)Aleksandriya Esxata 3)Bobil 4)Maroqanda
5)Marv 6)So’g’diyona 7)Antioxiya 8)Termiz
A)1,4,5,8 B)1,2,4,8, C)1,7,6,4,8 D)2,5,6,7
62. Puni urushlarida Karfagen qo'shinlarining zaif tomoni nimada bo'lgan?
A) Rimning kuchli flotga ega bo'lishi;
B) Piyoda va otliqlarning xizmat qilishi;
C) Yollanma askarlarning xizmat qilishi;
D) To'g'ri javob yo'q.
63. Quyidagi qaysi shaxs Yunonistonda xalq majlisi faoliyatini qayta
tiklagan?
A) Drakont; B) Solon; C) Perikl; D) Urartu.
64. M.avv. III asrda qaysi hududda kuchli markazlashgan yangi davlat va
yangi sulola paydo bo'ladi?
A) Xitoy; B) Ossuriya; C) Hindiston; D) Urartu.
65. Sirdaryo bo'yidagi Aleksandriya Esxata qal'asi qaysi shahar
yaqinida qurilgan?
A) Bekobod; B) Chimkent; C) O'tror; D) Xo'jand.
66. Spitamen makedonlarga qarshi qayerda pistirma qo'ygan edi?
A) Hisor tog'larida; B) Amudaryo bo'yida;
C) Zarafshon bo'yida; D) Pomir tog'larida.
67. Makedoniyalik Aleksandr Maroqandani egallagach qaysi shaharga
qo'shin tortadi?
A) Kurushkat; B) Nautaka; C) Zariasp; D) Baqtra.
68. Mil.avv. VI-V asrlarda Xorazm quyidagi qaysi davlat tarkibiga kirgan ?
A) Baqtriya; B) Parfiya; C) Ahamoniylar; D) So'g'diyona.
69. Makedoniyalik Aleksandrning yurishlari davrida So'g'd zodagonlari
Xoriyen va Oksiartning qal'alari qayerda joylashgan?
A) Amudaryo bo'ylarida; B) Hindiston tog'larida;
C) Hisor tog'larida; D) Zarafshon bo'ylarida.
70. Makedoniyalik Aleksandrning bosib olingan shaharlarda yunonlarni
joylashtirishdan ko'zlagan maqsadini aniqlang.
A) Bosib olingan o'lkalarda saltanatning kuchli ijtimoiy
tayanchini yaratish;
B) Bosib olingan ulkan hududda hukmronligini mustahkamlash
maqsadida
C) Bosib olingan hududlarda yunon boshqaruv tizimini joriy qilish;
D) Mahalliy xalqlarga qarshi kurashishda o'z harbiy qudratini
oshirish.
71. O'rta Osiyoda birinchi bo'lib Iskandarning yo'lini to'sgan shahar bu...
A) Baqtriya; B) Zariasp; C) Nautaka; D) Maroqanda;
72. Yunon koloniyalarida qaysi sohalar rivojlandi?
A)savdo-sotiq va dehqonchilik. B)dehqonchilik va hunarmandchilik
C)hunarmandchilik va savdo-sotiq D)dehqonchilik va savdosotiq
73. Poliyen yashagan davrni aniqlang.
A) mil. II asr; B) m.a. I asr C) milodiy I asr; D) m.a. II asr.
74. Makedoniyalik Aleksandr qo'shinlari bilan nechanchi yilda Oks daryosidan o'tadi?
A) m.a. 329 yil; B) m.a. 328 yil;
C) m.a. 327 yil; D) m.a. 326-yil.
75. Frada boshchiligida qo'zg'olon sodir bo'lgan hududni aniqlang.
A) Parfiya; B) Marg'iyona; C) So'g'diyona; D) Baqtriya.
76. Quyidagilar orasidan Qashqadaryo vohasining sharqiy qismida joylashgan
shaharni aniqlang.
A) Yerqo'rg'on; B) Nautaka; C) Maroqanda; D) Qiziltepa.
77. 0'rta Osiyolik qaysi xalq vakillari Kserks armiyasida eng yaxshi jangchilardan
bo'lishgan?
A) saklar va massagetlar; B) saklar va baqtriyaliklar;
C) so'g'diylar va saklar; D) xorazmliklar va massagetlar .
78. M.a. 330-yilda Aleksandr qaysi shohni yengishga muvaffaq bo'lgan?
A) Doro II; B) Filipp II; C) Spitamen; D) Doro III.
79. O'rta Osiyoda dastlabki tanga pullar qaysi davrdan tarqala boshlagan?
A) mil. V-IV asrlar; B) m.a. III-II asrlar;
C) m.a. IV-III asrlar; D) m.a. V-IV asrlar.
80. Bobil va Midiya tomonidan Ossuriya zabt etilgandan uch asr o’tib bo’lgan
davrda nima bo’lgan.
A) Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi.
B) Antiox taxtga o’tirdi
C) Yunoniston alifbosiga ega bo’ldi
D) Yunon-fors urushlari.
81. Aleksandr Makedonskiy vafotidan 199 yil avval sodir bo'lgan voqeani
aniqlang.
A) Forslar bilan Frada boshchiligidagi qo'zg'olonchilar o'rtasida
hal qiluvchi jang bo'lib o'tdi;
B) Kir II massagetlar ustiga yurish boshladi;
C) Solon islohotlari amalga oshirildi;
D) Ossuriya qo'shinlari batamom qirib tashlandi.
82. Ahamoniylar tomonidan butun boshli mamlakatni alohida viloyat -
satrapliklarga bo'lib boshqarilishining sababini aniqlang.
A) Fors madaniyatini boshqa o'lkalarga ham tarqatish uchun;
B) Satraplarga cheklanmagan hokimiyat berish uchun;
C) Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutish uchun;
D) Qaram xalqlar siyosiy hayotining muhim jabhalarini
ommalashtirish uchun.
83. Buyuk Ipak yo`li kesib o`tgan hududlar ketma-ketligini aniqlang.
1)Sharqiy Turkiston; 2)Pomir; 3)Sariq dengiz; 4)Misr; 5)Eron;
6)Efes; 7)Mesopotamiya; 8)O`rta yer dengizi sohiligacha;
9)O`rta Osiyo;
A) 3,1,9,5,7, 8 B) 3,1,5,7,8,9 C) 3,9,1,5,7,8 D) 3,1,9,7,5,8
84. Rim imperiyasining asoschisi kim?
a) Trayan; b) Yuliy Sezar; c) Mark Antoniy; d) Oktavian
85. Senturiylar guruhi nechta jangchidan iborat bo'lgan?
a) 75 ta; b) 90 ta; c) 70 ta; d) 80 ta;
86. Rim davlatida har bir shahar markazida Forum bo'lgan bo'lib,
unda qanday binolar joylashgan edi?
1) Bozor maydoni; 2) Hunarmandlarning uy-joylari;
3) Xalq yig'ilishi uchun joy; 4) Ibodatxona;
5) Qamoqxona; 6) Sud binosi;
A) 1, 3, 5, B) 1, 3, 4, C) 2, 3, 6, ; D) 2, 4, 5, ;
87. Qaysi so'z yunonchadan tarjima qilganga "xushxabar" degan
ma'noni anglatadi?
A) Panteon; B) Akveduk; C) Havoriy; D) Yevangeliya;
88. Qaysi voqea nisbatan oldinroq yuz bergan?
A) Vandallar Rimga hujum qildi;
B) German qabilalarining Rimdagi yollangan qo'shini sarkardasi
Odoakr so'nggi imperator Ramulni taxtdan ag'darib tashladi;
C) Rim Alarix boshchiligidagi gotlar tomonidan vayronoga
aylantiriladi;
D) Xunlar Italiyaga bostirib kiradilar;
89. Rimda bahor xudosi qanday atalgan?
A) Diana; B) Baxus; C) Venera; D) Morfey;
90. Rimda mayda yer ijarachilari qanday atalgan?
A) Plebeylar; B) Patritsiylar; C) Kolonlar; D) Prakonsullar;
91. Liktorlar guruhi nechta kishidan iborat bo'lgan?
A) 15 ta; B) 12 ta; C) 18 ta; D) 21 ta;
92. Rimda qaysi tashkilot qashshoq rimliklar manfaatini ifoda etgan?
A) Xalq majlisi; B) Senat; C) Xalq tribunal; D) Oliy Kengash;
93. Karfagen davlati qaysi hududlarni o'z ichiga olgan edi?
1) Shimoliy Afrika; 2) Kichik Osiyo; 3) Sardiniya;
4) Korsika; 5) Krit oroli; 6) Janubiy Italiya;
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5
94. Nisbatan oldinroq yuz began voqeani toping?
A) Muntazam yollanma qo'shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar
real kuchga aylandilar;
B) Rimning kuch-qudrati qayta tiklandi;
C) Rim butun Italiyani zabt etishga erishdi;
D) Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat'iy nazar qonun
olidida teng, deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi;
95. Ikkinchi Puni urishini keltirib chiqargan voqea?
A) Gannibal tomonidan Ispaniyani bosib olinishi;
B) Gannibal qo'shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurishlari;
C) Gannibal tomonidan Korsikaning bir qismi bosib olinishi;
D) Gannibal tomonidan Rimdagi qullar qo'zg'alonining qo'llabquvvatlanishi;
96. Etrusklar nima uchun yunon kaloniyalariga qarshi kurash olib broganlar?
A) O'z hududlarini kengaytirish uchun;
B) Yunonistondagi o'z xudolarining haykallarini olib kelish uchun;
C) Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun;
D) Ortayer dengizidagi asosiy dengiz savdo yo'llarini egallab olish uchun;
97. Rim ibodatxonalarida qurbonlik baxshida etiladigan ko'tarma joy
qanday atalgan?
A) Triumf; B) Avgur; C) Altar; D) Vesta;
98. Xristian jamoalariga kimlar peshvolik qilgan?
A) Vestalkalar; B) Yepiskoplar; C) Apostollar; D) Diodohlar;
99. Qachonga kelib Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshlaydi?
A) Milodiy III asrda; B) Mill.avv. III asrda;
C) Mill.avv. II asrda; D) Milodiy I asrda;
100. Rimda gramatika (o'rta maktabda) da bolalarga qaysi fanlar
o'qitilgan?
1) Musiqa; 2) Tibbiyot; 3) Astronomiya; 4) Matematika;
5) Geografiya; 6) Geometriya; 7) Ritorika; 8) Tarix;
9) Diolekika; 10) Arifmetika;
A) 1, 3, 5, 7, 9, ; B) 1, 3, 5, 6, 8, ;
2, 4, 6, 8, 10, ; D) 3, 4, 5, 6, 8, 10