Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 2,27 Mb.
bet45/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Markaziy Qozog’iston–iqtisodiy rayon hududidagi Evropaning Buyuk Britaniya, Belgiya, Gollandiya, Daniya mamlakatlari birgalikda sig’ib ketadigan Qarag’anda oblastida shundan yarim asr oldin 4000 aholisi bor 1 tagina shahar bo’lgan edi. Iqtisodiy rayon respublika hududining 15,7 % ni, aholisining 9 % ni tashkil etadi. Qarag’anda viloyati Ulitov qirlarida Qarqarali, Qarag’ayli, Qizilaray tog’larigacha 1000 km gacha borib, Kozoqning past tog’lari Saro’arqani deyarli o’z ichiga oladi. Bu huduning tabiiy resurslari qadimdan ma’lum. Uning misini, ohaktoshini butun Markaziy Osiyo biladi. O’lkaning asosiy boyligi er bag’ridagi yirik konlardir. Qarag’anda havzasining kokslanuvchi toshko’miri bilan Jezqazg’an, Qo’ng’irot, Sayak mis konlaridir. Qurilish materiallari rayonning barcha hududlarda uchraydi, shu bilan birga temir, marganets konlari, polimettallar, nodir metallar ham uchraydi.
Iqtisodiy rayonda temir va marganetsning 40 yaqin konlari ma’lum. Eng muhimlari: Aqtau, Uchxotin, Qamish, Qarajol, Qarsaqbay, Jezdi, Nayzatas.
Polimetallar tarkibida qo’rg’oshin, mis va boshqa rangli metallar bor. Rayondagi muhim polimetall konlari: Gulshat, Qizilespe, Aqshag’il, Qarag’ayli, Jayrem. Yana boshqa rangli metallardan volfram, molibden, vannadiy, vismut, surmaning katta zahiralari mavjud.
Markaziy Qozog’istonda sanoat tarmoqlaridan, mis qazib chiqarish, toshko’mir, qo’rg’oshin-rux, nodir metallar, kimyo-metallurgiya, qora metallurgiya yaxshi rivojlangan.
Rayon respublikadagi og’ir sanoat rivojlangan hudud. Qarag’anda ko’mir havzasi Qozog’istonning muhim yoqilg’i bazasi hisoblanadi. Qarag’anda ko’miri yopiq usulda qazib olinadi. Undagi 60 shaxta, 2ta yirik ko’mir havzasidan ko’mir ochiq usulda qazib olinadi. Rayon energetikasi mahalliy ko’mirga asoslangan. Ko’mirdan foydalanuvchi yirik elektr stantsiyalar – Abay, Qarag’anda, Temirtau shaharlarida joylashgan. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi munosabati bilan Ekibastuz – Qarag’anda elektr tarmog’i tortilgan.
Markaziy Qozog’iston – qora metallurgiyaning respublika ahamiyatiga ega bo’lgan xom ashyo bazasi. Rayonda qora metallurgiyaning rivojlanishi Qarag’andaning kokslanuvchi ko’miri va Atasu, To’rg’ay, Sokolov-Saribay, Ayat, Lisakov, Kachar temir konlarining o’zlashtirilishi bilan amalga oshdi. Yuqoridagi ko’mir va temir konlaridan foydalanib, Temirtau shahrida to’liq tsiklda ishlovchi qora metallurgiya kombinati ishlamoqda.
Rayondagi og’ir sanoatning ichida yaxshi rivojlangan yana bir tarmoq – rangli metallurgiya. Rayonda mis, qurg’oshin, rux, volfram, molibden va nodir metallarni qazib chiqarish tarmoqlarining ahamiyati katta. Mis sanoati Jezqazg’an va Balxashda atrofida qazib olinadigan mis konlari asosida rivojlandi.
Rayondagi qo’rg’oshin–rux ishlab chiqaruvchi korxona “Saro’arqapolimetall” ishlab chiqarish birlashmasiga tegishli.
Volfram va molibden qazib chiqarish sanoati ham rivojlanib kelmoqda. Tog’ – kon sanoati korxonalari Aqjol, Jambul, Aqshatau va Yuqori Qayraqto’da joylashgan.
Mashinasozlik sanoatida Qarag’anda og’ir mashinasozlik zavodi muhim o’rin egallaydi. Unda ko’mir qazib olishda ishlatiladigan kon – shaxta asbob – uskunalari, burg’ulash mashinalari, shuningdek o’zi yuradigan kombaynlar va kranlar ishlab chiqariladi. Bu zavoddan chiqqan mahsulotlar respublika ko’mir havzalarini kerakli mashinalar bilan ta’minlab turadi.
Kimyo sanoati – sintetik kauchuk (Temirtau), rezina - texnika buyumlari (Saran), sirka kislotasi (Balxash) ishlab chiqaradi. Mis zavodlarida kimyo sanoatining xom ashyosi hisoblanadigan gazlar yig’iladi.
Engil sanoatda Qarag’anda poyabzal fabrikasi, trikotaj, tikuvchilik, jihozlash buyumlari, paypoqlar ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Oziq–ovqat sanoatiga qarashli Qarag’anda go’sht, un, konditer kombinatlari,
vino, likyor-aroq, konyak, pivo zavodlari, Balxash baliq-konserva zavodlari bor.
Markaziy Qozog’iston iqlimining quruqligi, suvining kamligi, tuprog’ining unumdor emasligi qishloq xo’jaligini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida sug’orma dehqonchilik bilan birga go’sht–sut yo’nalishidagi chorvachilik rivojlangan. Mahalliy joyning tabiatiga moslashgan go’shtli – moyli edilboy qo’ylari boqiladi. Rayonning shimolidagi yaylovlarda go’sht – sut yo’nalishidagi qoramollar va yilqilar boqiladi.
Dehqonchilikning asosiy maqsadi - bohorgi bug’doy etishtirish, chorva mollarini em-hashak bilan ta’minlash. Rayonda makkajuxori, texnik ekinlardan kungaboqar, kartoshka etishtiriladi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish