Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Download 2,27 Mb.
bet26/93
Sana10.04.2023
Hajmi2,27 Mb.
#926740
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Qo’shimcha: Qishloq xo’jaligi Markaziy Osiyo davlatlari xalq xo’jaligining eng muhim ishlab chiqarish tarmog’i bo’lib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga , engil va oziq- ovqat sanoat tarmoqlarini xom-ashyoga bo’lgan ehtiyojini tao’minlaydi. Qishloq xo’jaligi xalqning moddiy farovonligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo’lib, o’simlik va hayvonot mahsulotlarini dastlabki yoki too’liq qayta ishlashning turli jarayonlarini ham o’z ichiga oladi.
Markaziy Osiyo regioni uzoq yillar davomida asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom-ashyosini etishtirishga ixtisolashgan edi. Xududdagi davlatar hozirgi kunga kelib, xom- ashyo etishtirishni sifat va miqdor jihatdan yaxshilash va kmoo’paytirishga, tayyorlagan xom-ashyoni boshqa davlatlarga kamroq chiqarishga va ularni o’z hududlarida sanoat usulida qayta ishlab, tayyor mahsulotlar ishlab chiqib, o’z iste’molidan tashqari eksport jarayonini rivojlantirishga e’tiborini qaratishmoqda.
Mintaqada qishloq xo’jaligi shu hududda yashayotgan xalqning tarixiy yillar davomida too’plagan xo’jalik yuritish madaniyatidan, shuningdek, tabiiy sharoit va resurslardan samarali va unumli foydalanish asosida shakllangan va taraqqiy etmoqda.
Haqiqatdan ham Markaziy Osiyo tabiiy sharoiti xilma-xil va tabiiy hamda mehnat resurslariga boy oo’lka. Shular negizida regionda qishloq xo’jaligining etakchi tarmoqlari o’simlikshunoslikda: paxtachilik va paxta majmuasi: donchilik, ayniqsa bug’doy, sholi, makkajuxori, arpa: mevachilik va uzumchilik, poliz va sabzavotchilik; chorvachilikda: qaramolchilik, qoo’ychilik, yilqichilik, tuyachilik, parandachilik, asalarichilik va boshqa tarmoqlar shakllangan va rivojlantirilgan.
Markaziy Osiyo hududining turli-tuman tabiiy sharoitlari, resurslar bilan tao’minlanganlik darajasi shuningdek aholining asrlar davomida too’plagan qishloq xo’jaligi yuritish madaniyati hamda davlatning ehtiyojlari asosida unda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda mintaqaviy farqlanishlar boo’lishligiga olib kelgan va bu hol ko’zga yaqqol tashlanadi. Jumladan Qozog’istonning shimoliy hududi donchilik, sut-go’sht chorvachiligi hamda mayin junli qoo’ychilik juda katta maydonni egallagan. Chala cho’l va cho’llar chorvachilik (go’sht, jun, qoo’ychiligi va qorakoo’lchilik) sugo’orma dehqonchilikga; tog’ oldi va tog’ yaylovlari koo’pchilik, yirik shoxli qaramolchilik, yilqichilikka; janubdagi voha qismlari paxtachilik, mevachilik hamda sut-go’sht qaramolchiligiga ixtisoslashtirilgan boo’lsa, Sobiq Oo’rta Osiyo regionlaridagi vodiy va vohalar paxtachilik, bug’doychilik, uzumchilik, polizchilik va pilla etishtirishga; cho’l yaylovlari qorakoo’lchilik, go’sht-jun chorvachiligi va tuyachilikka; tog’ oldi va tog’ yaylovlari esa go’sht –jun koo’pchiligi, go’sht-sut qaramolchiligi hamda yilqichilikka; baland tog’ hududlari yaylov chorvachiligiga ixtisoslashtirilgan.
Markaziy Osiyoda dehqonchilik tarmoqlari qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib beradi. Respublikalarda deehqonchilikning tarkibi ham bir – birlaridan farqlanadi. Jumladan ,Qozog’iston, Qirg’izistonda donchilik muhim o’rinni egallaydi. O’zbekiston, Turkmaniston va Tojikistonda sugo’orma dehqonchilik uning muhim tabiiy qismi paxtachilikning ahamiyati juda katta. Shuningdek, chorvachlikda, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmanistonda koo’pchilik etakchilik qiladi. O’zbekiston, Tojikiston respublikalarida koo’pchilik bilan birga qaramolchilik, tuyachilik, pillachilik, asalarichilik, yilqichilik ham muhim tarmoq hisoblanadi. Qozog’iston respublikasida hozirgi vaqtda 25 mln, boshdan zoiyot qoo’y va echkilichik bor. Qoramolchilik chorvachilikning ikkinchi tarmog’i hisoblanib uning soni8 mln. boshdan ortiqdir. Respublikada dehqonchilik qiladigan maydon 34 mln.ga bo’lib, uning 2G’3 qismida bahorgi bug’doy, ara, tariq, makkajoo’xori, sholi, qolgan qismiga paxta, qandlavlagi, kartoshka va yem-xashak ekinlari ekiladi.
Qigo’izistonda dehqonchilikning etakchi tarmog’i donchilik bo’lib, barcha ekin maydonlarining ½ qismida donli ekinlar yetishtiriladi. Texnik ekinlardan, paxta, tamaki, qandlavlagi ekiladi. Chorvachilikda mayin junli qoo’ychilik ustunlik qiladi.
Turkmanistonda sugo’orma dehqonchilik ustunlik qiladi va sugo’orib ekiladigan yerlar maydoni 1.3mln,ga.dir. Donchilik va paxta etishtirishga ixtisoslashtirilgan. Chorvachilikda qorakoo’lchilik etakchi tarmoq hisoblanadi.
Tojikistonda paxtachilik, donchilik, bogo’dorchilik tarmoqlari muhim tarmoqlar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida dehqonchilikda paxtachilik etakchi tarmoq hisoblanadi. O’zbekiston jahonda yalpi paxta hosili etishtirish boo’yicha 4- o’rinda, paxta tolasi eksport boo’yicha 2- o’rinda (AQSh dan so’ng) turadi. Dehqonchilikda shuningdek, go’allachilik, sholikorlik, kanopchilik, lavlagikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavodchilik, chorvachilikda qaramolchilik, qoo’ychilik, asosan qorakoo’lchilik, echkichilik, parandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik tarmoqlari ham asosiy sohalarga kiradi.
Sobiq Ittifoq davrida qishloq xo’jalligi ishlab chiqarishni “markaz” boshqarar, natijada yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga chek qoo’yilgan edi. Jumladan O’zbekistonda 1987-yilga kelib jami sugo’oriladigan yerning (2.1mln.ga) 60% dan koo’progo’iga chigit ekilgan , paxta yakka hokimligi hukumronlik qildi. Bunday holatlar Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga ham jalb qilingan edi.
Mustaqillik qishloq xo’jaligini yuritishning “markaz”lashgan shakliga chek qoo’ydi. Regiondagi barcha respublikalar qishloq xo’jaligida chuqur islohatlarni amalga ohirish davri boshlandi. Qishloq xo’jaligiga bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga oo’tish, mulkni davlat ehtiyojidan chiqarish va xususiylashtirish, fermer, shirkat va boshqa xo’jalkiklar faoliyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish chora tadbirlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor bermoqdalar.
Masalan: O’zbekistonda paxta maydonlari qidqartirildi, tarkibiy tuzulishiga o’zgartirishlar kiritildi, go’alla maydonlarining ulushi 40 %ga yetkazildi va 3.0mln tonnadan ortiq go’alla tayyorlashga erishildi. Respubliklarda qishloq xo’jaligi sohasida xo’jalik yuritishning shirkatlar, ijarachilar uyushmasi, xususiylashtirilgan shakllari yatraildi, qishloqda fermerlar va dehqon xo’jaliklari paydo boo’ldi.
O’zbekistonda bugungi kunga kelib islohatlar markazi qishloq xo’jaligiga koo’chirildi. Buning sababini biz Islom Karimovning “O’zbekiston 21 asr bo’sag’asida: havfsizlikka taqdid, barqaroerlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asrida (1997)gi fikr- mulohazalardan ham bilsak bo’ladi:- “Hozirgi vaqtda aynan iqtisodning agrar sektorida katta-katta zaxiralar mavjud. Ularni ishga solish yaqin vaqt ichidayoqsezilarli natijalar erishi mumkin. Bugungi iqtisodiy o’zgarishning yakuni, o’zgarishlar jarayonlari agrar sektorni qanchalik chuqur borishiga bog’liq boo’ladi”.
Markaziy Osiyo Respublikalarida qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun dunyodagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga katta e’tibor qaratilmoqda va qishloq xo’jaligi tarmoqlari ishlab ciqarishni taraqqiy ettirish uchun sanoatni takomillashtirish va rivojlantirishga harakat qilmoqda. Chunki, qishloq xo’jaligiga eng avvalo sanoatning taraqqiyoti, fan va texnikaning taraqqiyoti bilan bog’liq. Shuningdek qishloq xo’jaligi tarmoqlarini jadal taraqqiy ettirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar ajratishga, uning moddiy- texnika va ilmiy, bazasini yuqori darajada yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ko’rishmoqda.
Tayanch tushunchalar: Qishloq xo’jaligi tarmoqlari nisbati – qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirishda dehkonchilik va chorvachilik tarmoqlari hissasi. Sug’orma dehqonchilik – sun’iy sug’orish asosida faoliyat ko’rsatadigan dehqonchilik.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish