Navoiy o`z ijodida mustazodga ko`p murojaat qilgan. Masalan:
Din ofati bir mug’bachai mohliqodur,
Mayxora-yu bebok,
Kim ishqidin oning vatanim dayri fanodur,
Sarmastu yoqam chok-
shaklida boshlanib boradi. Mashrab ham Navoiyning ijodidan ta`sirlanar ekan, ulug’ shoir mustazodlarining mavzular olami, shakli, vaznidan chuqur ta`sirlanganini quyida ko`rib o`tamiz.
Mustazodning janr xususiyatlari haqida. O`zbek mumtoz she`riyatida ko`p tarqalgan lirik janrlardan biri mustazoddir. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida mustazodga bunday ta`rif beradi: «Va yana bu xalq orasida bir surud bor ekandurkim, hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog’lab bitib, aning misraidin so`ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag’amotiga keltururlar ermish va ani «mustazod» derlar ermish, andog’kim (mustazod):
Do'stlaringiz bilan baham: |