Meni devona Mashrabga muhabbatdin bayon aylang,
Namozu ro`zadin forig’ bo`lub makkora Mashrabman1.
yoki:
Xonoqoyu Ka`badin, Mashrab, muroda etmadim,
May ichibon sokini butxona bo`ldum oqibat
kabi o`sha davrda isyonkor ruhda jaranglovchi bayt — misralarni bitadi. Mashrab lirikasida hayotiylik real inson madhi ustun tursa-da, ba`zan shoir tasvirida yor, unga muhabbat so`fiylarning yaratuvchiga bo`lgan muhabbati, fidoiyligi ruhini oladi, «ma`shuqa esa ilohiylashadi: “Ey mening nozik niholim, oromi jonim qaydasan?”.
Mashrab mumtoz adabiyotimiz yirik namoyandalarining an`analari zaminida, ular meroslarini tinmay o`rganish, mutolaa qilish asosida ijodkor bo`lib shakllandi, voyaga etdi. Shoir asarlarida, birinchi navbatda, uning ishqiy lirikasida ana shu an`analarning ta`sirini kuzatish mumkin. Masalan, Mashrab Lutfiyning mashhur:
Do'stlaringiz bilan baham: |