Ohkim ul oshno begona bo`ldi oqibat,
Hajridin bexudlug’im afsona bo`ldi oqibat...1
Yoshurun dardimni zohir qildi afg’on oqibat,
Asrag’on rozimni yoydi sayli mujgon oqibat.
Mashrab yozadi:
Naylayin, dildordin begona bo`ldum oqibat,
Yuz g’amu hasrat bilan hamxona bo`ldum oqibat...(121-bet)
Qildi bu charxi falak rasvoi davron oqibat,
Boru yo`g’im bo`ldi oxir erga yakson oqibat (122-bet).
Mashrab Navoiyning «Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg’a ayt», «Ey nasimi subh, ahvolim diloromimga ayt» misralari bilan boshlanuvchi g’azallari yo`lida, ruhi va mazmunida «Ey sabo, borsang duo davlatli sultonimg’a ayt!» — deb boshlangan g’azalni yaratadi. Mana uning yakunlovchi bayti:
Mashrabo umrumni oxir qildi bu charxi falak,
Ul suxansanji, suxanfahmi suxandonimg’a ayt!
Do'stlaringiz bilan baham: |