300
Bu kimyoviy moddalar yuvuvchi (dezmol, A, B, V tipli kukunlar, kalsiy soda),
dezinfeksiyalovchi (xlorli ohak, kalsiy gipoxlorid) va yuvuvchi dezinfeksiyalovchi
(Zbruch, DPM-2) moddalarga bo„linadi.
Yuvuvchi moddalarning ishqorli va kislotali turlari mavjud. Yuvuvchi modda
sifatida sulfonal NP-3, kalsiyli va kaustik soda, metasilikat natriylardan foydalanish
mumkin. Ular 50-71
o
S suvda ertilib 0,15-0,5 % eritma holida ishlatiladi.
Yakka holda ishlatilganda bu moddalarni foydasi nisbatan kamdir. Shuning
uchun yuvuvchi moddalarni aralashmasi A,B,V turlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Ular 40-60
o
S suvda eritilib, 0,5-0,6% eritmasidan foydalaniladi.
Dezmol – 0,5% eritmasi 50-60
o
S suvda eritilib ishlatiladi.
Yuvuvchi dezinfeksiyalovchi DPM-2 moddasi 10
o
S suvda eritilib ishlatiladi.
Dezinfeksiyalovchi moddalar turli idish va apparatlar yuvilgandan so„ng
ishlatiladi. Ular idishlardagi mikroblarni o„ldiradi. Odatda gipoxlorid natriy,
gipoxlorid kalsiy, xlorli ohaklar ishlatiladi.
Ishlab chiqarilayotgan xom-ashyo sut davlat andozasi talablariga to„liq javob
berishi kerak. Bunday sut faqat sog„lom sigirlardan sog„ilgan va xo„jalik barcha
infeksion kasalliklardan holi bo„lishi kerak.
Sut sog„ib olingandan so„ng suzilib, 2 soat ichida sovutilishi lozim. Sutchilik
sanoati korxonalariga topshirilayotgan sutning harorati 10
o
S va xo„jalikni o„zida
qabul qilinganda 6
o
S bo„lishi kerak, zichligi 1,027 g/sm
3
dan past bo„lmasligi shart.
Sutning tarkibida: mikroblarni nobud etuvchi va neytrallovchi (antibiotiklar,
ammiak, soda, N
2
O
2
va boshqalar) moddalar bo„lmasligi kerak. Sutda og„ir metallar
va birikmalar, ammiak, aflatoksinlar (M
1
) va pestisidlar miqdori meditsina vazirligi
yo„riqnomalarida belgilangan ko„rsatkichlardan yuqori bo„lmasligi kerak.
Xom-ashyo sut davlat andozalari talablariga javob berishiga qarab uch navga;
oliy, 1 va 2 navlarga bo„linadi.
Xom-ashyo sutdan bolalar oziq-ovqati va sterillangan sut mahsulotlari hamda
pishloq tayyorlashda oliy va I navli sut ishlatiladi. Ularning tarkibida somatik
hujayralarning miqdori 500 ming/sm
3
ko„p bo„lmasligi kerak. Bunday sut davlatga
qabul qilinganda ustama narxlar bo„yicha qabul qilinadi.
Davlatga topshirilayotgan sut tarkibidagi yog„ va oqsil ko„rsatkichi bazis
ko„rsatkichlarga tenglashtirilib qabul qilinadi.
Shunday qilib, Davlat andozasi yetishtirilayotgan sutga qo„yidagi talablarni
qo„yadi: Sut tarkibida kasallik tarqatuvchi mikroblar va inson hayoti uchun xavfli
moddalar bo„lmasligi; biologik to„la qiymatli va kimyoviy tarkibi maqsadga muvofiq
bo„lishi; ma‟lum texnologik xususiyatlarga ega bo„lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: