Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Urg‘ochi hayvonlar jinsiy faoliyati



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Urg‘ochi hayvonlar jinsiy faoliyati. Urg„ochi hayvonlar urchish imkoniyati 
ular  faqat  kuyukkan  paytda  ro„y  beradi.  Bu  holat  davriy  bo„lib,  qaytarilib  turadi. 
Kuyukish  urg„ochi  hayvonlarda  jinsiy  yaqinlashishga  moyillikda  aks  etadi. 
Kuyukish oldidan tashqi jinsiy a‟zolardan suyuqlik oqib qizaradi. Kuyukish davrida 
tuxumdondan tuxum hujayrasi ajralib chiqadi. 
Urg„ochi  tanalarda  jinsiy  balog„at  yoshiga  yetgandan  keyin,  sigirlar 
tuqqanidan  keyin  21-28  kundan  keyin  kuyukish  ro„y  beradi,  bu  holat  har  19-21 
kunda qaytarilib  turadi. Bu  muddat  jinsiy  davr deb ataladi.  Bu  holat  qoramollarda 
otalanish ro„y bermasa yil davomida qaytarilib turadi . Ushbu  holat  sut va go„sht 
qoramolchiligida buzoq olishni yilning xohlagan mavsumiga xo„jalik imkoniyatiga 


 
162 
qarab rejalashtirish imkonini beradi. 
Jinsiy a‟zolardan suyuqlik oqishi kuyukishdan  10-15 soat oldin boshlanib 30 
soatlar  chamasida  davom  etadi.  Jinsiy  kuyukish  (moillik)  18-24  soat  davom 
etadi.Bu  muddatning  qaysi  davrida    jinsiy  a‟zolarga  tuxum  hujayrasining  ajralib 
chiqishi  noma‟lum.  Shuning    uchun  bir  kuyukish  davomida  urg„ochi  hayvonlar  2  
marta  qochirilsa  otalanish  imkoni  ortadi.  Shu  boisdan  birinchi  qochirish  moyillik 
ro„y  berganda,  ikkinchi  marta  esa  10-12  soatdan  keyin  qaytarilsa  maqsadga 
muvofiq bo„ladi, chunki urg„ochi hayvonlar jinsiy a‟zolarida urug„ hujayrasi 8-24 
soat yashash qobiliyatiga ega. 3 marta qochirish natijasida otalanmagan hayvonlar 
qisir hisoblanib, tekshiriladi, ijobiy o„zgarish bermaganlari podadan chiqariladi. 
Otalanish jarayoniga ko„p jihatdan sigir va urg„ochi tanalarning bu jarayonga 
tayyorlanishga  bog„liq.  Sigir  va  urg„ochi  tanalar  to„laqiymatli    oziqalar  bilan 
ta‟minlanib, to„g„ri  asralib,  ular  zavod  semizligida bo„lishi  ijobiy  natijalar  beradi. 
Ayniqsa  urg„ochi  hayvonlarni  qochirish  jarayonida  yaylovda  boqish,  xech 
bo„lmaganda ularga faol yayratish ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Urg„ochi    tanalar  16-18  oyligida,  sigirlar  tuqqanidan  keyin  sigirning  oriq-
semizligi, mahsuldorliiigi, jinsiy a‟zolar sog„ligiga qarab turlicha bo„lishi mumkin. 
Sermahsul sigirlar ataylab kechroq qochiriladi, kam maxsul sigirlar esa 1yoki 
2  kuyukishdayoq  qochirilishi  mumkin.  Bu  borada  sigirlar  tug„imlari  orasi  12 
oyida,bo„lishi e‟tiborga olinadi. Sigirlar holati me‟yorda bo„lsa ular laktasiyaning 2 
oyida,  juda  sermahsul  sigirlar  esa  70-90  kundan  keyin  qochirilishi  ko„proq  sut 
sog„ib olish imkoniyatini yaratadi. 
Bo„g„ozlik  270-300  kun  davom  etib,  o„rtacha  285  kunni  tashkil  qiladi.  Bu 
jarayon  qoramolning  zotiga,  tug„iladigan  buzoqni  jinsiga,  iqlim,  oziqlantirish, 
saqlash  sharoitlari  va  boshqa  omillarga  bog„liq.  Urg„ochi  hayvonlarning  qisir 
qolishini  oldini  olish  muhim  tadbir  bo„lib  hisoblanadi.  Buning  qochirish,  buzoq 
olish muddatlari o„z vaqtida hisob-kitob qilinib maxsus daftarlarga yozib borilishi 
kerak.  Albatta  urg„ochi  tanalar  va  sigirlar  qochirilgan  2-3  oy  o„tgandan  keyin 
rektal,  yoki  vaginal  usul  bilan  bo„g„ozligi  tasdiqlanishi  kerak.  Undan  ertaroq  esa 
urg„ochi  hayvonlar  qoni  va  suti  tarkibidagi  jinsiy  gormonlar  nisbatiga  qarab 
aniqlash  mumkin. Bu usul bilan 97-100% natijaga erishish mumkin. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish