Buqalar jinsiy faoliyati.Buqalardan oqilona foydalanish ulardan uzoq muddat
davomida, ko„proq nasl olish imkoniyatlarini yaratib beradi. Ayniqsa yuqori
mahsuldor, nasldor, yaxshilovchi buqalardan 15-20 yil foydalanish ulardan
olinadigan avlodlar miqdorini ko„paytiradi.
Buqalarda jinsiy faoliyat balog„at yoshiga erishgandan boshlab to„xtovsiz
davom etadi. Ularning jinsiy faoliyatini saqlab turish uchun to„g„ri oziqlantirish va
saqlashni tashkil qilish kerak.
Buqalarning jinsiy faolligi, urug„ining sifati, urug„ni otalantirish qobiliyatini
doim nazorat qilib borish kerak vaqtlarda choralar ko„rishni taqozo qiladi.
Buqalarga berkitilgan sigirlar sonini uning holatiga qarab rejalashtirilib boriladi.
Sut va sut-go„sht qoramolchiligida sun‟iy urug„lantirish muhim o„rin tutadi. Bu
163
usul urg„ochi hayvonlarni qochirishda o„zining ijobiy tomonlari qachonlardir
tasdiqlangan. Bu usuldan keng foydalanilganda asl buqalar avlodlarini tezroq
ko„paytirish bilan, foydalanilgan buqalar sonini keskin kamaytirib katta iqtisodiy
samara va turli qoramollarning yuqumli kasalliklarini tarqalishini oldini olish
mumkin.
Go„sht qoramolchiligida ko„proq tabiiy qochirish amalga oshirilib, sigirlar va
urg„ochi tanalar erkin yoki qo„ldan qochiriladi. Tabiiy qochirish ko„p hollarda
salbiy tomonlari bilan ajralib turadi, unda buqalar talab qilinadi bu esa iqtisodiy
jihatdan o„zini oqlamaydi, ko„p buqalar talab qilinishi natijasida sifati past
buqalardan ham foydalanishga to„g„ri keladi, bu esa avlodning sifatiga salbiy ta‟sir
ko„rsatadi, ayniqsa bu usul keng foydalanilganda hayvonlar o„rtasida jinsiy va
yuqumli kasalliklarni tarqalish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari bu usulda
ba‟zi hollarda urg„ochi hayvonlar jismoniy jarohat oladi, podada bir qancha buqa
ishlaganligi naslchilik ishlari hisob-kitobini to„g„ri yuritish imkonini bermaydi va
qochirish-tug„ish jarayonini to„liq rejalashtirishdan mahrum qiladi. Yana bu usul
hayvonlarning kelib chiqishi, tana tuzilishi, konstitutsiyasi va mahsuldorligiga
qarab yakka juftlashni puchga chiqaradi, bu esa podani tezroq takomillashtirishni
orqaga suradi.
Qo„ldan qochirish erkak va urg„ochi hayvonlarni alohida saqlashni taqozo
etadi. Har kuni ertalab va kechqurun urg„ochi hayvonlar podasi tekshirilib kuyga
kelganlari ajratiladi va buqalar turgan xonaga keltirilib maxsus qochirish
moslamalarga (qochirish stanogi ) kirgiziladi va juftlash rejasidagi buqa bilan
qochiriladi. Bu ish har kuni kuyukishda 2 marta qaytariladi, bu davr ichida sigir
buqaxonada ajratilgan maxsus joyda saqlanadi, uning kuyukishi so„ngandan keyin
podaga qo„shiladi. Bu usul bilan zootexnika va naslchilik hisob-kitoblarini to„g„ri
olib borish, bir buqaga berkitilgan sigirlar sonini ko„paytirish va jinsiy yuqumli
kasalliklarni oldini olishni osonlashtiradi.
Su‟niy qochirish eng samarali podani to„ldirish usuli bo„lib, podalarni qisqa
vaqt ichida takomillashtirishning quroli bo„lib xizmat qiladi. Bu usulda asl –
avlodlarning maxsuldoligi bilan tekshirilgan buqalardan keng miqyosda
foydalanish imkoniyatlari yaratadi. Bu usulda bir yilda bitta buqa urug„i bilan
o„rtacha 1500-2000 bosh urg„ochi hayvonni qochirish mumkin, ma‟lumotlarga
qaraganda mashhur buqalar urug„i bilan bir yilda 20000 sigir, urg„ochi tanalar
qochirilgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, buqalar sonini ishlab
chiqarishda keskin kamaytirish mumkin. Bu usulning afzalligi yana shundan
iboratkim, bunda buqalar urug„ini olib, muzlatib xohlagan vaqtda, xohlagan
hududda foydalanish mumkin.
Su‟niy qochirish natijasida turli qoramol kasalliklarini jinsiy yo„l bilan
tarqalish zanjirini o„zib tashlaydi.
Buqalar jinsiy faoliyatini yaxshi saqlab turishi uchun ulardan me‟yorlar
darajasida foydalanish kerak. Ko„pincha buqalardan bir haftada 1-2 marta urug„
olish ulardan uzoq va samarali foydalanishni ta‟minlaydi.
164
Urug„larni muzlatish usuli bilan uzoq muddat saqlash 40-50 yillarda ishlab
chiqarishga joriy qilindi, 70- yillarga kelib esa murtakni (zarodish) muzlatib
saqlash usulini joriy qilishni podolarni tezroq takomillashtirish imkoniyatlarini
yaratib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |