Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


III.6.2.Podani qayta tiklashning biotexnolok usullari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

III.6.2.Podani qayta tiklashning biotexnolok usullari. 
Hayvonlarni 
urchitishni 
takomillashtirish 
va 
boshqarish 
borasida 
chorvachilikda  biotexnologiya  usullaridan  foydalanishni  taqozo  qiladi.  Bu 
usullardan    foydalanish  sun‟iy  qochirish,  jinsiy  jarayonni  garmonlar  yordamida 
tartibga solish, murtaklarni qo„chirib o„tkazish yangi istiqbollarni ochib berdi. 
Jahonda hozirgi davrda bir buqadan bir yilda 2-50 ming, yoki hayoti davomida 
400 ming dozagacha urug„ olib ularni urug„ banklarida muzlatib saqlash, bu borada 
katta imkoniyatlar yaratadi. 
Urg„ochi hayvonlar jinsiy siklini  boshqarishda  progesteron, prostogladin kabi 
gonodotrop  gormonlardan  foydalaniladi.  Bu  yo„l  bilan  urg„ochi  hayvonlar 
kuyukishini  bir  vaqtda  to„g„irlab  ularni  su‟niy  urug„lantirib  ko„plab  avlod  olish 
imkonini beradi. 
Gormonli  preparatlarning  urg„ochi  hayvonlarga  berilishi  ularning 
serpushtligini  oshirishga  ijobiy  ta‟sir  etganligini  uzoq  davrlardan  qayd  qilingan. 
Su‟niy  jinsiy  jarayonini  chaqirish  natijasida    tuxumdondan  ko„proq  tuxum 
hujayralari ajralib chiqishga sabab bo„ladi. Bu yul bilan tuxumdon bir yilda ajralib 
chiqadigan tuxum hujayralarining sonini 28-30 marta ko„paytirish mumkin, bu  son 
sigir  va  qo„ylarda  25  ta,  cho„chqalarda  80  taga  yetishi  mumkin.  Bu  usul  asosan 
yosh  sermahsul  sigirlardan  ko„proq  otalangan  tuxumlarni  boshqa  kam  mahsuldor 
sigirlarni qo„chirib o„tkazishni taqozo qiladi.  
Buni  amalga  oshirish  uchun  urug„langan  tuxum  hujayrasi  donor  sigir  jinsiy 
a‟zolaridan  yuvib  olinib,  resepiyent  sigirlar  jinsiy  a‟zolariga  shpris-katetr 
yordamida  jo„natiladi.  Buning  uchun  resepiyent  sigir  jinsiy  a‟zolari  va  uning  
fiziologik  holati  embrionning  rivojlanishiga  tayyor  bo„lishi  kerak.  Buning  uchun 
resepiyent  sigir  jinsiy  a‟zolari  gormonlar  yordamida  tayyorlanadi.  Bu  borada 
embrionlarni  kriokonervasiya  (chuqur  muzlatish)  usuli  ularni  xohlagan  vaqtda 
tayyor  sigirlarga  qo„chirib  o„tkazish  imkonini  beradi  va  ko„p  hayvonlarda,  turli 
masofadagi  hududlarda  o„tkazish  mumkin.  Buning    uchun  ilg„or  mamlakatlardan 
shunday    embrionlar  banki  tashkil  qilingan.  O‟zbekistonda  ham  qoramollarni 
seleksiya  markazida  shunday  laboratoriya  faoliyat  ko„rsatmoqda.  Bu  yillar  keng 
miqyosda  joriy  qilish  uchun    xo„jaliklarda  imkoniyatlar  yaratilmagan.  Shuning 
uchun  respublikada  bu  ishni  hayotga  tatbiq  qilish  uchun  maxsus  dastur  asosida 
ishlar majmuasi amalga oshirilishi kerak. 
Hozirgi  muzlatilgan  embrionlarning  yashashi  50%  ni  tashkil  qilmoqda, 
shuning uchun bu usulni keng joriy qilish iqtisodiy jihatdan o„zini oqlagani yo„q. 
O‟rtacha  gormonlar  yordamida  olingan  tuxum      hujayralaridan  faqat  3-4  buzoq 
olish isbotlangan. Donor sigirlardan  3 oyda bir marta otalangan tuxum   hujayralar, 


 
165 
bir yilda 15-18 bosh avlod olish mumkin. Imkoniy jihatdan bir resipiyent  sigirdan 
75-80  buzoq  olish  mumkin.  Oddiy  sharoitda  7-8  bosh  buzoq  olish  mumkin. 
Shuning  uchun  yangi  usul  mashhur  sigirlardan  avlod  olishni  10  barobar 
ko„paytirish  mumkin.  AQSh,  Kanada  kabi  mamlakatlarda  shu  usul  yordamida 
minglab  buzoq  olinib,  minglab  muzlatilgan  embrionlarni  boshqa  davlatlarga 
jo„natgan. 
Uirkraft  Model  Doris  (  11  yoshida  laktasiyasida  bergan  suti  9646  kg  bo„lib, 
yog„liligi  4,43%  bo„lgan)  golshtin    zotli sigirdan  75  bosh  buzoq olingan,  bu  usul 
qo„llanilmaganda undan faqat 8 bosh buzoq olish mumkin edi. 
Ko„pchilik  laboratoriyalarda  minglab  embrionni  qo„chirish  amalga 
oshirilmoqda. Bu borada embrionni muzlatish va murtakni bo„lib qo„chirish usuli 
kelgusida asosiy  yo„nalishlardan biri bo„lib qoladi. 
Mutaxassislar kuzatishi bo„yicha muzlatilgan  embrionlar,   muzlatilgan tuxum 
hujayrasi  kabi  uzoq  saqlanishi  mumkin.  Lekin  muzlatilgan    embrion  eritilib 
resipiyent sigirlarga o„tkazilganda 3 tadan bittasi yashashi isbotlangan. Bu  tabiiy 
imkoniyatni yarimini tashkil qiladi. 
Tajribalar  asosida  gen  injeneriya  yordamida  genetik  tomonidan  o„xshash 
avlodlar  olish  mumkinligi  isbotlagan.  Tajribada  4  hujayrali  embrionni  gen 
injeneriyasi  yordamida  8  hujayraga    bo„lib,  2  hujayradan  4  embrion  qo„chirib 
o„tkazilib  avlod  olinganligi  qoramolchilikda  isbot  qilingan.  Bu  usulni    ishlab 
chiqarishda  osonlikcha  qo„llash  mumkin  emas.  Ishlab  chiqarishda  ko„pincha 
blastosistlarni  bo„lib,1  blastosistdan  2  ta  olib  o„tkazish  yordamida  2  avlod  olish 
mumkin. Bu usul yordamida jahonda o„nlab egizaklar olingan. 
 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish