Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


III.6.1.Qoramollarni urchitish biologiyasining xususiyatlari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

III.6.1.Qoramollarni urchitish biologiyasining xususiyatlari. 
Bu  xususiyatlar  boshqa  qishloq  xo„jalik  hayvonlaridan  farq  qilib  jinsiy  va 
balog„at  yoshi,  urg„ochi  hayvonlar  kuyukishi,  uni  davomiyligi  va  davriyligi  bilan 
ajralib turadi. 
Jinsiy balog‘at yoshi va dastlabki qochirish. 
Jinsiy balog„at yoshi qator 
omillarga  bog„liq.  Ular  hayvonning  zoti,  mahsulot  yo„nalishi,  oziqlantirish  va 
saqlash  sharoitlariga  ko„p  jihatdan  bog„liq.  Yirik  zotlarda,  o„rta  va  kichik  sut  
yo„nalishidagi zotlarga nisbatan biroz kechroq, go„sht yo„nalishidagi qoramollarda 
esa  sut  va  sut-go„sht    yo„nalishidagi  hayvonlarga  naisbatan  2-3  oy  erta,  jadal 
o„stirilgan,  yaxshi  sharoitlarda  saqlangan  urg„ochi  tanalarda  jinsiy  balog„at  oldin 


 
161 
kuzatiladi.  Buzoqlar  va  urg„ochi  tanalar  yetarli  oziqlantirilmaganda  va  noto„g„ri 
saqlanganda  ular  asossiz  o„sishdan  qolib,  jinsiy  balog„at  yoshi  kechikib  ketadi. 
Ko„pgina hollarda hayvonlar jinsiy yetilishiga iqlim, namlik, harorat, quyosh nuri 
ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Janubiy hududlarda shimolga nisbatan bu jarayon erta 
ro„y beradi. 
O‟rtacha  urg„ochi  tanalarda  jinsiy  faoliyat  va  keyinchalik  uyg„onish  7-8 
oyligida,  buqachalarda  esa  6-9  oyligida  kuzatiladi.  Lekin  bu  davrda  ularning 
qochirish  qat‟iyan  man  etiladi.  Chunki  yosh hayvonlar hali    jinsiy  faoliyat  uchun 
tayyor  emas.  Yosh  qochirilgan    hayvonlar    o„sish  va  rivojlanishdan  qolib, 
bo„g„ozlik qiyin kechadi, tug„ish og„ir bo„ladi, buzoqlar jussasi kichik, sigirlar sut 
mahsuldorligi  kam  bo„ladi.  Shuning  uchun  barcha  xo„jaliklarda  favqulotda 
bo„g„ozlikni  oldini  olish  uchun  urg„ochi  va  erkak  buzoqlar  6  oyligidan  ajratilib 
alohida saqlanishi shart. 
Tanalardan  podani  to„ldirishda  foydalanish  ular  jismoniy  balog„at  yoshiga 
yetgandan  keyin  amalga  oshiriladi.  Bu  davrga  kelib  urg„ochi  va  erkak  tanalar 
ularning  sog„ligi  va  jismiga  zarar  keltirmagan  holda  podani  to„ldirishda  to„liq 
foydalanish mumkin. Bu davr buqachalar uchun 14-15 oy bo„lib, bunda ular vazni 
andoza talablariga javob berishi kerak. Urg„ochi tanalar esa 15-18 oyligida, mayda 
zotlar  uchun  290-320  kg,  yirik  zotlar  uchun  340-350  kg  ga  yetganda  qochirilish 
kerak.  Yoki  mezon  qilib  urg„ochi  tanalar  xo„jalikdagi  voyaga  yetgan  sigirlar 
vaznini 65-70% ini tashkil qilish kerak. 
Urg„ochi tanalarni vaqtida(15-18oy) qochirilishi birinchidan ularning samarali 
otalanishini  90-95%  ta‟minlasa,  ikkinchidan  iqtisodiy  jihatdan  foydali  yoki  bu 
davrda  3000-3500  oziqa  birligi  sarflanadi.  Agar  urg„ochi  tanalar  24  oyligida 
qochirilsa otalanish darajasi 70-75% tashkil qilib, ularga bir bosh o„stirishga 4000-
4500  oziqa  birligi  sarflanadi.  Bu  degani  yoshi  katta  bo„lib  borishi  bilan  urg„ochi 
tanalarining    jinsiy  faoliyati  susayib,  otalanish  darajasi  pasayib  boradi  va  o„zini 
iqtisodiy  tomondan  oqlamaydi. Erta  (15-18  oy)  qochirilgan  tanalar 25-28  oyligida 
tug„adi,  bu  sigirlar  hayotining  har  yili  va  hayoti  davomida  beradigan  suti,  ancha 
kech tuqqan(35-36 oy) sigirlarga nisbatan ko„p bo„ladi. 
24 oyligida tuqqan sigirlar 10 yil ichida avlodlari bilan birga hisoblanganda 36 
oyda tuqqan sigirlarga nisbatan 60%  ko„p sut va 50% go„shtni ko„p beradi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish