Poda tarkibi. Poda tarkibi chorvachilikda muhim ko„rsatkich bo„lib
hisoblanadi. Podadagi turli jins va yoshdagi hayvonlarning nisbatiga uning tarkibi
deyiladi. Bu ko„rsatkich xo„jalikda sut va go„sht ishlab chiqarish bilan bog„langan.
Xo„jalikda poda tarkibini tahlil qilib qoramolchilikning ahvoli to„g„risida to„liq
fikr yuritish mumkin. Podani qayta tiklash ham ko„p jihatdan poda tarkibini oqilona
tashkil qilinganiga bog„liq. Qoramollar podasi asosan quyidagi guruhlarga
bo„linadi: buqalar, sigirlar, gunojinlar, 1 yoshdan katta urg„ochi tanalar, 1
yoshgacha urg„ochi tanalar, 1 yoshdan katta novvoslar, 1 yoshgacha novvoschalar,
katta yoshdagi bo„rdoqilar va hokazo.
Yuqoridagi guruhlar to„la ishlab chiqarish jarayoniga ega bo„lgan
xo„jaliklarda bo„lib, ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa ularning„ bir qismi bo„ladi.
Poda tarkibida sigirlar sun‟iy urug„lantirilganda buqalar bo„lmaydi, sanoat tipidagi
169
sutchilik komplekslarida sigirlar va 15 kunlikkacha buzoqlar bo„ladi, bo„rdoqichilik
kompleksdarida esa turli yoshdagi novvoslar bo„ladi holos.
Podaning tarkibi hayvonlarni, ayniqsa sigirlarni xo„jalikda foydalanish
muddati muhim o„rin tutadi, agar sigirlar podadan ko„p puchakga chiqarilsa,
podada qoldirilishi lozim urg„ochi tanalar soni ko„paytiriladi. Naslchilik
xo„jaliklarida sigirlarni puchakga chiqarish 10-15 %, yoki 8-10 yil foydalaniladi.
Tovar xo„jalikdarida puchak qilish 25 % ni tashkil qilib, xo„jalikda 4-5 yil
foydalaniladi.
Podani tezroq takomillashtirish uchun podadan sigirlarni chiqarish ko„proq
bo„ladi, shuning uchun podani to„ldiruvchi urg„ochi tanalar miqdori ko„paytiriladi.
Podada sigirlar nisbati xo„jalikning yo„nalishi, ixtisosiga bog„liq. Sut ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan sutchilik xo„jaliklarida ularning podadagi nisbati 80-90
%, sutchilik xo„jaliklarida 50-60 %, xo„jaliklarda sigirlar podasi o„z urg„ochi
tanalari hisobiga to„ldiriladi va go„sht shlab chiqariladi. Go„shtdor qoramolchilikka
ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa sigirlar nisbati 35-40 % ni tashkil qiladi.
O‟zbekiston sharoitida yosh qoramollar go„shtga 15-18 oyligida topshirilish
tashkil qilingan xo„jalikda podada sigirlar nisbati 40-50 % bo„lishi maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Naslchilik xo„jaliklarida naslli yosh qoramollar qaysi yoshda sotilishiga qarab
podada sigirlar nisbati o„zgaradi. Agarda yosh qoramollar erta sotilsa podada
sigirlar nisbati ortadi, ular kech sotilsa sigirlar nisbati kamayadi. Xo„jalik sigirlar
podasini o„z hisobiga to„ldirsa, I tug„im sigirlarni tekshirib bir qismini podadan
chiqaradi, shuning uchun podadagi g„unajinlar nisbati 20-25%ga yetkazilib, shu
asosida turli yoshdagi urg„ochi tanalar nisbati ham ko„paytiriladi. Naslchilik
xo„jaliklarida poda tarkibi quyidagicha bo„lishi mumkin: buqalar 2-3%; sigirlar 50-
60%; g„unajinlar 15-18%; I yoshdan katta urg„ochi tanalar 18-20%; I yoshgacha
urg„ochi tanalar 20-25% ni tashkil qiladi. Bu hisobga sotish uchun mo„ljallangan
mollar kiritilmagan.
Podani kengaytirilgan takror ishlab chiqarsh sharoitida podada turli yoshdagi
urg„ochi tanalar nisbati ko„paytiriladi.
Go„shtdor qoramolchilikda esa podada go„sht uchun o„stiriladigan mollar
nisbati ko„p bo„lishi, tabiiy sigirlar nisbati kamayadi, yoki 35-40% ni tashkil
qiladi. Bu borada go„sht uchun o„stirilgan qoramollar qaysi yoshda go„shtga
topshirilishiga qarab poda tarkibi o„zgaradi. Agar 15-18 oyligida yosh qoramollar
go„shtga topshirilsa, sigirlar 35-40% ,g„unojinlar 20% ni tashkil qiladi. Agar
go„shtga qoramollar 24-30 oyligida topshirilsa podada sigirlar nisbati kamayadi.
Naslchilik go„shtdor qoramolchilik xo„jaliklarida sigirlarning podadagi
nisbati 40-50% ga yetishi mumkin, chunki yosh nasldor qoramollar boshqa
xo„jaliklarga sotib yuboriladi.
Har bir xo„jalikda yil boshida poda harakati tuziladi, u har bir xo„jalikning
yo„nalishi, mahsulot yetishtirish rejalari, podani tiklash muammolarini o„zida aks
ettiradi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |