“Rasmni juftini top”
Maыsad: «Z» tovushini so’zlarida to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish.
O’yinning borishi: Bolalar stullarda o’tirishadi.Logopedning stoli ustida teskari qilib qo’ymlgan rasimlar bo’ladi.Har bir bolaga xuddi shu rasmdan berib chiqiladi.Logoped bolalardan birini chaqiradi va bu bola stoldagi rasimlardan birini oladi va uni ko’rsatib baland ovoz bilan-“Men zanjirni ”oldim,kimda xuddi shu rasimning jufti bo’lsa,shubola o’rnidan tursin deydi.O’rnidan turgan bola ham o’rtoqlariga rasimni ko’rsatib, “Mendagi rasimda ham zanjir tasvirlangan”,deydi.Bolalar har juft rasimni ustiga qo’yadilar.O’yini shu tariqa to stol ustidagi rasm tomom bo’lguncha davom etadi.Buning uchun “z”tovushi so’zining boshida, o’rtasida oxirida kelgan rasimlardan foydalaniladi.Bularga: zina,uzum,piyoz,dazmol,muzqaymoq,uzuk,oshpaz,sabzi,tarvuz rasimlari kiradi.
“Zebo va mayiz” o’yini.
Maqsad: “Z” tovushini so’zlarda va gaplarda mustaxkamlash.
Jihoz: Rezinali qo’g’irchoq.
O’yinning borishi: Logoped chiroyli kiyintirilgan rezinali qo’g’irchoqni olib kiradi va bolalarga: “Bolalar bu qo’g’irchoqning ismi Zebo”.Uni magazindan sotib olishdi.U rezinali.Zeboning oyoqlari rezinali,qo’llari,yuzlari va burni ham rezinali.Keyin esa logoped bolalardan so’raydi: “Qo’g’irchoqning ismi nima ekan? Uni qayerdan sotib olishibdi?Uning oyoqlari,qo’llari,yuzlari,burni nimadan qilingan ekan?”bolalar javob beradilar.Logoped davom etadi: “Zebo mayizni yaxshi ko’radi.Lola kel Zeboni mayiz bilan mehmon qil”.Lola chiqib,aytadi: “Zebo,mayizdan ol”Bolalar navbatma navbat Zeboni mayiz bilan mehmon qilgan holda yuqoridagi frazalarni aytadilar.
“Kim chaqqon?” o’yini.
Maqsad: “Z”tovushini so’zlarda tug’ri talaffuz qilishga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga bir qancha savollar beradi.Avval bolalarga logoped shunday deydi: Men sizlarga savollar beraman kim birinchi topsa,shu bolaga qizil yulduzcha beraman.Kim ko’p qizil yulduzcha yig’sa,shu bola g’olib bo’ladi.
Qaysi transportning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi daraxtning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi hayvonlarning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi uy jixozlarining nomida “Z”tovushi bor?
Qaysi sabzavotlarning nomida “Z” tovushi bor?
Qaysi mevalarning nomida “Z”tovushi bor?
Qaysi Gullarning nomida «Z» tovushi bor?
Qaysi parrandalarning nomida «Z»tovushi bor?
Qaysi qizlarning va bolalar nomida “Z”tovushi bor?
“Adashma” o’yini.
Maqsad: S-Z tovushlarining bir-biridan farqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: Bolalarga ikkitadan rasm beriladi.Bittasida nasos tasvirlangan,ikkinchisida chivin.Nasos tasvirlangan rasmni bolalar chap qo’llarigaoladilar.Chivin tasvirlangan ramsmni esa o’ng qo’llariga oladilar.Chivin tasvirlangan rasmni esa o’ng qo’llariga oladilar.Tarbiyachi nomida S yoki Z tovushi hamda bir so’zda S va Z tovushi bor bo’lgan rasmlarni bolalarga ko’rsatadi va nomini aytadi.Masalan: sabzi,sumka,yulduz,gazeta,somsa va hakazolar.
Agar rasmning nomini bildiruvchi so’zlarda S tovushi bo’lsa,so’ngra bolalar nomini bildiruvchi so’zda har ikki tovush bor bo’lgan rasmlarni ko’rsatadilar va S-Z tovushlarida qaysi biri so’zning boshida kelayotganligini aytadilar.
Metodik ko’rsatma: S va Z tovushini rasimla orqali taqqoslash kerak.Mashg’ulot paytida nomida S va Z tovushi bo’lgan rasimlardan ham foydalanish mumkin.Agar tarbiyachi bolalarga bunday rasimlarni ko’rsatsa,bolalar qo’llaridagi rasimlarni ko’rsatmasliklari kerak.
Adabiyotlar:
1.K.Shodiyeva “Maktabgacha yoshdagi bolalarni to’g’ri talaffuzga o’rgatish” Toshkent.1995 y.
2.Igrы v logopedicheskoy rabote s detmi “Pod red”V.I.Seliverstova Moskva 1981 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |