Maqsad: Bolalarga "S" tovushini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish



Download 145 Kb.
bet1/9
Sana29.06.2022
Hajmi145 Kb.
#717698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Logopedik o`yin


Nasos” o’yini.
Maqsad: Bolalarga “S” tovushini to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish.
O’yinning borishi: Bolalar stulchalarda o’tirishadi.Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: - Hozir biz velosipedda sayr qilamiz.Velosipedda sayr qilishdan avval uning kamerasiga havo damlanganmi yoki yo’qmi shuni tekshiramiz.Velosiped uzoq vaqtgacha minilmaganligi sababli kamerasi bir oz bo’shab qolibdi.Unga dam berish kerak.Nasos bilan kameraga havo yuboramiz.Nasosdan chiqayotgan haqo S-S-S,deb ovoz chiaradi.Bolalar avval birma-bir,so’ngra birgalikda nasos harakatiga taqlid qilib,kameraga dam uradilar.Kameraga dam berish vaqtida S-S-S tovushini cho’zibroq etadilar.
Metodik ko’rasatma: Bolalar S tovushini to’g’ri talaffuz ishlari uchun lab,til holati va oqimining til o’rtasidan ishga z’tibor berib borish zarur.

“Sharcha teshildi” o’yini.


Maqsad: “S” tovushini nutqqa kiritish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga sharchalar tarqatib chiqadi va aytadi: “Bolalar,yaqinda biz yangi yil bayramini nishonlaymiz.Shuning uchun xonamizni chiroyli qilib bezatishimiz kerak” Kelinglar,hozir sizlar bilan birgalikda sharlarimizni shishiradilr.Logoped ataylab 3-4 nafar bolaga teshik sharchalarniberib qo’yadi.So’ngra logoped bolalar diqqatini teshilgan sharchadan chiqayotgan oqozga qaratadi,va bolalardan so’raydi: “Bolalar qanday qanday ovoz eshityapsizlar” “Bolalar ps-ss-s-s”deb talaffuz etadilar.

“Do’kon” o’yini.


Maqsad: “S” tovushini so’zlarda to’g’ri talaffuz etish.
O’yinning borishi: Bolalarga o’yin qoidalarini tushuntirish.Bolalar tasavvur qilinglar mana bu stol-do’kon:,stol ustidagi rasimlar, o’yinchoqlardo’konda sotiladigan narsalar.
Hozir sizlar bilan shu o’yinni birgalikda o’ynaymiz.Xozir bitta-bitta gapiraman va kelgan bola do’kondan narsa sotib olishi kerak.
O’yinchoqlarni nomini rasimlarni xarid qilgan bola chiroyli baland ovoz bilannomlab berishadi.
-soat-sovun-sandiq
-doska-stol-savat
-gilos-avtobus-sochiq
O’yin davomida asosan “S” tovushi qatnashgan so’zlarni urg’u berib jarangdor ovoz bilan talaffuz qilishga qaratish.

“Sabzilar va giloslar” o’yini.


Maqsad: “S”tovushini bo’g’inlarda,so’zlarda to’g’ri va aniq talaffuz etishga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarni 2 guruhga ajiratadi va guruxlar “sabzilar va “ “Giloslar”nomlari bilan nomlanadi.Bunda “Sabzilar”guruhi ochiq bo’g’inda,ya’ni sa-so-si-su-so’ bo’g’inlarini “Giloslar” guruhi yopiq bo’g’inda,ya’ni as-os-is-us-o’s bo’g’inlarini talaffuz qilishlari tushuntiriladi.Guruxlardan bolalar navbatma-navbat chiqib,bo’g’inlarni talaffuz qiladilar.O’yin bir necha marta takrorlrnadi va o’yinda bolalar rollarni almashadilar.Bunda logoped bolalarni “S tovushini bo’g’inlarda tug’ri va aniq talaffuz qilishlarini kuzatadi.

Z” tovushini to’g’ri talaffuz etishga qaratilgan o’yinlar.


“Gullar va asalarilar” o’yini.


Maqsad: “Z” tovushini tutqga kiritish.
O’yinning borishi: O’yin boshlanishidan oldin kim asal arilar bo’lishi,kim esa gullar bo’lishi aniqlantirilib olinadi (masalan o’g’il bolalar asal arilar,qiz bolalar esa gullar).Keyin hammalari xona bo’ylab yoki maydonchada yuguradilar.Logoped ishorasidan so’ng (chapak chalish yoki biror bir predmetga urishi) qiz bolalar ya’ni gullar tizzalari bilan o’tirradilar.Asalarilar qanotlarini qoqib guldan gulga qo’nib yuradilar.
Buni ular asalarilarga taqlid qilgan holda bajaradilar: V-zz-z-z. Logoped yana chapak chalishi bilan bolalar rollarini almashtiradilar.

“Chivinlarr o’yini”.


Maqsad: “Z”tovushini nutqqa kiritish.
O’yinning borishi: Endi hamma diqqat bilan meni eshitsin.Bugun sizlar bilan yana bir yangi o’yin o’ynaaymiz.O’yinning nomi “chivinlar” o’yini .Bolalar bilan qanday qilib boqqa sayrga borganliklari haqida suhbat o’tkazadi.Bolalar, esinggizdami,biz sizlar bilan boqqa sayrga borgan edik? Kechki payt chivinlar bizilab kelib,bizni xo’p chaqqan edi.Hozir sizlar bilan “chivinlar ”o’yinini o’ynaymiz, deyiladi. Bolalar buning uchun biz ikki guruhga bo’linamiz. Birinsi guruh bolalari chivinlar,ikkinchi guruh bolalari esa sayr qilib yuruvchilar bo’lishadi.Chivin bo’lgan bolalar “z z z” deb sayr qilib yurgan bolalar ketidan yugurishadi.Sayr qilib yurgan bolalar esa chivinlardan qochishga,yashirinishga harakat qilib,uylariga yugurishadi.Xona burchagidagi stulchalar uycha hisoblanadi.So’ngra,rolni almashasizlar.Hammaga tushunarlimi,unda boshladik.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish