Hozirgi zamon besh kurashi – organizmning barcha muskullarini rivojlantiradi va mustahkamlaydi, chidamlilik va kuchni tarbiyalaydi va g’alabaga intilish, doim ustun kelishga o’rgatadi.
Turizm – 16-18 yoshdan shug’ullansh tavsiya qilinadi. Maktab o’quvchilari uchun ochiq havoda ayniqsa, tabiat qo’ynida aktiv dam olish uchun bebaho vosita. CHiniqtiruvchi taosir ko’rsatadi, salomatlikni mustahkamlaydi, chidamlilik va kuchni rivojlantiradi, do’stlik, o’rtoqlikni hissini tarbiyalaydi. Bolalar hayotiy zaruriy harakat malakalarini egallaydilar, joyda mljal olib yurish, adashmaslik, turli xil tabiiy to’siqlardan o’tishni o’rganadilar. Turizm eng avvalo kordioraspirator tizimiga, markaziy nerv va muskul tizimiga kata taosir ko’rsatadi, funktsional holatini yaxshilaydi va bolalarni nostandart holatlarga moslashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |