Sinovii xarakteriga ko’ra maktabning ichki va tashqi musobaqalari – shaxsiy, birinchilik shaxsiy-jamoa birinchiligi, jamoa va klassifikatsiya (razryad) berish musobaqalari bo’lishi mumkin.
Sektsiya mashg’ulotlarining Yangi olib borilayotgan davrida tashkillangan musobaqalar avvaliga soddalashtirilgan qoidalar asosida so’ng sport texnikasi o’zlashtirilib bo’lgan paytdan so’ngi musobaqalar shu sport turi uchun yozilgan asosiy qoidalar asosida o’tkaziladi.
Eng muhimi sport musobaqalari o’quvchilar uchun kuchiga yarasha bo’lishi va keyinchalik sport mahoratini oshirish uchun stimul berishi bilan maktabning ommaviy-sport ishlarining samarasida namoyon bo’lishi lozim.
Har bir musobaqani o’tkazish uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ishlari yo’lga qo’yilishini yozdik.
Dastlab o’tkaziladigan musobaqaning nizomi yoziladi va uni o’tkazish dasturi tuziladi. Har qanday musobaqa nizomi quyidagi bo’limlarni o’zida mujassamlashtiradi:
a)musobaqaning nomi, nimaga bag’ishlanishi;
b)uning maqsadi va vazifasi;
v)vaqti va o’tkazilish joyi;
g)musobaqaga rahbarlik kim tomonidan o’tkazilishi;
d)musobaqa dasturi;
e)musobaqa qatnashchilari;
j)o’tkazilishining sharoiti;
z)g’olibni aniqlash;
i)g’olibni taqdirlash;
k)ishtirok etishini «bildirish».
Musobaqaning mazmuni yokm dasturi musobaqaning turi va qo’yilgan vazifalari bilan belgilanadi. Maktabning musobaqalari mazmuni maktab jismoniy tarbiya darsi dasturi materiali yoki sport sektsiyasining dasturi materialidan chetga chiqmasligi maqsadga muvofiq. Bellashuv yagona sport klassifikatsiyasi yoki salomatlik testi «Alpomish» va «Barchino» mkateriallarining talabalari asosida o’tkaziladi.
Musobaqa qatnashchilarining yoshi bo’yicha guruhlanishini oldingi bobda berdik. Sport turiga qarab bu guruhlar turlicha bo’lishi mumkin.
Musobaqalar bolalar guruhida 1-1,5 soat, o’smirlar va yoshlarning kichik guruhida 1,5-2 soat, yoshlarning kattalari guruhida 2-3 soatgacha o’tkazish mumkinligi belgilab qo’yilgan.
Har bir musobaqa qatnashchisining majburiyat tarzidagi bilimlari: shu sport turi bo’yicha musobaqa nizomini va shu sport turining musobaqa qoidalarini bilishi; intizomli va xushfel bo’lishi; sport bellashuvi davomida yuzaga kelgan baxsli, munozarali masalalarni xal qilish jamoa vakili yoki jamoa sardori orqali hal qilish; chiroyli sport formasiga, emblema va tagi yumshoq chport poyafzalida bo’lish.
Musobaqani yaxshi o’tishi uni o’tkazish joyini tanlash va tayyorlash bilan bog’liq. Inventar anjomlar, shiorlar bayroqlar, ovoz uchun mikrofon, uni kuchaytirigichi va bayonnomalar, hakamlar bilan bog’liq.
Agar, musobaqalar zalda o’tsa snaryadlarni joylashtirish, tomoshabinlarga joy, hakamlar, qatnashchilarning joyi oldindan qo’yilishi lozim. Agar, tashqarida maktab sport maydonida o’tkazilsa, oldindan o’yin maydonlari va yugurish yo’laklarini chiziqlari yangilanishi, musobaqa boshlanishidan bir soat burun maydonga suv sepish zarur bo’ladi. Bayram muhtti, tantanali holat yuzaga keltirilishi musobaqaning o’tishiga va o’quvchilarga ijobiy taosir qiladi.
Hakamlar kollegiyasining tayyorgarligi, tarkibiga ota-onalardan, otalik tashkilot yoki xomiylardan, jamoatchi yo’riqchilar (maktabda yoki qo’shni maktabdan taklif qilinganlar)ni qisqacha xarakteristikasini eolon qilishni tarbiyaviy ahamiyati katta. Musobaqaning bosh hakami albatta maktab jismoniy tarbiya o’qituvchilaridan bo’lishi shart baxsli, munozarali holatlardagi hal qiluvchi ovoz albatta bosh hakamniki sanaladi.
Musobaqalar boshlangungacha musobaqa bayonnomalari, kartochkalar, musobaqani borishi yoritiladigan jadval, yakuniy natijalar yoziladigan tablitsalar oldindan tayyorlanib belgilangan joylarga ilib qo’yiladi.
Musobaqalarni borishini tomoshabin bilishi, faqat kuzatish emas. SHuning uchun mikrofonda o’tirgan axborotchi hakam har br qatnashchi, uning kimligi, ko’rsatilgan avvalgi natijasi, hozirgisi, erishishi mumkin bo’lgan natijalar haqida to’liq axborot berishga tayyor bo’lishi, o’sha axborotlarni sportchi yoki uning vakili, murabbiysidan olishi, bunday axborotlarning zarurligini yoki nizomda, yoki alohida maolumot tarzida musobaqaning axborotlar bo’limiga topshirish so’raladi. Radio, magnitafon, hech bo’lmasa rupor (ovozni kerak tomonga to’plab yo’naltirgich)dan foydalanishga to’g’ri keladi.
Musobaqa tugagandan so’ng, qisqa vaqt ichida natijalar eolon qilinadi, uni ishtirokchilar va tomoshabinlar o’z vaqtida natijalarni bilishining ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |