Variativ takrorlash boshqacha vazifani nazarda tutadi: u harakat malakasiga shunday moslanuvchanlik, muvofiklik berishki, undan turli sharoitlarda foydalanish mumkin bo’lsin. SHu maqsadda harakat faoliyatini takrorlash tizimli ravishda o’zgaruvchan variantlarda va sharoitlarda bajarti-riladi. Variativ takrorlashdan ongli ravishda foydalanish katta samara beradi:
1) agarda variativ takrorlash o’quvchidan optimal daraja-dagi usulni topishni talab qiladigan qilib vazifa qo’yish bilan amalga oshirilsa, bu muammoli o’qitishga asos bo’lib qolaveradi. Maolumki, muammoli o’qitish, harakat vazifasini hal etish, mustaqil fikr yuritish va unga ijodiy yondoshishga yordam beradi;
2) harakat faoliyatini o’zgaruvchan turlicha variant va sharoitda takrorlash, malakani faqat o’zgaruvchan sport kurashi sharoitidagina emas, mehnat, harbiy amaliyoti va turmush sharoitida qo’llay olishga o’rgatadi;
3) mashg’ulotlarda ijroning turli variantlarda bajarilishi o’quvchilarning qiziqishini oshiradi. Maolumki, bolalar bajarilishi qiyin bo’lgan harakat faoliyatini, o’zlash-tirish, mustahkamlash va takomillashtirishda yangicha vazifa qo’yib bajartirilsa mashqni zo’r istak va intilish bilan amalda takrorlaydilar, bu o’z navbatida, ularning iqtidorini, harakat zahirasi va tajribasini orttiradi, boyitadi.
Maksimal pedagogik samaraga erishish uchun takrorlashlar soni optimal bo’lishi kerak. Mashq natijasining ortirish uni takrorlashlar soniga bog’liq, lekin unga to’g’ri proportsional emas. Ko’p sonli qaytarishlar tezdagina mexanik bajarishga aylanib qolib, mashg’ulotlardagi faollik pasayadi.Takrorlashlar soni, taolimning vazifasi, faoliyatning murakkabligi, o’quvchining tayyorgarlik darajasi va o’qitish metodikasini takomillashganliligi faktorlariga ham bog’liq. Maktabda jismoniy tarbiya dasturi materialining hajmi va murakkabligi o’quv rejasi chegarasidan chiqmagan holda, takror-lashlar sonini yetarli tarzda belgilashga imkon beradi. Agar shakllangan malaka yetarli darajada puxta, mustahkam bo’lib qolgan bo’lsa, harakat hissiyoti yangi materialni o’zlashtirishni qiyinlashtirmasa, takrorlashlar sonini faqat shundagina qisqartirish mumkin.
Qaytarishlar soni harakat faoliyatini birinchi marotaba takrorlash uchun keragidan ortiqrok sonda belgilanadi. Bu ortiqcha qaytarishlar harakat malakasining mustahkamligini oshirish harakat zahirasi (zapasi)ni boyitishni nazarda tutib belgilanadi.
Takrorlashlarni vaqtiga qarab, maolum nizomga tayangan holda, o’zlashtarilganlarni esdan chiqarmay, tizimli takror-lashni to’xtatib qo’ymay vaqtidan boshlashni unutmaslik lozim.
Metodik nuqtai nazardan o’qituvchi ikki vazifani hal qiladi:
1) o’zlashtirilgan faoliyatni takrorlashni bir darsda va bir qator darslarda qanday ketma-ketlikda joylashtirish;
2) taolimning to’la etaplarida mashqni qanday kanday chastota (takrorlash tezligi)da takrorlash kerakligi.
Buning uchun o’qitish jarayonidagi barcha faktorlarni aniq ravishda hisobga olish va takrorlashning ikki uslubini cho’zib ilmiy asosda qo’llash. Bu uslublar: uzoq muddat davomida takrorlash va kontsentratsiyalangan – mashq jarayonini siqig’, yig’ishtirilgan yoki harakat tarkibidagi ayrim zvenosiga aloxida eoti-borni chuqurroq tarzda takrorlashdan foydalanish kerak bo’ladi.
Dam olish intervali va uning davom etish uzunligini belgilashda ikkovining umumiy yig’indisi teng bo’lsa, uzoq vaqt dam olib, nagruzka intervali siyrak bo’lganga qaraganda, yuklama intervali qisqa dam olish intervali ko’p bo’lgan mashg’ulotlar organizmning ish qobiliyatini tez yaxshilaydi. SHuning uchun jismoniy tarbiya darslarini maktabda xar doim xam ikki darsni birlashtirib o’tish har doim ham ijobiy samara bermaydi.
O’qitishni tezlashtirish, natijaga erishish, eotiborna aynan bir narsaga (kontsentratsiya qilib) qaratib takrorlash orqali amalga oshirish, ommaviy o’rgatishda katta samara bermagan. Lekin yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlashda yuqorida qayd qilingan tez natijaga erishish usuli taolim metodikasining asosini tashkil qiladi. Harakat malakasini boshlang’ich etapida qaytarishning bu usulidan foydalanib bo’lmaydi. U faoliyat texnikasini to’g’ri tushinish hamda fikr-lashga salbiy taosir etib, hosil bo’lgan malakaning puxtala-shishiga to’siq bo’lishi, puxtalashishining cho’zilishiga olib kelishi mumkin. Malakaning to’g’ri shakllanishi lozim bo’lgan jismoniy sifatlarini muvofiq darajada rivojlanishiga bog’liq, bu albatta, uzoq muddat davomida harakat faoliyatini takomillashtirishni taqozo etadi.
Takrorlashning ikki uslubiga xos tugal natijani aniq-lashda, yaoni takrorlashlarning yaxshi-yomonligiga baho berishda uzoqroq cho’zib takrorlash qiyin o’zlashtirayotgan o’quv materia-lini o’zlashtirishda samaradorroq hisoblansa, osonroq material uchun kontsentratsiyalashtirib takrorlash maqsadga muvofiqdir.
Ikkala uslubda ham takrorlashni taqsimlanishining xarakteri bir xil emasligi bilan ajrab turadi: o’qitishning birinchi bosqichida takrorlashlar chastotasi maksimal darajada, bajargisi kelsa ijozat berish lozim, vaqt o’tishi bilan bu ko’tarinkilik bir oz susayadi. Buni yangi malaka hosil bo’lishi yangi nerv aloqalarini yuzaga kelishi ularni mustahkamlanishi bilan tushuntirish mumkin. Bu aloqalarning puxtaligi yetarli darajaga yetsa, ularning saqlash uchun takrorlashlarga talabni kamayib ketishi bilan kuzatish mumkin.
Ommaviy o’rgatish sharoitida faoliyat texnikasini egal-lashning amaldagi chegarasiga yetishda dam olish intervalining uzunligi o’zining printsipial ahamiyatini yo’qotadi. Ko’nikmani saqlash uchun, unga kerak bo’lgan qismida o’zgartirishlar kiri-tish maqsadga muvofiq. Bu o’zgarishlar shug’ullanuvchining jismoniy tayyorgarligi maolum darajada oshganligi sababli qilinadi. Agarda bu takrorlashlar harakat malakasini doimiy takomillashtirishni vazifa qilib qo’ymasa, kerak bo’lgan dara-jadagi harakat sifatlarini qo’llab-quvvatlash uchungina, egal-lagan malakaning so’nishini oldini olish maqsadida takror-lanadi xolos.
SHunga ko’ra, maktab dasturida berilgan yangi faoliyat-larni o’zlashtirish davomida asosiy takrorlashlarni ukuv choragidagi aralash tipiga kiruvchi darslarda bajarish maqsadga muvo-fiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |