O’z-o’zini tahlil qila olishni rivojlantirishning usullaridan biri – mashqni bajarishda bir-birining xatosini topish, tuzatish, o’rtoqlik uchrashuvlarida, musobaqalarda hakamlik qilish, o’yin natijasini jamoa bilan birgalikda muhokama qilish, baholash va h.klardir.
Bajarilgan harakat faoliyatini baholash kriteriyasi turlicha va u o’quv jarayonining vazifalariga bog’liq. U Krite-riyalar:
1. Qoida sifatida o’qitishning boshlang’ich etaplarida, ijro texnikasining standart usuli bo’yicha, o’quvchining imkoniyatini namunaga o’xshatish chegarasida baxolash. Tajriba va bilimning to’planishiga qarab belgilangan namunaga taqlid qilishdan og’ish xatolar bilan emas, (ayniqsa, natija yuqori ko’tari-layotgan bo’lsa), indviduallikning namoyon bo’lishi bilan yuzaga chiqadi.
2. Boshqa o’quvchi texnikasiga solishtirish yo’li bilan konkurs tarzda baholash. Bu mashqlarni sistemali mashg’ulot-larga qiziqishni oshirishga olib kelsada, lekin ijroning sifati namuna qilgudek darajada bo’lmasligi mumkin.
3. Harakat faoliyati natijasini aniqlash orqali baholash. U qoida bo’yicha katta didaktik ahamiyatga ega. Bu o’quvchini o’z ijro texnikasini erishilgan natija bilan taqqoslashga, uni hal qilishning individual usullarini axtarishga o’rgatadi. Lekin shunday baholash yaxshi tayyorgarligi bo’lgan o’quvchilar uchun qo’l keladi. Ular o’z faoliyatlarini tanqidiy baholay oladilar, jismoniy mashq bajarish paytida ijro texnikasi ahamiyatini yaxshi tushunadigan bo’ladilar.
Baho kriteriyasi o’qituvchining turli xildagi ogohlantirishlari, maoqullashlari yoki uning aksi kabi ifodalar, shuningdek, tuzatish tarzidagi ko’rsatmalari orqali ham namoyon bo’ladi. Biroq faqat bir xil ogohlantirishlar bilan chegara-lanmay, o’quvchi faoliyati tarkibidagi maqtovga, rag’batlan-tirishga sazovor harakatlarni ham eotibordan chetda qoldirmas-likni tarbiya jarayondagi o’rni beqiyos.
Guruhlarga ajratib o’qitishda ularning faoliyatini baho-lash ancha qiyinchilik tug’diradi. Tajribalardan kuzatilishicha, guruhdagilar o’zlarining indvidual xatolarni anglayotgandek, ularni tuzatishga urinayotgandek qilib ko’rsatadilar, boshqa tomondan esa ko’p sonli indvidual xatolarni topish, ularni tuzatish mashg’ulotlarda «zich»likni pasaytirib, o’quvchida befarqlikni shakllantirishi amaliyotdan maolum. Bunday qarama-qarshilikning taolim jara-yonida xato va kamchilaklarni guruhlab o’tkaziladigan mashg’ulotlarda qisqa, aniq va maonoli qilib aytish orqaligina baxolash katta samara berishligi isbotlangan.
O’qituvchining bahosi o’quvchilar tarbiyasida o’z kuchiga ishonch vositasi bo’lishi, shu sababli materialning o’zlashti-rishdagi ijobiy va salbiy tomongagina baho berish bilan cheklanmay, ishga munosabati ham hisobga olinishi lozim. Uning shaxsi, xulqi, davomati baholash mezoni mazmunidan chetda bo’lishini taokidlash lozim (B.A. Ashmarin, 1979).
Do'stlaringiz bilan baham: |