Маoлумотнома


Xatolarni tuzatish qoidasi



Download 2,17 Mb.
bet114/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

Xatolarni tuzatish qoidasi turli tumandir. Aytarli ko’p tarqalganlari quyidagilardir:

O’quvchini o’z xatosini tushinishi. Takroriy tushin-tirish va mashqni ko’rsatish, faoliyatni gapirib berish xato harakatlarni anglashga yordam bersa, chizmalar orqali tasvirlash, yutuq, xato va kamchiliklarni mashg’ulotlarda o’rtoqlari bilan o’rtoq-lashishga, xato ustida harakat texnikasi xaqida suhbatga chorlaydi, demak, bu taolim jarayonining muvaffaqiyati degan so’zdir. Amaliy faoliyatlarda esa nisbatan foydali usul qarama-qarshilikni yengish harakatlardir, yaoni harakatni musskullarni taranglashtirish bo’shashtirish, amplitudasi va yo’nali-shiga qarab kontrast ravishda bir-biriga solishtirib mashq qilish samaraliroqdir. Muskul hissiyotini bunday solishtirish, o’z xatosini tushunishga va uni tuzatishni to’g’ri hal qilish yo’lini topishga yordam beradi. SHu maqsadda o’zlashtirilayotgan harakat faoliyatini boshqa tomonga, boshqa oyoq bilan, qo’l bilan yoki o’zgartirilgan sharoitda bajarish ham foyda beradi. Bunda hosil bo’lgan muskul hissiyoti uni odatdagi sharoitda bajarish-dagiga solishtirish imkonini beradi va xatolarni tuzatish-ning effektliroq yo’lini aytish, ko’rsatish imkonini beradi.

Xatolarning barchasi birvarakayiga emas, navbati bilan, ahamiyati darajasiga qarab tuzatishga urinish samarasiz bo’lib chiqishi mumkin.

Odatda, xatolarni tuzatish uning ahamiyatlilarini tuza-tishdan boshlanadi, chunki boshqa mayda xatolar shular orqali sodir bo’layotgan bo’lishi mumkin. Masalan: final kuch sarflashlaridagi xatolar qoida sifatida oxirgi, harakat tarkibi-dagi zvenolarning kelishuvidan ham sodir bo’lishi kuzatiladi. Bundan tashqari, aniqlangan xatolar o’zlashtirilayotgan harakat-dan oldin bajarilgan harakat oqibatidan ham sodir bo’lishini nazarda tutmoq lozim.



Ahamiyatli xato deganda, biz harakat texnikasi asosida sodir bo’lgan xatoni tushunamiz. Ahamiyatli yoki asosiy hisob-langan xatoni tuzatishni nazarda tutib bajarilgan mashqlar natijasida ikkinchi darajali deb sanalgan xatolar o’z-o’zidan yo’qolishi taolim jarayoni amaliyotida ko’p uchraydigan hodisa-dir. Faqat ikkinchi darajali xatolarning avtomatlashib ketishiga yo’l qo’ymasligi zarur xolos.

Harakat strukturasining umumiy sxemasini to’g’ri bajari-layotganining darajasini aniqlab to’la harakat aktidagi paydo bo’lgan xatoning nimaga bog’liqligini, yo’llanma beruvchi yoki tayyorlov mashqining noto’g’ri tanlanganligining okibatidan emasligini hisobga olish maqsadga muvofiq ekanini unutmas-lik kerak. Bir vaqtning o’zida mashq bajarilish tezligi o’quvchi imkoniyatiga mos kelmasligi ijro texnikasining buzilishiga olib keladi.



Statik holatlardagi xatolarni aniqlash va ularni baho-lash juda oson.

O’qituvchining o’quvchi xatosini aniqlash uchun berayotgan ko’rsatmasi o’quvchining shu daqiqadagi imkoniyatiga muvofiq bo’lishi kerak. Masalan, uch usul bilan kanatga tirmashib chiqishda «oyoq kuchidan foydalaning» deb talab qo’yish uchun uning qo’l va oyoqlarning koordinatsiyasi (shu usul uchun) oldindan rivojlantirilgan (mashq qildirilgan) yoki aksincha ekanligining ahamiyati katta.

«Yo’qoldi, tuzatildi» degan xatolarlarning kutilmaganda qaytadan paydo bo’lishi, ularni yo’qotish uchun qo’llanilgan yo’llanma beruvchi mashqlarning vaqti-vaqti bilan takrorlab turishni talab qiladi. SHunga o’xshash xatolarning birdan paydo bo’lib qolishi ko’pincha yangi o’zlashtirilgan faoliyatni qiyin-roq sharoitda bajarayotganda kuzatilishi mumkin.

Harakatdagi xatolarni tuzatishning yo’llaridan biri ularni sodir bo’lishining sababini yo’qotishdir. Bu o’z navbatida, xatoning yo’qolishiga olib keladi. U usul taolim jarayonida yo’llanma beruvchi va tayyorlov mashqlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi;

O’qitilgan (o’rgatilgan) materiallarni qayta takrorlash; - faoliyatning to’g’ri bajarilishi uchun stimul yaratuvchi (masalan, uzunlikka sakrashda noto’g’ri yugurish) qadamini joyini, bajarish sharoitini o’zgartirish.

Harakat faoliyatini o’zgartirish jarayonida xatolarning paydo bo’lishi va ularning tuzatilishi ahamiyatini hisobga olish o’ta muhim, bu muammo harakat faoliyatini takomillashtirish etapida ham sifat jihatidan boshqa darajada muhimligini inkor etib bo’lmaydi.


Harakat faoliyatini takomillashtirish etapi va uning mazmuni. Taolim jarayonining bu etapini asosiy vazifasi – harakat malakasining shakllanishini tugallanishi bilan bog’liq bo’lib, harakatni yuqori mahorat bilan bajara olish orqali:

a) ko’nikmani vujudga keltirish;

b) oliy tartibdagi harakat (maqom) ko’nikmasini shakl-lantirishdir.

Harakat ko’nikmasini vujudga kelganligining xarakterli belgisi bilim va harakat tajribasi bilan namoyon bo’ladi va u bajara olish ko’nikmasiga aylanadi. Boshlanishida ko’nikma faqat asosiy variantda shakllanadi. O’qituvchining vazifasi: harakat ko’nikmasini asosiy variantda shakllantirib, uni mustahkamlab, shuning asosida nisbatan yuqori maqomdagi faoliyatni bajara olishga fundament yaratishdir. Taolimning shu bosqichida faoliyat ijrosining sifat darajasining tako-millashganligi shunday zarurki, ish bilan jismoniy mashqni texnikasi individuallashsin, asosiy faoliyatning turlicha ijro varianti o’zlashtirilgan bo’lsin, egallangan ko’nikma turli variantdagi yangi faoliyatlarning bajarishda qo’llay olinadigan bo’lsin.

Tashkomilashtirish etapida taolimning barcha metodlari-dan kompleksli foydalaniladi, lekin faoliyatni bir butun-ligicha o’zlashtirib, musobaqa va o’yin metodlaridan yetakchi uslub sifatida foydalaniladi. Bir vaqtning o’zidan ko’rish va eshitish orqali mo’ljal olishdan foydalanish hajmining ozayishi hisobiga harakatni his qilish hissiyoti ortadi.

Yuqorida qayd etilganidek, taolimning ikkinchi, uchunchi etaplarida harakat faoliyatini (yoki mashqni) ko’p marotabalab takrorlash jarayoni yotadi. Bu jarayonda takrorlash mashq qilish muammosining alohida ahamiyati eotiborga loyiq bo’lib, mashq tizimli ravishda ko’p marotalab qaytarilishi lozim, bunda takrorlashlarning chegarasi mavjud bo’lib, uni meoyoridan oshmasligi taqazo etiladi.



Takrorlash (mashq qilish) ikkita qarama-qarshi holatda amalga oshiriladi:


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish