Nagruzkalarning oshirishning umumiy tendentsiyasi bilan vazifalarni yangilash zaruriyatining doyimiyligi.
Jismoniy tarbiya jarayoni nagruzkani oshirish mashg’ulotdan-mashg’ulotga, bir etapdan-boshqa etapga uzluksiz o’zgarib boradi. Xarakterli belgilari: mashqlarning murakkabligi, ular taosiri darajasi va davomiyligining o’zgaruvchanligi.
Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining bir shakldan ikkinchi shakliga aylanishi aytarli darajada qiyin bo’lib, birinchi navbatda maolumot berish vazifalarini hal qilishdek zaruriyat mavjud. Tabiyki, mashqni yangilamay turib, hayot uchun ahamiyati zaruriy bo’lgan harakat malakalari va ko’nikmalarini yuzaga keltirish qiyin. Bu keyinchalik takomillash-tirishning shartiga ham aylanishi mumkin, chunki mashq qancha yangilansa, harakat malakasi va bajara bilish zahirasi shuncha kengayadi, shu sababli harakat faoliyatlarini yangi shaklini o’zlashtirish, egallash, oldin egallangan malaka va ko’nikma-larni takomillashtirish osonlashadi. Yana ham ahamiyatlisi, turli xil harakat koordinatsiyalarini o’zlashtirish jarayoni natijasida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni yengish (harakat vazifalari)ni hal qilishda, o’z-o’zidan mashqlarni koordina-tsiyalash qobiliyati rivojlanadi va ularni takomillashtirish-ning bepoyon ufqlari ochiladi.
Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatlarining shakllarini qiyinlashtirish jismoniy nagruzkaning barcha komponentlarini oshib borishi bilan kuzatiladi. Bu o’z nav-batida quyidagi jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, chidam-lilikni rivojlanishiga sabab bo’ladi. Jismoniy mashqlar taosiridan organizmda sodir bo’layotgan ijobiy o’zgarishlar darajasi (maolum darajadagi fiziologik chegarada) nagruzka-larning hajmi va intensivligiga proportsionaldir. Lozim bo’lgan barcha shartlarga rioya qilinsa, nagruzka meoyoridan, yangi toliqish chegarasi boshlanadigan joydan oshirib yuborilmasa – uning meoyori qancha yuqori bo’lsa, organizmdagi adaptatsiya davri shunchalar ahamiyatli va pishiq bo’ladi; nagruzka qanchalik intensiv, tiklanish va “yuqori tiklanish” jarayoni shunchalik baquvvat bo’ladi. Bu muskullarning energiya resurslarini tiklanishi misolida tajribada isbotlangan.
Organizmning javob reaktsiyasi bir xil nagruzkalarga o’zgarmas bo’lib qolavermaydi. CHunki nagruzkaga moslashgan sari undan organizmda sodir bo’ladigan biologik o’zgarishlar eski-radi, tashqi ish birligiga sarflangan energiya ozayadi, o’pka ventilyatsiyasi, yurakning minutli urish chastotasi va qon bosimi kamayadi: qon tarkibidagi bioximik va morfologik o’zgarishlar sezilmas darajaga borib qoladi. Fiziologik nuqtai nazaridan “funktsiyani tejamlashtirish” sodir bo’ladi. Orga-nizm funktsional imkoniyatining o’zgarmas ishlariga moslashi-shining ortishi natijasida shu ishni bajarishda energiya sarflashni iqtisod qilish, qisman zo’riqish bilan bajarishga olib keladi. Nagruzkalarga biologik moslanishning maonosi anashulardan iboratdir. Bu jismoniy tarbiya jarayonining yetakchi qonuniyatlaridan biridir.
Demak, biologik moslanish sodir bo’lmasa, organizmdagi o’zgarish, yaoni harakat sifatlarning rivojlanishi, o’sish to’xtaydi. Bu nagruzkani tizimli o’zgartirib, uning hajmi va intensivligini oshirib borish talabini qo’yadi.
Amaliyot bu qonuniyatning jismoniy tarbiya jarayonida ruhiy sifatlarni ham tarbiyalashga taoluqli ekanligini ko’rsa-tadi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ruhiy sifatlar, shu sifatni talab qiluvchi faoliyatlarni bajarish orqali rivojlantiriladi. Ruhiy sifatlarni namoyon qilish darajasi ruxiy qiyinchiliklarning o’lchoviga bog’liq. SHunga ko’ra, ruhiy holatini tarbiyalash maxsus jismoniy yuklamalar va topshiriqlarni asta-sekinlik bilan oshirib borish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |