Маoлумотнома



Download 2,17 Mb.
bet123/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

Ikkinchidan – nagruzka bilan dam olishni ratsional almashtirish muammosini hal etishda tiklanish jarayoni fazali ekanligini hisobga olishimiz, navbatdagi nagruzka tiklanish-ning qaysi fazasiga to’g’ri kelayotganligini, chunki o’sha nagruzkaning samarasi qaysi fazaga tushganligiga qarab samara turlicha bo’lishini unutmasligimiz kerak. Agar nagruzkalar orasidagi interval cho’zilib ketsa «tiklanish» fazasiga to’g’ri kelmasa, amalda funktsional imkoniyatlar yaxshilanmaydi. Agar, navbatdagi nagruzka qayta tiklanib ulgurmagan fazaga to’g’ri kelsa, pirovard natijasi funktsional imkoniyatlarning pasayishiga hamda oxir-oqibat charchashga olib keladi. Lekin nagruzka “yuqori tiklanish” fazasiga mos kelib qolsa, uning hajmi va intensivligini oshirish uchun imkoniyat yaratiladi va shu tariqa ish qobiliyati doimiy ortib boradi. SHunga eotibor berish kerakki nagruzka bilan dam olishni o’rin almashti-rilishi har bir mashg’ulot davomida olib borilmasligi kerak degan tushuncha paydo bo’lmasligi kerak.

Qator mashqlarni, ayniqsa, chidamlilikni rivojlanti-rishga yo’naltirilganini qisman qayta tiklanib ulgurmagan fonda bajarishga ruxsat etiladi, xatto uni maqsadga muvofiq deyish ham to’g’ri bo’ladi, chunki ish qobiliyatining oshishi charchash orqali amalga oshiriladi. Bu fikrni alohida turkum mashg’ulotlar uchun ham aytish mumkin.

Organizm to’la tiklan-magan sharoitda qator mashg’ulotlar o’tkazib, biz ularning effektini to’plagandek (yiqqandek) bo’lamiz va bu bilan organizmga nisbatan qattiq talablar qo’yamiz, navbatdagi dam olish davridagi kuchli tiklanish uchun yetarli stimul yaratamiz. Dam olishning intervali bu turkumdagi mashg’ulotlar uchun, albatta, ish qobiliyatining umumiy tiklanishi, “yuqori tikla-nishi” uchun yetarli darajada katta bo’lishi lozim.

Qayta tiklana olmaganlik fonida ahamiyatli darajadagi yuklamadan shug’ullanuvchilarning muvofiq ravishdagi dastlabki tayyorgarligidan so’ng foydalaniladi. Turkumli qayta tiklana olmaganlik fonida o’tkazilgan mashg’ulotlarning effekti yi-g’indisiga nisbatan ehtiyotkorlik zarur. Bu tizimdagi nagruz-kalar asosan sport trenirovkalari uchun xarakterlidir.

Yana bitta aniqlik kiritaylik. Amaliyotda nisbatan abstrakt va soddalashtirilgan tiklanish va bir xil tipdagi nagruzka jarayonining grafigiga duch kelamiz. Hayotda, jismoniy tarbiya amalyotida nagruzka xarakteriga ko’ra (kuch, tezlik, chidamlilik va h.k.) intensivligi, hajmiga, karab navbatlashadi. Tiklanish jarayoni turli organ va sistemalarda bir xilda va bir vaqtning o’zida bormasligi eotibori-mizda (geteraxron tarzida) bo’lishi lozim. Bundan tashqari, xatto bir turdagi funktsional tuzim chegarasidagi turli funktsional xususiyatlar tiklanishida ham geteroxronlik kuzatiladi, giteroxronlik bilan bog’liq bioximik jarayonlardagi tiklanish teng amalga oshmaydi. Masalan, muskulni energiya potentsialining tiklanishida avvaliga ATFning miqdori normallashadi, so’ngra kreotinfosfat va nihoyat, glikogen o’z normasiga qaytadi, bu harakat apparati ish qobiliyati tiklanishining bir vaqtning o’zida, ayniqsa, turli xarakter-dagi ishlarni bajargandan so’ng ro’y bermasligini ko’rsatadi.

Mashg’ulotlar ketma-ketligi va ularning mazmunining turli tomonlarini o’zaro bog’liqligi, mashg’ulotlarning optimal ketma-ketligi muammosi, kuchiga yarashalilik muammosi bilan uzviy bog’liq. Haqiqatdan ham jismoniy tarbiya jarayonida bir yo’lni tanlash bilan biz shug’ullanuvchilarning imkoniyatlari va ularning rivojlanish qonuniyatlari bilan hisoblashishga maj-burmiz, yaoni shu etap uchun nimani uddalay olamiz-kuchimizga yarasha, keyingisida nimadan iborat bo’lishi lozimligini belgilab olamiz. SHunday qilib, kuchiga yarashalilik ketma-ketlikni shart qilib oladi. Ketma-ketlilik muammosi kuchiga yarashalilik muammosiga borib taqalmaydi. Ularning qay yo’sinda borishi, jismoniy tarbiyaning qaysi etapida qanday yo’l tutish lozimligini aniqlash, nima uchun kuchiga yarashalilik tanlandi, ularni qaysinisini yo’lidan borish maqsadga oson olib boradi? Mana shu savollarga beriladigan javob orqali optimal ketma-ketlilik muammosi hal qilinadi.

Avval aytib o’tilgandek, taolim va tarbiya jarayoni yo’lini tanlashda rioya qilinadigan qoidalar maolumdan nomaolumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo’lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz komponentlari ekanligini ifodalaydi va shuning uchun unga kiritilishi lozim bo’lgan qo’shimchalar konkretlashtirilishi zarurligi ko’rsatilib o’tilgan.

Agar jismoniy tarbiya jarayoni umumiy materialning asta-sekinligini, biologik yosh rivojlanishi qonuniyatlari va keng umumiy jismoniy maolumot berishdan, nisbatan chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan mashg’ulotlarga o’tishi, keyinchalik umumiy tayyorgarlik bilan birgalikda qo’shib olib borish to’laligicha nazarda tutilsa mantiqan to’g’ri hisoblanadi.

Maolumki, jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish uchun biologik fundament birdaniga vujudga kelmaydi. Hammadan avval harakat koordinatsiyasi va tezkor-likni belgilovchi funktsiyalar hal qilinadi, so’ngra maksimal kuch sifatlari va undan keyinroq chidamlilik namoyon qila olishning chegaralari vujudga keladi (V.S. Fafelp, N.V. Zimkin, I. Nekker va boshqalar).

SHunga muvofiq, jismoniy tarbiyaning dastlabki etapla-rida koordinatsiya talab qiluvchi mashqlar, (tezkorlik qobiliyati uchun), so’ngra kuch talab qiluvchi mashqlarning miqdori va hajmi oshiriladi va oxirida chidamlilikni rivojlantirishga yuqori talab qo’yuvchi mashqlarni bajarish uchun mashqlar tavsiya etiladi. Albatta, bundan jismoniy sifatlar navbatma-navbat tarbiyalanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismo-niy tarbiya jarayoni har doim har tomonlama bo’lishi zarur, gap shug’ullanuvchi yoshining rivojlanishi qonuniyatlarini qo’llab, aktsentini ketma-ket shu jarayonning turli tomonlariga qara-tish xaqida bormoqda.

Umumiy keng jismoniy bilimlar beradigan mashg’ulotlardan ixtisoslashtirilgan bilimlar beradigan mashg’ulotlarga o’tish qonuniyatdir. Dastlab yetarli darajada amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi eng sodda gimnastika harakatlari, mashqlari, so’ng turli xildagi asosiy hayotiy-zaruriy harakatlar yurish, yugurish, sakrashlar, to’siqlardan oshishlar, uloqtirish va boshqalar o’zlashtiriladi. SHu asnoda sport yoki professional faoliyat turi ixtisoslik tanlanadi.

Jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida materi-alni ketma-ketligi ko’pincha, konkret shart-sharoitlarga bog’liq. Nazarda tutilgan harakat faoliyatlarining turlari orasidagi oboektiv bog’liqlikning mavjudligi, bir-biriga uzatiladigan, o’tadigan elementlarning borligi va ularni mos kelishi, faoliyati o’zlashtirishni, mustahkamlashning, takomillashtirishni osonlash-tiradi. Har qanday konkret holatda materialni o’qitish tizimi tartibini shunday tanlash kerakki, ular faoliyatlarning o’zaro optimal aloqasini tiklashga va birini biriga ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotda harakat malakasini va jismoniy sifatlarni “ko’chishi” deb atalishi qonuniyatidan foydalanishning ahamiyati ortadi. Malakani taolim va tarbiya jarayonida ham ijobiy, ham salbiy «kechish»dan foydalaniladi.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning tizimini tuzayotib, harakat malakasi va jismoniy sifatlarning “ijobiy ko’chishi”ni maksimal darajada bo’lishini va imkoniyati boricha, “salbiy ko’chish”ni tormozlovchi taosirini yo’qotish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy effekt beruvchi “ko’chishdan” umuman yuz o’girish kerak degan xulosaga kelmasli-gimiz zarur.

Jismoniy tarbiyaning mazmuni hayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi belgilaydi, hayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undan ham turlicha bo’lgan harakat malakalarini egallagan bo’lishligimiz, shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko’rsatuvchilarga ham ega bo’lmog’imiz lozim. Harakat malakala-rining mustahkamlanishi bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarni ham osonlikcha yenga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi, bu o’z navbatida, umumiy o’sishni, rivojlanishni boshqacha progressning vujudga kela boshlanayotganligidir. Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtincha-lik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bu o’z navbatida u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi boshqacha aytganda, jismoniy sifatning rivoj-lanishi, takomillashishi organizmning funktsional imkoniyat-lari oshishining umumiy foni sodir bo’ladi.

Yuqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy ko’chishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy faktorga aylantirish muammosi haqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat ko’rsatayotgan mashqlarni vaqti-vaqti bilan (ularning hajmini, vaznini va h.k.larini) hamda muvofiq mashqlarni, ularning navbatlashuvini jismo-niy tarbiya jarayonining turli etaplarida, oz bo’lsada, yaqin-lashtirish, o’xshash tomonlarini topish bilan hal qilinadi. Mashqlarni navbati (birin-ketinligi) ularning tuzilishi va qiyinligiga muvofiq belgilanadi. Nisbatan murakkab bo’lma-gan va murakkab mashqlar, qoidadagidek nisbatan ancha qiyin va birmuncha qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo’lagini (qismini) vujudga keltirib qo’yilgan maqsad hal qilinishi amaliyotda isbotlangan.

Optimal ketma-ketlikdagi mashg’ulotlar va mashqlarni har bir mashg’ulotning chegarasida shu mashg’ulot uchun xarakteriga ko’ra turli nagruzkalarni tanlash va uni natijasi (taosiri)ni hisobga olishning ahamiyati katta. Tajribada (S.P. Letunov, N.N. Yakovlev va boshqalar) isbotlashganki, tezkorlik xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab qiluvchi nagruzkalarga qulay fiziologik fonni (soyani) vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki (albatta, nagruzka ahamiyatli darajada bo’lgan bo’lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy taosir ko’rsatishi mumkin. Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi, bu o’z navbatida ijobiy natijaga olib keladi (N.N. Yakovlev, V.M. Dg’yachkov va boshqalar). Kuch talab qiladigan mashqlardan, so’ng, tezkorlik talab qiladigan mashqlar ketma-ketligida bajarilsa ijobiy natija yuzaga kelishi isbotlangan.

Yuqorida taokidlanganidek, nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo’nalishiga qarab: kuch, tezkorlik-chidamli-likka yoki tezkorlik, kuch-chidamlilik deb belgilanishi lozim. Bu alohida mashg’ulotlar ichidagi mashqlar ketma-ketligi uchun ham, haftalik mashg’ulotlarning yo’nalishini yoki uzunligiga ko’ra yaqin bo’lgan tsikllarda mashqlarni, mashg’ulotlarning tartibini o’zgartirish uchun ham to’g’ri keladi. Bunda, chidamli-likni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlardan so’ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakterga ega bo’lgan mashqlarga ular uchun zarur bo’lmagan taosirlar bo’lmasligi kerak.

Ko’rsatilgan tartib ko’p hollarda o’zini oqlagan, lekin u albatta yagona va xar doim maqsadga muvofiq emas. CHunki, mashg’ulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda shug’ullanuvchilar kontingentining xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashg’ulotlarning umumiy yo’nalishiga, qo’llanilayotgan nagruzkalarning kattaligi va ularning dinamikasi xususiyatlari va boshqalarga bog’liq. Bunday shart-sharoitlarni hisobga olib, ularni qo’llash uchun maqsadga muvofiq yo’lni tanlash albatta, oson emas. Hozircha bu muammoni barcha detallari bilan hal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so’zsiz ravishda alohida mashg’ulotning o’zini yoki mashg’ulotlar tizimini to’laligicha programmalash-tirish imkoniga ega bo’lamiz. Albatta, soha bo’yicha katta shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyatini yaratish va qo’llash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.


Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) printsipi. Jismoniy tarbiya jarayonining ushbu printsipi mashg’u-lotlarda shug’ullanuvchilarga qo’yilayotgan talablarning umumiy tendentsiyasini ifodalab, yangi, qiyin vazifalarni tanlash, qo’llash, bajarishni, asta-sekinlik bilan unga bog’liq bo’lgan nagruzkalarning hajmi va intensivligini oshirishni meoyoriga eotiborni o’z ichiga oladi.


Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish