Malaka shakllanishning asta-sekinligi va notekisligi. Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida, qator mayda yangilanishlar orqali vujudga keladi.
Malakaning notekis shakllanishining to’rt turi mavjud:
1. Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Taolimning birlamchi etapida harakat faoliyatini o’zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo’sindagi malakani shakllanishi harakat faoliyati texnikasini egallash uchun xarakterli. O’quvchilar harakat faoliyatlarining asosini oson o’zlashtirdilar, chunki, maktab jismoniy tarbiya dasturigauta sodda va oson harakatlar kiritilgan, uning detallarini o’zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |