Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho’zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bo’linadi.
Aktiv harakatlarda bo’g’inlardagi harakatchanlik shu bo’g’indan o’tadigan muskullarning qisqarishi hisobiga ro’y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlarbulib ularga tananing maolum aozolarini yoki uning biror qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi holatini ushlash (fiksiya), qarshiliklarni yengish, og’irlikdan foydalanish mashqlari kiradi.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan, harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik holatda) bajariladigan mashqlar ham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi. Bu aktiv egiluvchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori ko’rsatkichlarga olib keli-shi mumkin. Muskullarning cho’ziluvchanligi nisbatan kam, agar biror harakatda ularning uzunligini oshrishga urinish qilinsa, uning natijasi juda yukori bo’lmaydi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirganiz natijalari yig’ilib, amplitudaning ortishi juda sezilarli darajada bo’lmaydi. SHuning uchun egiluvchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish orkali rivojlantiriladi va shunday qilish zaruriyatdir.
Seriyadan seriyaga o’tgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib borish bilan mashgulotdan cho’ziluvchanlik uchun tanlangan mashqlarini og’riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og’riq paydo bo’lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlar ravishda har kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa,bunday mashgulotlarning foydasi ko’proq bo’ladi. Agar egiluvchan-likning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, yaoni mashg’ulotlar sonini ozaytirish bilan bunga erishish mumkin borish mumkin. Bunday mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda esa bunday mashqlar darsning asosiy qismi oxirida, chigal yozish vaqtida va asosiy bo’lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda yengil ter paydo bo’lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlik-ning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperatu-rasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamayti-rish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni maolum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o’smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlanti-rish oson bo’lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |