Analitik yondoshish metodi, yaoni yengillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish bu ham yaxshi natijalar berishi amalda isbotlangan.
Sensamotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Geller-shteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliya-tini oshirish uchun signallarga reaktsiya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida reaktsiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signal-larga reaktsiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to’xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o’qituvchi signali, buyrug’i bilan yugurish yo’nalishini o’zgartirishlar) xarakatlar yoki mashqlar bilan tezlik rivojlantiriladi. Sport o’yinlari reaktsiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |