Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Адабиётлар: 
1.Раҳимжон Р. Бир ёруғлик излайман ҳамон...\\ Ҳамдам, Улуғбек “Ёлғизлик” роман. – 
Тошкент: Янги аср авлоди, 2017 . 272 бет }. 
2.O’zbек adibi va adabiyotshunosi Ulug’bek Hamdam ijodiga chizgilar
3.https\\www.bbc.com 
4.ru.m.wikipedia. org 
5.www. Ziyouz.com kutubxonasi, 341-б 
6.ru.m.wikipedia. org 
BOTU SHE’RIYATIDA ISLOHOT VA YANGILANISH G’OYALARI 
BADIIY TALQINI 
Tajiboyeva L.F. 
Qoraqalpoq davlat universiteti assistant-o’qituvchisi 
Annotatsiya:
 Maqolada milliy uyg’onish davri millat madaniyatida munosib o’rin egallagan 
o’zbek shoiri Mahmud Hodiyev (1904-1938) ijodida yangicha g’oyaviy-estetik qarashlar 
tahlillanadi. Unda ijod va e’tiqod, maslak va muddao omuxtalashuvi, she’riyatda islohot va 
ma’rifat sintezi, adabiy talqin o’ziga xosligi va ijodni baholash mezonlari,mavzu problematikasi, 
davr ruhiyati va tahlil malakasi nisbati nazariy sathda umumlashtiriladi. 
Kalit so’zlar:
 Botu, ijod falsafasi, adabiy talqin, tasvir ruhiyati, badiiy mahorat, idrok sezgisi, 
poetik tafakkur, tahlil malakasi, g’oyaviy-estetik asos va baholash mezoni. 
Madaniyatlar kesishgan chorrahada tamaddun belgilari qad rostlaydi. Ayniqsa, ijtimoiy-
iqtisodiy tutum jadal o’rin almashinuvi yosh avlod dunyoqarashi ancha erta voyaga yetishi va 
mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi. Islohotchilik, ma’rifatparvarlik hamda tashviqotchilik 
omuxtalashgan XX asrning avvalida yangi hayot farovonligiga ishonch va umid bo’y ko’rsatgandi. 
Biroq hukmron mafkura bosimi qatag’on siyosatini kun tartibiga qo’ydi. Natija o’laroq millatni 
g’aflat uyqusidan uyg’otmoq istagida bo’lgan asl o’g’lonlar izchil davom etgan jarayon qurboniga 
aylanayozdi. Ana shunday fidoyi farzandlardan biri Botu taxallusi bilan ijod qilgan Mahmud 
Hodiyev hisoblanadi. "Umid uchqunlari" (1925) va "To’lqin tovushlari" she’riy to’plamlari bilan 
bilan shuhrat qozongan shoir ifoda uslubida yorqin istiqbolga ishonch, yangi davr ravnaqiga umid 
tuyg’usi qabarib ko’rinadi: 
Ko’nglimda bo’lgan sevgi tamug’i 
Dardli ruhimning sevgan ozug’i. 
Bu tamug’dagi olovlar so’nsa, 
Tirikligimning bitar yorug’i [2, 28]. 
Yaxlit to’rt misradan iborat "Parcha" (1920) she’ri sof turkona alfozda bitilgan. "Dardli ruh" 
hamisha ishq sezimidan oziqlanadi. Muallif "ey turonliklar" va "ey turkistonliklar" deya murojaat 


701 
qilarkan, millat fojeasini yalqovlik hamda jaholatda ko’radi. Uning nazdida, "qo’rqinch, jonsiz, tip-
tinch, ulkan, qayg’u-alam cho’lida" qolgan el "yo’qsil" holiga tushib qolgan! "Qiynoq bilan bita 
yozgan" millat qismatini tasavvur etish mushkul, inchunun, "ko’ngildagi eng muqaddas tilak" xalq 
ozodligiga payvandlanadi. Biroq muallif umidi armonga aylanadi, idrok sezgisi "dard ostida sap-
sarg’ayib so’ladir". Ma’naviy daxlsizlik huquqi ham shaxs, ham jamiyat, ham millat uchun g’oyat 
muhim, buni ilg’agan lirik qahramon hissiy parda yuksak ohanggida mustaqillik sezimini 
markazlashtirishga harakat qiladi: 
Keng cho’llarda, dengizlarda yo’ldan chiqqan yo’lchilar, 
Marhamatli sen yulduzga qarab yo’lni toparlar. 
Tip-tinch tunda yo’lni bilmay qo’rqinch aro qolganlar 
Sen go’zalning ko’maging-la qo’rqinchlardan qutular, 
Ey ko’makchi, marhamatli Temir qoziq yulduzi [2, 29]. 
"Yo’ldan chiqqan yo’lchilar" tarix azmu-shijoatini o’zgartirishga bel bog’lagan kuchlar, shoir 
Temir qoziq yulduziga murojaat qilarkan, yorqin kelajak orzusini yashirmaydi. " Tip-tinch tunda 
yo’lni bilmay qo’rqinch aro qolganlar" poetik tavsif zulmatga o’qilgan aybnomadek yangraydi. 
Yo’lchi yulduz bajaradigan vazifa nurafshon so’qmoqlarni yotishdan iborat! Muallif ramziy-
majoziy talqin yordamida shafqatsiz voqelik ruhoniy holatini manzaralashtiradi. 
"Abdulla Qodiriy, Hamza, Fitrat, Cho’lpon, garchi asosiy asarlarini sho’ro davrida 
yaratganlari bilan, ruhan-ma’nan, e’tiqodan yangi tuzum yozuvchisi emas edilar. Ularning fikr-yodi, 
maqsadi xalqni qoloqlikdan olib chiqish, hurfikrlilik manzili tomon yo’naltirish edi. Ular 
mukammal, murakkab xarakterlar yaratish mahoratini chuqur o’zlashtirmagan bo’lsalar-da, adabiy 
xarakter ruh-ruhiga kira oldilar" [3, 11]. Publitsistikada Abdulla Qodiriy va G’ozi Olim 
Yunusovdan, nazmda Cho’lpon va Abdurauf Fitratdan andoza olgan Botu aksar she’rlarida shaxs 
erki va jamiyat taraqqiyoti, inson ibtidosi hamda intihosi, "mavjudlik jumbog’i" mohiyatini 
idroklashga intiladi, hayotiy-maishiy muammo talqinini hissiy tafakkur idrokida baholashga 
intiladi. Muallif "ana so’ngra qop-qorong’u zindonda, yig’lab-siqtab o’limingni kutarsan" satrlari 
aslida o’zbek qiziga bag’ishlangan bo’lsa-da, o’z achchiq qismatini bashorat bilan barobar edi. 
Nuktadon shoir shunday yozadi: 
Ko’ksingdagi erk chechagin boy berib, 
Erta-indin motam gulin taqarsan. 
Qo’lingdagi baxt cholg’usin sindirib, 
Qayg’u-alam o’chog’ida yoqarsan [2, 29]. 
Murojaat zamirida ko’ngil sarzanishlaridan sizib chiqayotgan iztirob hajmi jilvalanadi. Aslida 
qalb istagi borliq imkoniyati tosig’iga uriladi, muntazam kenglik, musdaffolik hamda yuksaklik 
xayolotda qolib ketadi. Orzularga yo’ldosh tuyg’uda ajib bir ulug’vorlik mujassam:qabariq tasvir 
yo’sinida diyonat, ilinj, oqibat va umid yaxlitlashadi. Badiiy tamsillar mudomi ruhoniy teranlik sari 
yo’l oladi, yurak nozik inja-sirlarini kashf etish uning muddaosini tayinlaydi. So’z hamda estetik 
idrok uyg’unlashgan ifoda ijodiy mustaqilligida harorat tafti seziladi: 
O’ynoqi dengizdan 
To’sqinlik kelsa, 
To’lqinlarini 
Yanchib o’taman. 
Tog’lar ko’kragin 
Bosib oshaman [2, 42]. 
"To’xtamayman hech" murojaati qatimida yoshlik shijoati jilolanadi. Bir qadar shakkokona 
ohang ( bolalik chog’imda, qiblani menga, yanglish ko’rsatgan, ey azamatlar!) aslida yorqin 
istiqbolga ishonch hissidan rang oladi, lekin qattol siyosat uning o’zini mahv etadi! "Telba 
daryolar" oqimi eng sara millat farzandlari qatorida Botuni ham qatag’on qurboni darajasiga 
ko’taradi. "Munglanib, dardlanib, har yoqqa termulib,to’kilish onlarin" kutish uning ham qismatiga 
bitiladi. Fojea butun o’zbek millati tiynatini qamrab oladi. Muallif goh mahzun, goh umidbaxsh 
tuyg’ular suvrati qatimida "o’lim shamollari kutib" turganini asta-sekin anglaydi. 


702 
Shе’r shоir ruhiy-psiхоlоgik hоlаti umumlаshgаn mоhiyati. Ijоdkоr idrоkidа hоsil bo’lgаn 
tuyg’ulаr оhаngi lirik qаhrаmоn hоlаtidа mаrоmigа yеtаdi. Undа pоetik хаrаktеr shаkllаnish tаriхi, 
shахs tаdrijiy tаkоmili, jiddiy yangilаnish sur’аti аks etаdi. Shungа muvоfiq rаvishdа insоn biо-
estеtik-qаdriyaviy qirrаlаri uzluksiz kеchаdigаn jаrаyondа uyg’unlаshаdi. Turfа hаrаkаt vа hоlаt 
chiziqlаri so’z-оbrаz-ruhiyat pаrchаlаri аtrоfigа jipslаshib, muаllif bоrliqqа fаоl ijоdiy munоsаbаtini 
dаlоlаtlаydi. Аyni pаytdа, quvvat-hоfizаdа sаyqаl tоpgаn, rivоjlаngаn shахsiy kеchinmа 
umumiylikkа intilаdi vа muаyyan shаkl-shаmоyil dоirаsidа ko’lаmgа egа bo’lаdi. Аslidа, оdаmzоd 
tаbiаti bаrqаrоr аniqlikdаn umuminsоniy mоhiyat sаri rivоjlаnаdi. To’g’rirоg’i, hаr qаndаy 
аlоhidаlik zаmiridа insоniyatgа хоs zаrif хislаtlаr ibtidоsi murаkkаblаshib bоrаdi. Аynаn 
хususiylаshgаn bеlgilаr o’zgаchаligi bаrqаrоrlаshgаn mеzоnlаr оrqаli nаmоyon bo’lishini e’tibоrgа 
оlsаk, аlоhidаlikning shаkllаnish bоsqichlаri bаshаriyat tаriхiy tаrаqqiyoti uzviy dаvоmi ekаnligi 
аnglаshilаdi. Shu mа’nоdа, pоetik til mа’nо tаdrijini muаyyan tizimgа sоlish, bir tоmоndаn, shоir 
ijоdi o’zigа хоsligini tayinlash imkоnini bеrsа, ikkinchi tоmоndаn, lirika аdаbiy rivоjlаnish 
qоnuniyatlаrini bеlgilаshgа zаmin hоzirlаydi. 
Umuman, Botu ijodida ma’rifat, islohot va targ’ibot g’oyasi yaxlit lirik ifoda subyekti 
darajasiga ko’tariladi. Shoir aksar she’rlari ijodiy biografiyaga hamohang, iztirob, dard va qayg’u 
qoyim bitiklarda sog’lom e’tiqod hamda barqaror maslak bo’rtib turadi. Erk, ozodlik va iroda 
yo’nalishiga qorishgan tasvir yo’sinida ajib bir salobat mavjud! Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 
Mahmud Hodiyev turk, fors-tojik va rus tillarini mukammal bilgan, yosh bo’lishiga qaramay, 
quvvat-hofizasi ancha taraqqiy topgan. Shoir uslubiy-shakliy izlanishlarida an’ana hamda tajriba 
bir-biriga g’alati tarzda omuxtalashadi, tasavvur teranligi, manzara tarangligi va adabiy talqin 
o’ziga xosligi mumtoz she’riy merosni tadqiq qilishga ehtiyoj tug’diradi. Unda ma’naviyat hamda 
ma’rifat hayotni tadqiq qilish omiliga aylanadi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish