645
getirmiştir. ... tepesınde tek gözü olan bu çocuğu Basat’la birlikte beslemek üzere Aruz Koca evine
getirir).184
Dostondagi suv parisi obrazi husni jamolda benazirligi, inson qiyofasida bo‘lishligi, sehr-jodu
qudratiga ega bo‘lib, devlar bilan aloqadorligi bilan o‘ziga xos xususiyatga ega. U suv parilarining
yetakchisi yoki kuchli magik xususiyatga ega bo‘lgan obrazlardan biri bo‘lganligi matnda o‘z aksini
topgan.
Turk xalq ertaklarida esa pari obrazini ko‘plab uchratamiz. Ertaklarda pari nihoyatda goʻzal,
aqlli, donishmand, latofat va nazokat egasi sifatida taʼriflangan. U sehrli xususiyatlarga ega boʻlib,
oʻrni kelganda turli qiyofaga kira oladi, oʻzining adolatli harakati, toʻgʻri va aniq maslahatlari bilan
qahramon gʻalabasiga imkon yaratadi185. Xalq ertaklari va dostonlari, afsona, rivoyat va naqllari
o‘zlarining ijtimoiy-estetik mohiyatlari bilan xalq ommasi orzu istaklarini nisbatan keng qamrovga,
qiziqarli tarzda aks ettiruvchi janr hisoblanadi. Demak, bu voqea yoki obrazni o‘zining mifologik
zamiricha yaqinroq shaklda aks ettiradilar.
Turk xalq ertaklarida pari obrazi “Kalo‘g‘lon va o‘rmon parilari” (Keloğlan ve Orman
perileri), “Pari qiz” (Peri kız), “Pari podshohining o‘g‘li” (Peri padişahının oğlu), “Maymun pari”
(Maymun peri), “Parilarning sovg‘asi” (Perilerin hediyesi), “Pushti qiz” (Pembe kız), “Qurbaqa
pari” (Kurbağa peri) kabilarda bosh obraz sifatida ishtirok etganligining guvohi bo‘lamiz.
“Kalo‘g‘lon va o‘rmon parilari” da o‘rmonni muhofaza qiluvchi o‘rmon parilari g‘ayritabiiy kuch
egalari bo‘lib, unda parilarning kichik o‘g‘li o‘rmonda adashib qoladi va Kalo‘g‘lon unga ota-
onasini topishda yordam beradi. Kichik parining otasi o‘g‘lini qo‘rish maqsadida o‘z sehr kuchidan
foydalanmoqchi bo‘ladi. “Pari podshohining o‘g‘li” ertagida esa pari obrazini yigit qiyofasida
uchratamiz. U sevgilisini kuzatish maqsadida ko‘k kaptar qiyofasiga kiradi va yomonlik parilarining
yovuzligi sababli natijada halok bo‘ladi. Rang nuqtai nazardan qaraganda, ko‘k rang qadimdan
g‘ayritabiiylik, ilohiy qudrat tushunchalari bilan izohlanadi. Chunki qadimgi insonlar ko‘k rangdagi
osmon va u bilan bog‘liq jismlar hamda hodisalarning tub sabablarini bilmaganliklari uchun
ularning barchasini ilohiy deb hisoblashgan. Osmonning moviy rangi esa hamisha ilohiy qudrat
ramzi sifatida qabul qilingan. Xudolarning aksariyati hollarda osmonda tasavvur etilishi, hattoki,
qadimgi turkiy tildagi ko‘k osmon atamasining keyinchalik faqat xudo ma’nosida qo‘llanilishi ham
fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi.
Xulosa qilib aytganda, pari obraziga quyidagicha ta’rif berish mumkin: turkiy mifologiyadagi
pari afsonaviy obrazi xarakter xususiyatlariga ko‘ra farqlansa-da, ulardagi tengsiz go‘zallik va sehrli
xususiyatlar mazkur obrazlar o‘rtasidagi mushtaraklikni tashkil etadi. “Pari” so‘zining o‘zi diniy
tafakkurga oid tushunchani ifodalaydi. Lekin turk xalqi bu obraz orqali estetik va ma’naviy ahloqiy
tarbiyaning turli prinsiplarini rivojlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Demak, biz pari obrazini turk xalq
og‘zaki ijodida qanchalik ahamiyatga ega ekanligini afsonaviy obraz sifatida tahlil qilishga urindik
va bu personaj ibtidoiy tasvvur tizimlari asosida yuzaga kelgan va shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: