Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
 
 
 
 


549 
KREATIV TALABALARNING MOTIVATSION TOMONLARINING O’ZIGA XOSLIGI 
 
Muxamedova D.G.
O’zMU p.f.d., professor 
Nuriddinov B.X.
O’zMU magistratura talabasi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada kreativlik qobiliyatiga ega talabalarning motivatsion 
tomonlarining o’ziga xosligi xususida hamda talabalarda kreativlikni davriy tarzda 
o’zaruvchanligi, moslashuvchanligi va nostabillik xususiyatiga egaligi haqida to’xtalib o’tilgan. 
Shuningdek, kreativlikning sharq va g’arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi va o’rganilganligi 
ham bayon etilgan. 
Аннотации: 
В статье рассматривается специфика мотивационных аспектов 
учащихся с творческими способностями, а также периодическая изменчивость, гибкость и 
нестабильность творческих способностей учащихся. Также утверждается, что 
творчество изучается и исследуется восточными и западными учеными. 
Annotation: 
This article discusses the specifics of the motivational aspects of students with 
creative abilities, as well as the periodic variability, flexibility and instability of creativity in 
students. It is also stated that creativity has been studied and studied by Eastern and Western 
scholars. 
“Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ 
maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, 
Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, 
taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va 
innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”. 
Zero, bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish borasida hal etilishi zarur boʻlgan 
koʻplab muammo va vazifalar mavjud
144
. Ushbu muammolarni hal qilishning asosiy 
manbaaalaridan biri - keyingilikda oliy ta’lim tizimda ijodkor talabalarni interfaol va inovatsion 
usullardan samarali foydalangan holda o’qitish, ularni kelajak istiqbollari uchun bilim, ko’nikma va 
malakalalarini shakllantirish, motivatsion sohasini individual jihatdan tubdan isloh qilishni nazarda 
tutadi. Bugun qilayotgan yaxshi ishlarimiz yosh avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubxasiz. 
Bugun qanday ko’chat eksak, ertaga shunday meva olamiz. Yosh avlodni el-yurtga, Vatanga 
sadokatli, iymon-e’tikodli, mard va jasur, yukori malakali, ma’naviyati yuksak insonlar qilib 
tarbiyalashda ta’lim maskanlarining alohida o’rni bor
145
. Ijodkor talaba har doim oraliq yondashuv 
yo’lini tutadi, ya’ni ratsionallik ( ta’lim, sub’ektiv ijod bosqichi) va intuitivlik ( asl, ob’ektiv ijod) 
dialektikasini. Shuning uchun asl ob’ektiv ilmiy ijod intuitiv ravishda inovatsion mo’jizalarini 
yaratadi va o’zida qisman ratsionallik yoki texnologiya unsurlarini ham aks ettiradi. Boshqa 
koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va yo’naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi 
mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi 
boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek ko’rinadi. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ 
fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona yodlash 
oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi bilan 
alohida ahamiyatga ega Ob’ektiv olib qaralganda, intuitivlik va ratsionallik ijodkor talabaning 
dastlabki motivatsion sohasi hisoblanadi
146
. Talabaning motivatsion sohasini tadqiq qilishda keying 
navbatda, uning dunyoqarashiga e’tibor qaratish lozim. Insonning xususan, ijodkor talabaning 
dunyoqarashi tevarak atrofdagi borliq, tabiat haqidagi, ongning borliqqa munosabati, boshqa 
odamlar va o’zi xaqidagi bilimlar, qarashlar, maslaklar sistemasidir. Shu boisdan dunyoqarash 
144
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi. Правдая востока газетаси. M.Tojimatova. 01.08.2021. 
145
Z.Nishanova, P.Ergashev. Oliy maktab psixologiyasi. O’quv qo’llanma 4-bet. T:.2012 
146
M.Salaxutdinova, R.Musinova. Ijod va kreativlik psixologiyasi. Monografiya.32-bet. S:.2018 


550 
talaba faoliyati, o’zaro munosabatlari uchun muhim ahamiyatga ega
147
. Ijodkor talabaning 
dunyoqarashi murakkab psixologik tuzilma bo’lib, uning faoliyati maqsadlari, motivlari va barcha 
sifatlari rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib 
turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an’anasiga ega 
bo‘ladi. Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali 
shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli 
mahsulotni yaratishidir. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin 
shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus 
koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik 
kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, 
chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot 
qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik 
(masalan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni 
hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi) ijodiy fikrlashga 
qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir. Ijodkor talabalarning motivatsion sohasida ilmiy 
dunyoqarash ham bo’lib u talabaga tevarak-atrofda sodir bo’layotgan hodisalarni to’g’ri anglashga 
imkon beradi. Dunyoqarash voqea, xodisalarni to’g’ri tushunish, xabardor bo’lish kabi vazifalarni 
bajaradi. Shuning uchun xam u shaxsning (talabaning) ma’naviy, mafkuraviy, g’oyaviy-siyosiy, 
ilmiy-axloqiy va estetik rivojlanishida, ijtimoiy faolligida muhim asos, birlashtiruvchi faktor bo’lib, 
kishining xulqi, xatti-xarakatlarini bir maqsadga yo’naltiradi, o’z g’oyalarini va jamiyatning 
insonparvarlik ideallarini ro’yobga chiqarishda motivatsion jihatdan qat’iy bo’lishga da’vat etadi. 
Psixologiyada «motivlar tizimi», «motiv tizimi», «motivlash sohasi muntazamligi» va boshqa 
tushunchalar keng tarqalgan. Bu tushunchalar ko’p holatlarda “implitsit
148
” darajada tushuniladi. 
Ularning zamirida ma’lum muntazam borliq yotganligi hech kimda shubha uyg’otmaydi.
149
Biroq 
hozirgacha bu tushunchalar mazmunini tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ochishga bag’ishlangan 
maxsus ishlar bajarilmagan. Zamonaviy psixologiyada motivatsiyaning ko’pgina nazariyalarida 
darajaviy g’oyalar keng tarqalgan. Darajaviy tushuntiruvchi jadval inson motivatsion sohasi 
murakkab tuzilishini o’rganishdan turli tuzilishga ega bo’lgan motivatsion birliklar o’zaro 
aloqalarini tekshirishdagi samarali vosita hisoblanadi. Motivatsion sohada motivni affektiv-kognitiv 
tushunish muammosini inson xulqining affektiv - kognitiv determinatsiyasi muammosi sifatida 
qarash Aristotel tomonidan ilgari surilgan edi. Uning ta’kidlashicha, yozadi: «U ham, boshqasi ham 
- aql va intilish - fazoviy harakatga moyillik tug’diradi» va yana o’z fikrini rivojlantirib, Aristotel 
deydiki, bir tomondan «aql intilishsiz harakatlanmaydi, ammo intilish ba’zan tafakkursiz ham 
harakatga kelishi mumkin»; ikkinchi tomondan aql istaklarga qarshi turishi mumkin - «aql kelajakni 
nazarda tutib, shoshilmaslik haqida buyruq beradi»
150
. S.L.Rubinshteyn fikricha, motivni u yoki bu 
mayl, zaruriyat, qiziqish inson uchun maqsad bilan munosabatdoshlikda harakat motiviga aylanadi. 
Shunday qilib, S.L.Rubinshteynning motivga bergan ta’rifi motivning affektiv - kognitiv tabiatga 
egaligini tasdiqlaydi. Shunday qilib, motivni affektiv-kognitiv ravishda tushunish, psixologiya 
taraqqiyotida murakkab tarixiy yo’lni bosib o’tib, hozirgi vaqtda maktab yoshidagi talabalarning 
o’qish motivatsiyasini diagnostika qilish va korreksiyalash vazifalarini hal qilishda boshlang’ich 
nuqta bo’lib qolishi kerak. Hozirgi davrda o’qish motivatsiyasini diagnostika qilishning boshqa 
yo’llari tavsiya qilinayapti: laboratoriya eksperimentlari pedagogik tajribalar bilan (tabiiy 
diagnostika uslublarini qo’llash bilan), shuningdek, real o’quv jarayoni sharoitida talabaning 
ijtimoiy xulqini uzoq muddat o’rganish bilan to’ldirilishi mumkin (A.K.Markova). Ijodkor 
talabalarning o’qish motivatsiyasini diagnostika qilish uni o’tkazish uchun uslub tanlash 
tamoyillarini aniqlashtirishni talab qiladi. O’quv faoliyati motivatsiyasini diagnostika qilishda 
quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. 1. Diagnostika tekshiruv predmeti bo’lgan ta’lim 
motivatsiyasi ko’rsatkichlarini belgilash. 2. Uch toifadagi diagnostika uslublarini tanlash, bevosita 
147
.Nishanova, P.Ergashev. Oliy maktab psixologiyasi. O’quv qo’llanma 61-62 bet. T:.2012 
148
«Implitsit» (lotin) – «noaniq tasdiqlanish» 
149
H.Holmurodova. Talabalarda o’quv motivini shakllanishining psixologik xususiyatlari. BMI.23 bet. N:.2019

150
H.Holmurodova. Talabalarda o’quv motivini shakllanishining psixologik xususiyatlari. BMI.23-24 bet. N:.2019





551 
loyihaviy va bilvosita-ta’lim motivatsiyasi ko’rsatkichlarini diagnostika qilishga yo’naltirilgan 
uslublar. 3. Har bir uslubning ajratilgan ko’rsatkichlarga bo’lgan diagnostikaviy imkoniyatlarini 
aniqlash. 4. Mazkur metodika asoslangan va natijalarni namoyon qilish chog’ida hisobga olinadigan 
nazariyani - uslubning metodologik asosini hisobga olish. 5. Metodika matnlarining talabalar yosh 
xususiyatlariga mosligi. 6. Talabalar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish. 7. Diagnostikani 
o’tkazish vaziyatining diagnostika maqsadlariga mosligi. Yuqoridagi keltirilgan ta’lim 
motivatsiyasini diagnostika qilish usuli biz o’rganayotgan muammoni yanada chuqurroq 
tekshirishga asos bo’lib xizmat qiladi. Agar ijtimoiy motivlar ham ta’lim faoliyati uchun yetakchi 
hisoblansa, bir qator mualliflar (P.YA.Galperin va boshqalar) ta’lim faoliyatiga nisbatan ularga 
tashqi motivlar sifatida qaraydilar. «Motivatsion tizim» motivatsion sohadan farqli ravishda, 
ma’lum tashkiliy yaxlitlikning, bir butunlikning bo’lishini talab qiladi. Yaxlitlik, motivatsion tizim 
qismlari haqida turli tasavvurlar mavjud. Psixologiyada, motivatsion soha doirasida 
V.G.Aseyevning ishlarini alohida ko’rsatish kerak. Qarama-qarshi rivojlanish, shakllanish 
jarayonida inson motivatsion sohasida muntazam taraqqiyotga nisbatan moyillik tendensiyasi sezila 
boradi. Bu tendensiya, V.G.Aseyev fikricha, tartibsiz shakllangan istaklarning ancha yirik 
motivatsion birliklarga kirishuvi, birlashuvi yuz beradi. V.G.Aseyev bu kirishuvni istaklarning bir-
biri bilan mazmuniy-ma’naviy va dinamik jihatdan munosabatdorligi sifatida tushunadi. 
Motivatsion tizim motivatsion soha birligi sifatida, V.G.Aseyev bo’yicha, motiv, talab, qiziqish, 
intilish, maqsad, ideal, havas, motivatsion ko’rsatma kabi motivatsion hodisalarni ifodalovchi 
tushunchalarni oladi. Shunday qilib, V.G.Aseyev turli motivatsion hodisalar-istaklar turlari 
o’rtasida tizimiy munosabatlar bo’lishi mumkin deb hisoblaydi. Bir jihatdan olganda, istaklar 
motivatsion tizim qismlari deb qaralishi mumkin, deb ta’kidlaydi. Hulosa o’rnida keltirib o’tish 
mumkinki, ijodkor talaba (shaxs) motivatsion o’z-o’zini boshqarish mexanizmlarining tahlili, 
talabalarning o’qish faoliyatidagi motivlarini diagnostika qilish va korreksiyalashda, o’z-o’zini 
takomillashtirish ishida amaliy yordam berishi mumkin. Ijodkor talabalarning motivatsion sohasi 
juda murakkab hisoblanib, uning ierxiyasi, strukturasini tadqiq qilishda individuallik 
xususiyatlariga va personal dunyoqarashiga ham e’tibor qaratish diagnostik ishlarda yaxshi samara 
beradi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish