Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Гледенко Б.В. Дакелян Э.Ф. ваб. Приоритеткые матема обслуживания , М.: Изд. 
МГУ, 1973. 
2. Джейщолн. Очеруди с приарттетами , М: Мир, 1973. 
3. Haris T.J. The remaining busy period of finite queue. Oper . Res.,v.19, 1971, 219-223. 
4. Курбонов Х. Распределиние периода занятости сестеми с приаритетом и 
ограниченной очередью, сб.т. Сам ГУ, 1991 ,51-54 . 
 
 
XALQ TABOBATI AN’ANALARINING VUJUDGA KELISHIGA DOIR ILMIY 
QARASHLAR TAHLILI XUSUSIDA 
 
Qurbonov M. 
Buxoro Davlat universiteti magisranti
Ilmiy rahbar: t.f.fd. Jamolova D.M. 
Buxoro Davlat universiteti Ijtimoiy gumanitar fanlar yo’nalishi 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada tibbiyot an’analarining paydo bo’lishi xususida ilmiy 
qarashlar tahlili, ularning paydo bo’lish sabablari, etnografik nuqtayi nazardan o’rganilishi 
haqida ma’lumot beradi.
Kalit so’zlar: 
tabobat, sog’likni saqlash, shomonlik, kohinlik, fetishizm, tabib, tashxis, dorivor 
o’simliklar. 
Tabobat an'analari xalq madaniyatining ajralmas qismi bo’lib, insonlarning empirik 
tajribalarini o’zida aks ettirgan. Muammoni etnologik nuqtai nazardan o’rganilishi xalqning tarixi, 
qadriyatlari, yashash tarzi, o’zlikni anglashi kabi masalalarga oydinlik kiritadi. Xalq tabobatning 
vujudga kelishida kishilarning ehtiyojlari, kundalik mashg’ulotlari natijasida erishgan bilimlar 
muhim o’ringa ega. Tabobat an'analarini etnologik tadqiq etishga bo’lgan qiziqish o’tgan asrning 
ikkinchi yarmidan kuchaydi. Hozirgi kunda tabobat an'analarini o’rganish va qayta tiklash borasida 
mintaqaviy va xalqaro miqyosida ko’plab amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Shu kunga qadar dunyo 
xalqlarining tabobat an'analari etnologik jihatdan tadqiq qilinib, muammoni o’rganishga doir 
metodlar, qarashlar ishlab chiqilgan.
105
Xalq tabobatining paydo bo’lishi, tarixi, rivojlanish bosqichlari borasida etnolog va tibbiyot, 
sog’liqni saqlash, folklor, fan tarixi bilan shug’ullanuvchi olimlar ilmiy izlanishlar olib 
borishmoqda. Mavjud fikrlar asosida aytish mumkinki, tabobatning paydo bo’lishi to’g’risidagi 
qarashlarni ikki guruhga ajratish mumkin: diniy-mistik nazariya va ilmiy materialistik nazariya. 
Birinchi guruh tarafdorlari tabobatning paydo bo’lishini ilk ibtidoiy dinlarning (animizm, totemizm, 
fetishizm) vujudga kelishi bilan bog’laydilar. Shomonlar, kohinlar va boshqa ibodatxona xodimlari 
aholi salomatligini saqlash, kasallikni davolash bilan mashg’ul bo’lgan deb ta'kidlaydilar. 
Jumladan, tarixchi Gerodot o’z asarida skif tabiblari bir vaqtning o’zida kohinlik va folbinlik 
qilganini qayd etgan.
106
So’zsiz, tabobat ilmining vujudga kelishida ibodatxona kohinlari muhim 
o’rin tutgan va diniy marosimlarni bajarish bilan bir qatorda kasalliklarni daf qilish bilan ham band 
bo’lishgan. Natijada, bu qarash ba'zi empirik tabobat va tibbiyot sohalarida mistik tabobat belgilari 
saqlanib qolgan degan fikrni yuzaga keltirgan. Ammo tarixdan ma'lumki, qadimda tabobat sohasi 
105
Гусева Н. О некоторых чертах традиционной индийской медицины // ЭО. – 1976. – №5. –С. 114– 
106
Дмитриева С. Традиционная народно-медицинская практика // Русские. – М.: Наука, 1997. – С. 760. 


424 
davlat nazoratida bo’lib, tabiblarning tirikchiligi ibodatxonalarga tegishli vaqf mulklari hisobidan 
edi.
107
Shu sababli, ba'zi hududlarda ilk shifoxona va tibbiy maktablar ibodatxonalar, cherkovlar 
qoshida yuzaga kelgan. Bu shifoxonalarda kohinlar faoliyat yuritib, ular tibbiy bilimlarini boyitish 
uchun ibodatxonadagi kutubxonalar va davolash chog’ida to’plangan tajribalardan foydalanishgan. 
Ushbu omillar tabobatning paydo bo’lishi haqidagi birinchi nazariyaning vujudga kelishiga sabab 
bo’lgan deyish mumkin. Shuningdek, xalq tabobati mintaqadagi diniy qarashlar bilan aralash 
holatda shakllangan. Masalan, xind, Tibet tabobati buddizm diniga, Xitoy tabobati esa Dao va 
konfutsiylik falsafiy qarashlariga tayanadi.
O’zbeklarning tabobat an'analari ko’zdan kechirilsa tozalik, poklik, bemorlar bilan muomala 
qilish, to’g’ri ovqatlanish kabi aqidalar zardushtiylik va boshqa mahalliy dinlar asosida yuzaga 
kelgan bo’lsada, keyinchalik kirib kelgan islom dini o’z qoidalari bilan bu qarashlarni 
mustahkamlagan. Shu jihatlar tabobatda falsafiy qarashlarning paydo bo’lishi va tib qoidalarini 
yaratilishida dinning o’rnini ko’rsatadi. Ikkinchi nazariya tarafdorlarining qarashlariga ko’ra, 
tabobat insonlarning amaliy faoliyati va hayotiy zarurat natijasada paydo bo’lgan. Tabobat 
bashariyat madaniyatining muhim bo’lagi bo’lib, jamiyat rivoji bilan yonma-yon taraqqiy etadi. 
Ibodatxona va cherkovlar qoshida tibbiy muassasalarning vujudga kelishiga qadar ham xalq 
tabobati an'analaridan keng foydalanilgan. Insonlar o’zini, tabiatni, hayvonot olami va o’simlik 
dunyosining tadqiq qilishi natijasida empirik bilimlar vujudga kelib, bu bilimlar ayrim kishilar 
qo’lida to’plangan. Shu asosida aytish mumkinki, tabobat an'analari – odamlarning sog’liqni 
saqlashga oid tajribalari asosida bilim, malaka va ko’nikmaning hosil bo’lishidir. Bu ko’nikmalarni 
ilmiy isbotlanishi va sohaga doir adabiyotlarning paydo bo’lishi natijasida tabobat maktablari, tib 
ilmini o’rgatuvchi muassasalar vujudga kelgan. O’rta asrlarga kelib, ta'lim diniy muassasalar 
qoshida tashkil qilinishi va o’qitish chog’ida tabobatga doir adabiyotlar, qo’llanmalardan keng 
foydalanilgan. Ya'ni, tabobat an'analari diniy muassasalar tashkil bo’lgunga qadar odamlar 
turmushida tajribalar asosida shakllangan. Diniy ibodatxonalar qoshida ilmiy muhitni yuzaga 
kelishi bilan tabobatga doir nazariy bilimlar to’plandi. Ibodatxona vakillari boshqa fanlar qatori 
tabobat ilmi bilan ham yaqindan tanishib, amalda undan foydalanishgan. Xalq orasida tabiblik 
kasbining to’la shakllanmagani, davolovchilar bu ishga asosiy kasb deb qaramaganliklari ham 
birinchi nazariyaning asosi bo’lishi mumkin. Lekin, tabobat an'analari bir muassasa yoki yagona 
kasb vakillari orasida paydo bo’lgan deb, tor doirada qarash masalani to’la yechimini bermaydi. 
Shu sababli, ikkinchi nazariya tarafdorlarining qarashlari mantiqan haqiqatga yaqin bo’lib, xalq 
tabobati tarixini shu yo’sinda o’rganish muammoni barcha qirralarini to’la anglash imkonini beradi. 
Demak, xalq tabobati an'analari– insonlarning yashash tarzi, mashg’ulot turi, xo’jaligi, diniy 
qarashlari – umuman ijtimoiy faoliyat natijasida to’plangan tajribalar yig’indisidir. Xalq tabobati 
asrlar davomida e'tirof etilgan qadriyatlar asosida kasalliklarni oldini olish, sog’lomlashtirish, 
tashxis qo’yish, inson tanasini yaxlit o’rganish va faqat tabiiy vositalar yordamida davolash 
an'analaridir. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish