Kalit so‘zlar:
renessans,birinchi renessans, ikkinchi renessans, ta’lim-tarbiya, pedagogika,
psixologiya, oliy ta’lim.
Аннотация:
В статье описаны изменения в науке и образовании в нашей стране, пути
их развития, исторические корни и их значение в воспитании подрастающего поколения.
Ключевые слова:
возрождение, первое возрождение, второе возрождение,
образование, педагогика, психология, высшее образование.
391
Abstract:
The article describes the changes in the field of science and education in our
country, ways of its development, historical roots and their importance in educating the next
generation.
Keywords:
renaissance, first renaissance, second renaissance, education, pedagogy,
psychology, higher education.
Jamiyat taraqqiyotining asosiy kuchi bo‘lgan yosh avlodni aqliy, axloqiy, ruhiy va jismoniy
barkamol qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. Bu muammoni
muvaffaqiyatli hal etish uchun barcha imkoniyat va vositalarni ishga solgan holda, yoshlarning
hayotini mazmunli, qiziqarli, foydali, sermahsul bo‘lishida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz,
turmush tarzimiz o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Ayniqsa jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shgan buyuk allomalarimizning ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari hozirgi davrga kelib
beqiyos ahamiyatga ega ekanligini butun dunyo tan olmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka
erishgandan so‘ng barcha sohalarda bo‘lgani kabi, pedagogika ya’ni kadrlar tayyorlash borasida
ham tub islohotlarni ilgari surdi. Chunki, zamon va muhit bundan buyon eskicha qarash bilan
yashab bo‘lmasligini har taraflama isbotlab bergan edi. Pedagogika sohasini rivojlantirish
mamlakatdagi eng ustuvor vazifalardan biri ekanligi hech kimga sir bo‘lmay qoldi. Xususan,
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan bu borada zalvorli qadamlar tashlandi. Bugungi
kunda mamlakatimiz ertasi bo‘lgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdek mashaqqatli
va sharafli vazifani ilm-fanni rivojlantirmasdan, ta’lim samaradorligini oshirmasdan amalga oshirib
bo‘lmasligi ta’kidlab o‘tdi.
“Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda
yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad
qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, Uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini
har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak
yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat
o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga
muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar
davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deydi Shavkat
Mirziyoyev [1].
“Renessans” iborasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, u fransuz va italyan tillarida, xususan
lotinchada “qayta tug‘ilish” ma’nosini beradi. Bu ibora Yevropada ro‘y bergan uyg‘onish va qayta
uyg‘onish davri dunyo taraqqiyotiga muhim ta’sir ko‘rsatgani, aynan yangilanish va hayotbaxsh
mazmunlarni o‘zida jo etgani uchun ham keng qo‘llaniladi.
Avvalo, Birinchi Renessans (IX-X asrlar), mashhur mutafakkirlari Imom Buxoriy, Imom
Matrudiy, Muhammad Horazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy va boshqa ko‘plab
allomalarni yetishtirib berganligi bilan g‘oyatda faxrlanarli holdir. IX-X asrlarda ro‘y bergan bu
ulkan yuksalishning sodir bo‘lishining o‘z tarixiy sabablari bor, albatta. Chunki, mazkur davrda
davlat taraqqiyoti uchun juda muhim bo‘lgan yangi islohotlar va qonunlar joriy qilindi, yer-suv,
qo‘shnichilik munosabatlaridan soliqlargacha tub yangilanishlar sodir bo‘ldi. Davlatni
boshqarishdagi va siyosatdagi yangiliklar ilm-fan kishilarini ezgu g‘oyalar tevaragida birlashtirdi,
turli-tuman fanlarga, ayniqsa matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziyaga
qiziqish kuchaydi va dunyo tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariyalarga aynan o‘sha davrda asos
solindi.
Ikkinchi renessans (XIV-XV asrlar) davri “Islom madaniyatining oltin asri” deb atalishi bilan
birga, fazo ilmi va matematika fanlarining rivojlanishi bilan yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni
ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. XIV-XV asrlarni yodga olarkanmiz Temuriylar davrining
dunyo ilm-faniga qo‘shgan xissasini aytib o‘tmaslikning ilojisi yo‘q. Bu davrda Imom Buxoriy,
Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘
ulamolar, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir
olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi
mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi
392
tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va
sozandalar, musiqashunos va me’morlarning shuhrati dunyoga yoyildi. Birinchi Renessans davrida
bo‘lgani kabi, bu davrda ham ilm o‘rganishni istovchilar butun dunyodan oqib kela boshladilar.
Har ikkala davrda ham dunyo ilm-fani, xususan pedagogikasi rivoji uchun mislsiz ulkan hissa
qo‘shgan olimu-fuzalolar Markaziy Osiyodan yetishib chiqqanligini faxrlanib aytishimiz mumkin.
Prezidentimiz tilga olgan Uchinchi Renessans g‘oyasi ham davlatning, ham yoshlarning, ham
ota-onalar va ustozlarning orzu istaklarini birlashtiradi. Muhimi, tarix qaytarig‘i ajdodlar tajribasi
sifatida, bu davlat rahbarining irodasi va tashabbusi – uning ilm-fanga bo’lgan ishonchi va zavqi
o‘laroq "uning hayotiy armonlari" bo‘lib qat’iy da’vat sifatida yangradi. Har qanday ota-ona o‘z
farzandining iste’dodi barq urishini, el-yurtga xizmat qiladigan yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishini
xohlaydi. Ayni shu yerda davlat-yoshlar va ota-onalar istaklarining jisplashganini ko‘ramiz. Bu -
tarix, bugun va kelajakni birlashtiruvchi hayotbaxsh g‘oya bo‘lgani uchun ham davlat rahbari
Uchinchi Renessans masalasini milliy g‘oya sifatida ko‘tardilar.
Albatta, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayoni besh-o‘n yil davom etmay, ancha
katta va mashaqqatli davrni talab qiladi. Buning uchun, avvalo, minglab iste’dodli kadrlar, iqtidorli
zamonaviy yoshlar, fidoyi insonlar nihoyatda zarur. Bu esa pedagogika sohasini rivojlantirish bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalardan biridir. Yurtimizda mazkur sohada olib borilayotgan siyosat
jahonning ilg‘or mamlakatlari singari yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan, jamiyat rivojlanishining
har qaysi jabhasida shaxsiy namuna ko‘rsata oladigan kadrlar tayyorlashga qaratilganligi bejis
emas.
Pedagogik ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda
munosib hissa qo‘shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog
kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy qilish maqsadida quyidagilar
pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
- tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni
puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash;
-pedagogik kasbga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli
tayyorlab va tarbiyalab borishning uzluksiz tizimini joriy qilish;
-pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja va
dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv-me’yoriy va ta’lim
resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;
-sohada ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash orqali ta’lim sifatini
yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;
-pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o‘rganib borish, ular bilan
o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslangan istiqbolli
rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish;
-oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida
pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar
yaratish;
-pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda
boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
-pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada
kengaytirish;
-yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va baholash
mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari
samaradorligini oshirish [2].
Uchinchi Renessans poydevorini qurishda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 7 fevraldagi
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha
393
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida ”gi PF-5712-son, 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq
ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5538-son Farmonlari, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va
ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 27 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish kurslari to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
haqida”gi 103-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarni amalga oshirish ma’lum darajada xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun,
balki davlat va jamiyat taraqqiyoti, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin,
fuqarolari yuksak ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi. Davlatimiz rahbari
e’tirof etganidek, xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda yangi O‘zbekiston
yangidan-yangi yuksak marralarga erishishiga, insoniyat baxt-saodati, farovonligi va ravnaqi uchun
o‘rnak bo‘lishiga shubha yo‘q. Zero, bugungi kun talabi ham mana shundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |