Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

 
References: 
1. Abu Nasr Farobi Fazil people city - T.: Abdulla Qodiri National Heritage Publishing 
House, 2003. - 224 p. 
2. Encyclopedic dictionary of philosophy - T .: "Sharq", 2004. - 496 p. 
3. Impact of COVID-19 on education. 09.04.2020 y. 
https://t.me/joinchat/
 
AAAAAFNm6gx7k7eI594KBw 
4. Huawei is coming out with an evolutionary proposition in the education system. 
http://uza.uz/oz/society/huawei-talim-tizimida-evolyutsion-taklif-bilan-chi-mo-da-13.04.2020 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


398 
MUHIDDIN ABDUSAMAD UCHLIKLARIDA HOLAT RUHIY IFODASI 
 
Kurbanbayev I.A.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti f.f.n., dots. 
Annotatsiya: 
Maqolada uchlik badiiy shakli tabiati, janrda ruhiy holat namoyon bo’lish tarzi, 
she’riy dunyoqarash voqelanishida ifoda va tasvir vazifadoshligi, poetik nutq tadriji Muhiddin 
Abdusamad ijodi misolida tahlillanadi. Unda adabiy talqin o’ziga xosligi, rivoya texnikasiga 
qo’yiladigan talablar, ijod falsafasidan san’at qonuniyatlariga ko’chish tamoyillari xususida 
mushohada yuritiladi. Aslida badiiy nutq tahlil imkoniyatlaridan o’sib chiqadi, unda lirik subyekt 
hamda estetik predmet birlashadi, nozik kuzatish va jonli mushohada omuxtalashadi, hayotiy 
ziddiyatlar falsafiy teranligi umumlashtiriladi. 
Kalit so’zlar: 
uchlik

badiiy
 
shakl

poetik
 
nutq

rivoya texnikasi, adabiy talqin, lirik subyekt, 
tasvir obyekti, ijodiy mustaqillik, idrok sezgisi, hissiy tafakkur, mushohada. 
Yangi davr o’zbek she’riyatida shakily lakonizmga mayl ancha teranlashdi. Poetik tarh 
tig’izlashuvi hayotiy ziddiyatlar falsafiy teranligini umumlashtirishga zamin hozirlaydi. Unda 
holatlar muntazamligi, mushohada qabariqligi va tahlil quyuqligi bir-birini to’ldiradi. Aniqrog’i, 
tasvir ruhiyatini siqiq ifoda malakasida qayta tiklash badiiy mahoratga payvandlanadi. Vaholanki, 
"qanchalik g’ayritabiiy tuyulmasin, kichik hajmli she’rda ruhiyatni chizish va fikr aytish imkoni 
katta bo’ladi. She’r qancha qisqa bo’lsa, unda tagma’no va ishoraga shuncha ko’p joy qolib, 
she’rxonga matndan turli-tuman kashfiyotlar qilish imkoniyati beriladi. Qisqa she’r o’quvchiga 
ishonchning ifodasi bo’lib, uni badiiy so’zning iste’molchisidan poetik holatni tuyish, badiiy 
manzarani jonlantirish jarayonining ishtirokchisi martabasiga ko’tarishga urinish natijasi" [3, 102] 
hisoblanadi. Teran ichki mantiq va ma’no ta’kidi janr kanonini belgilaydi. Binobarin, holat va 
harakat sintezi qaltis usul tabiatini dalolatlaydi. Satrlar ichki intizomi, mantiqiy bog’lam yaxlitligi 
va tasavvur simmetrik aniqligi uchlik janri o’ziga xosligini tayin etadi: 
Qovushgan kipriklar ovozi 
buzar 
jimlikni [5, 59]. 
Ma’no tig’izlashuvi hisobiga shaklni mukammallashtirishga intilish tajribasi o’zbek lirikasiga 
xos hodisa, inchunun, Anvar Obidjon, Tohir Qahhor, Tursun Ali, Farida Afro’z, Faxriyor, Bahrom 
Ro’zimuhammad, Ulug’bek Hamdam uslubiy izlanishlarida janr yetuk namunalari yaratilgan. 
Bitiklarda she’r ruhiyatini ijod falsafasiga yo’naltirish malakasi hal qiluvchi vazifa o’taydi. Iqtidorli 
yosh shoir Muhiddin Abdusamad adabiy talqinida ham adabiy vorisiylik ta’siri seziladi. Qat’iy 
hukm-xulosani ixcham poetik to’xtamda ifodalashga harakat qiladigan muallif idrokida ma’no 
zichligi ustuvorlashadi. "Qovushgan kipriklar ovozi" aslida shoir dil rozi, ko’ngil izhorini 
jilvalantiradi. Muazzam tushunchani sog’inch hissi birlashtiradi. So’z hamda She’rxonga qarab 
uchirilgan "kipriklar ovozi" sukunatni "buishga" qodir! Birinchi misrada jo bo’lgan xulosa matn 
yakunida sharhlanadi: 
Tegdi me’daga 
bir xil taomday 
hijronning ta’mi [5, 64]. 
Chuqur ichki mantiqqa tayanadigan uchlikda muayyan poetik intizom ko’zga tashlanadi. 
"Me’daga tegish", "bir xil taom" hamda "hijron ta’mi" – badiiy muqoyasalar mushohada falsafiy 
yig’iqligini tayin etadi. Holbuki, "haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib (struktura). U 
matn tarzida yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo san’atkor iste’dodiga, aytmoqchi bo’lgan 
gapining haqqoniyligiga, so’zlarga yuklatilgan ma’noning salmog’iga, maromning tovlanishi, 
tuslanishiga bog’liq. Mukammal matn yaratish – ilmiy-ijodiy izlanish demak. Qisqalik, lo’ndalik – 
iste’dod mujdasi" [6, 44] sanaladi. Joriy holatda so’z estetik quvvat-hofizasi taranglashadi, unda 
ham ifodani shakllantirish, ham ruhiy holatni chizish, ham ma’noni urg’ulash, ham shakl poetik 
intizomini ta’minlash o’z in’ikosini topadi. Muallif kalom yangi ma’no qirrasini umumlashtiradi: 


399 
uzoq davom etgan "hijron ta’mi" kundalik iste’mol qilinadigan "bir xil taomday" me’daga tegadi! 
Misralar qatimida umidsizlik hissiga ishora ta’siri bo’rtib turadi: 
Dil – quduq. 
Til – nay. 
Fursat – cho’pon [5, 66]. 
Poetik lavha faqat tasviriy ifoda asosiga qurilgan. "Dil - quduq", "Til - nay" va "Fursat – 
cho’pon". Iskandar haqida afsonaga ishora qiladigan mo’jaz manzara o’quvchi shuurini band etadi. 
Shoir ijodiy islohoti (qalb quduqqa muqoyasalanishi, tilni nayga o’xshatish va vaqt cho’ponday 
harakatlanishi) bir payt o’zida ikki mushohada oqimini jilvalantirishga yo’l ochadi. Poetik g‘oya 
hamda uning yaxlit tasavvurda namoyon bo’lish tarzi she’r maromini belgilaydi. Ijodkor aksar 
hollarda ruhiy kechinma shiddatini ta’minlash maqsadida fikr mantiqiy taraqqiyotini hal qiluvchi 
maqomga yo’naltiradi. Ifoda teranligi va tasvir yoyiqligi muallif e’tibor qaratadigan asosiy 
taomillar, unda adabiy talqin va tahlil malakasi markazlashadi: 
Ertakdagi kalava misol 
menga yo’l ko’rsatib borar yo’l. 
Ketayapman yo’lning izmida [5, 81]. 
Tuyg‘u samimiyati hamda ifoda mustaqilligi omuxtalashgan manzarada so’z hissiy idrokda 
tuslanishi qabarib ko’rinadi. Badiiy shakl namunasida "yo’l" timsoli uch marotaba qo’llaniladi, 
muallif poetik mahorati natijasi o’laroq tushuncha uch ma’no qirrasida namoyon bo’ladi. Ertakdan 
hayotga ko’chgan tafsilotda lirik subyektga "ertakdagi kalava misol, yo’l ko’rsatib borar yo’l". so’z 
o’yini matnga estetik joziba baxsh etadi. "Yo’lning izmi" ijodkor fitrati daxlsizligiga rahna soladi. 
Hayrat va go’zallik kshf qilishga qodir sohir san’atda uslubiy barqarorlik va yengil tahlil malakasi 
birlashadi. Iztirobni suvratlash mayli poetik idrokni alohidalaydi. 
"Badiiy asar go‘yo bir jonli organizm: organizm jonsiz yashay olmaganidek, «jon» ham 
tanasiz o‘zini namoyon qilolmaydi. Jonli organizmning eng kichik hujayrasi ham unda aylanib 
turgan iliq qon tufayli yashagani kabi, badiiy asarning har bir katta va kichik qismi ham unga hayot 
baxsh etib turgan mazmun tufayli yashaydi va shu mazmunning nishonasi, tashqi ifodasi bo‘lib 
xizmat etadi" [2, 163] - yozadi munaqqid Izzat Sulton. Nazariy qarashda bir nechta jihat e’tiborni 
tortadi. Birinchidan, badiiy asar o‘z ichki qonuniyatlari vositasida shakllanadigan poetik tizim, 
ikkinchidan, matn shakl, mazmun va uslub daxlsizligini ta’minlaydigan estetik omil, uchinchidan, 
ijodiy qayta ishlangan va boyitilgan badiiy ma’no lirik ifodada yaxlitlashadi. Hayotiy aqida va 
adabiy talqin uning qo’sh qanoti sanaladi. 
Umuman, Muhiddin Abdusamad uchliklarida ruhiy holat ifodasi o’ziga xos tarzda namoyon 
bo’ladi. Unda ifoda jozibasi, tasavvur yorqinligi va poetik ta’kid betakrorligi g’alati ravishda 
omuxtalashib ketadi. Intellectual-ruhiy daraja hosil qiladigan tagma’no beixtiyor kitobxon e’tiborini 
tortadi, g’oyat ichkin ifoda yo’sini holat manzarasini chizish barobarida mushohadaga moyillik ham 
tug’diradi. Ayni shakily ixchamlik, birinchidan, ko’ngil sarhadlariga teran kirib borishga zamin 
hozirlaydi, ikkinchidan, ruhiy tahlil tarangligini ohangga yo’naltiradi, uchinchidan, ifoda 
ta’sirchanligi va tasvir aniqligini ta’minlaydi, to’rtinchidan, janr va ma’no uyg’unlashuviga yo’l 
ochadi. Muallif ijodida kuzatilgan poetik tajriba muayyan estetik salmoq kasb etadi. Teran mantiq 
shoir she’riyatini bezashga xizmat qiladi. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish