372
hayoti, rivoji uchun zarur bo‘lgan komil insonni tarbiyalashda o‘qituvchilar oldiga ulkan talablarni
qo‘yadi.
Tashkilotchilik komponenti - bu komponent konstruktiv komponent bilan bog‘lik bo‘lib, u
butun o‘quv faoliyati va tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish malakasidan iboratdir.Tashkilotchilik
faoliyatida uch yo‘nalish: bayon etish, o‘z xulqini dars va tarbiyaviy ishlarda tashkil qila bilish,
boshqarish, talabalar faoliyatini tashkil qilish asosida amalga oshadi. O‘quv va bilish faoliyatini
tashkil qilishda talabalarning individual ish faoliyatini tashkil qilish, jamoa faoliyatini, ota-onalar va
ta’lim muasassalarga yordam beradigan tashkilotlar ishini boshqarish ham shu faoliyatning ish
mazmunini tashkil etadi. Kommunikativ faoliyat - bu faoliyat o‘qituvchining talabalar, ota-onalar
va maktab ma’muriyati bilan o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi bilan talabalar
orasidagi munosabat o‘quv faoliyatining mazmunini qanday bo‘lishini belgilaydi. O‘qituvchining
talabalarga bo‘lgan emotsional munosabatlarini 5 tipga ajratish mumkin:
1) emotsional-ijobiy faollik,
2) emotsional-ijobiy passivlik,
3) emotsional-salbiy faollik,
4) emotsional-salbiy passivlik ,
5) muvozanatsizlik
Bunday munosabatning xar biri bolaga turlicha ta’sir ko‘rsatadi va o‘zaro munosabatlarning
mazmunini, sifati tashkil qiladi. Talabalar shu munosabatlarga turlicha berilishlarida ularni
o‘qishga, mexnatga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Xar bir shaxsning o‘ziga xos xususiyati
mavjud. Xar bir shaxsning ijobiy va salbiy xususiyatlari ham mavjud. Ammo milliy maktab
o‘qituvchisi shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari va sifatlari, qobiliyatlari, boshqa kishilarnikidan
farq qilmog‘i, u iloji boricha bola uchun, talaba (talaba) uchun ideal bo‘lmog‘i, unga taqlid qilishiga
munosib bo‘lmog‘i lozim. Chunki, o‘qituvchi qo‘lida bo‘lg‘usi insonning taqdiri yotadi. O‘qituvchi
shaxsining professional, ya’ni kasbga yo‘naluvchi sifatlari, avvalo, uning bilim va bilim berishga
bo‘lgan ehtiyoji, istedod va qobiliyati, axloqiy sifatlari: haqqoniyligi pritsipialligi, talabchanligi,
mexribonligi, o‘z burchini his qilishidir. O‘qituvchining professional ahamiyatga ega bo‘lgan
muxim sifatlari - bolani sevishi, talabaning ichki dunyosini tushunishga qobiliyatliligi, ularga,
maqsadga muvofiq pedagogik-psixologik tasir ko‘rsatishi, talabaning ayni paytdagi psixologik
holatini tushunib, yosh hamda individual xususiyatlarini hisobga olib ish ko‘rishidir. O‘qituvchi
bilan talaba o‘rtasidagi turli xil vaziyatlardagi o‘zaro munosabatlarni taxlil qilish natijasida bolalar
jamoasidagi psixologik muxit va kommunikativ madaniyat o‘qituvchining talabalar bilan
bo‘ladigan muomala stili va uning pedagogik nazokatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi, degan
xulosaga kelish mumkin.
O‘quv jarayonini rejalashtirish o‘qituvchining mashg‘ulotlariga tayyorlanishida asosiy o‘rin
tutadi. O‘quv jarayonini rejalashtirish tufayli o‘qituvchi va talabalarning mashg‘ulotlarda kasb
ta’limining vazifalari va maqsadlariga, uning prinsiplariga va talabalar bilan ishlashga qo‘yiladigan
boshqa talablarga muvofiq hamma ishlarini oldindan ko‘rish mumkin. O‘qituvchining darsga
tayyorlanishida tashkiliy va metodik xarakterdagi tadbirlarni, shuningdek mahoratni oshirish
tadbirlarini ifodalash mumkin. Mutlaqo ayonki, o‘qituvchining bilimlari talabalardan talab
qilinadigan bilimlardan ancha keng, chuqur bo‘lishi kerak. O‘qituvchi talabalarning o‘quv
dasturidan tashqari savollariga javob berishga tayyor bo‘lishi kerak. U shuningdek kasbiy
malakalarni puxta egallab olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: