Мақола ва тезислар номи



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Фойдаланилган адабиётлар: 
1.
Донтсов А. И., Емелянова Т. П. Замонавий франтцуз психологиясида ижтимоий 
вакиллик тушунчаси. Москва, 1987 йил. 
2.
Иванов В.Н., Патрушев В.И. Ижтимоий технологиялар: талабалар учун дарслик. 
Москва, 1994 йил. 
3.
Андреева Г.М. Ижтимоий бошқариш психологияси. Москва, 2015 йил. 
4.
Бухтерева О.С. ОАВ ва ижтимоий ишнинг ўзаро боғлиқлигининг назарий ва 
услубий жиҳатлари. Москва: МГУС, 1999 йил. 
5.
О.М.Миртазаева, Л.П.Зуева, Г.С.Матназарова Эпидемиологик ишлар тахлили. 
Тошкент 2016 йил 
ABU HAFS KABIR – SHARQ UYG’ONISHINING ILK VAKILLARIDAN BIRI 
 
Karimov A.
NamDU, Tarix yo’nalishi talabasi 
Annotatsiya: 
Ilmiy maqola o’rta asrlarning mashhur dunshunos olimlaridan biri Abu Hafs 
Kabir Buxoriyning hayoti hamda faoliyati haqida. 
Tayanch so’zlar: 
Muhaddis, fiqhshunos, Fagsodara, hanafiya, madrasa, Darvozai Nav, 
Hazrati Imom, Haqrah, “Kabir Buxoriy”, Narshaxiy, “Qubbat ul-islom” 
Islom olamidagi dunyoga mashhur muhaddislar, fiqhshunoslar, diniy ilmning yuksak 
namoyondalari o’rta asrlarda asosan Movarounnahr yurtidan yetishib chiqdi hamda butun jahohga 
mashhur bo’ldi. Ularning islom ilm-faniga qo’shgan hissalari bebahodir. Bu olimlarning muqaddas 
nomlari va kelajak avlod uchun qoldirgan xazinalari hozirgi kunga qadar munosib ravishda asrab-
avaylab, e’zozlab kelinmoqda. Islom olamidagi shunday yetuk insonlardan biri mashhur Abu Hafs 
Kabir Buxoriy edi. 
“Islom olamining buyuk ilohiyotchisi, faylasufi, dinshunos olim Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-
Buxoriy 767-yilda mashhur Buxoro shahrining Fagsodara mahallasida tavallud topgan.”
100
Olimning to’liq ismi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs ibn Zabarkon ibn Abdulloh ibn Kabir al Ijli al 
Buxoriy bo’lgan. U ilm izlab o’z davrining fan hamda madaniyat markazlaridan biri bo’lgan 
Bag’dod shahriga boradi. Bu shaharda Abu Hafs Kabir o’sha davrning mashhur dinshunos 
olimlaridan biri Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy bilan uchrashadi hamda bu olimdan islom 
dini bo’yicha dars ola boshlaydi. Abu Hafs Kabir olimdan hanafiy mazhabi fiqhini hamda boshqa 
diniy ilmlarda ham chuqur bilimga ega bo’lib kamolga yetganidan so’ng o’zining ona shahri 
Buxoroga qaytib keladi.
O’zining tug’ilib o’sgan shahriga qaytib kelgan olim vatanida ilm-fan yuksalishiga hamda 
keng tarqalishiga harakat qiladi. Abu Hafs Kabir Movarounnahrda islom dining hanafiy mazhabi 
fiqhini keng yoyilishiga ulkan hissa qo’shdi. “Rivoyatlarda aytilishicha, Abu Hafs Kabir Buxoro 
shahrida hanafiy mazhabi asosida ta’lim beriladigan ilk madrasa qurdirgan. Bu madrasa hozirgi 
Poyi Kalon mavzeyida bo’lgan.”
101
Abu Hafs Kabirning ilmda tengi yo’q ko’plab shogirdlari bo’lgan. Ulardan Abu Ja’far Rizvon 
ibn Salim, Horis ibn Abdul Vafo, Abul Hasan Muqotil ibn Said Baydariy, Abu Solih Toyyib ibn 
Muqotil Xunomatiy, Muhammad ibn Hotam, Muhammad ibn Abdullo Abu Zahhok Fazl ibn 
100
https://www.advantour.com./rus/uzbekistan/bukhara/abu-khafs-kabir-masouleum 
101
https://www.qadriyat.uz/tarix/faqihlar/628-imom-abu-khafs-kabir-bukhorij 


365 
Hasson, Abu Usmon Said ibn Sulaymon va boshqalar. Buyuk muhaddis, hadis ilmining peshvosi 
Imom Buxoriy ham olimning shogirdi bo’lgan. 
Olim fiqhning turli masalalariga oid ko’plab asarlar yozgan. Ulardan “Kitabul imon”, “Al-
Ahvo val ixtilof”, “Ar-radda alal lafziya” kabi asarlari mashhur. Uning asarlarida islom dinining 
hanafiya mazhabi bo’yicha eng mukammal va muhim ma’lumotlar keltirilgan. Olimning asarlarini 
keyinchalik ko’plab din olimlari o’rganishgan va o’z asarlarida isbot sifatida undan parchalar 
keltirganlar. Abu Hafs Kabirning asarlarini o’rganish bugungi kunda ham davom etmoqda hamda 
uning merosiga munosib tarzda e’tibor qaratilmoqda.
Abu Hafs Kabir 832-yil Buxoro shahrida vafot etgan. U Buxorodagi Darvozai Nav 
qarshisidagi tepalikka dafn etilgan. Olimning qabrtoshiga ilm-fanga qo’shgan ulkan hissasi va juda 
ko’plab ma’naviyatli shogirdlar tarbiyalagani uchun “Movarounnahr olimlarining ustozi” deb yozib 
qo’yilgan. VIII asrgacha Xufra, Darvozai Nav nomlari bilan yuritilgan obidaga tutash qabriston 
Abu Hafs Kabir dafn etilganidan so’ng buxoroliklar uni Hazrati Imom darvozasi deb atagani 
ko’plab manbalarda qayd etilgan. Bu ziyoratgohga olib boradigan yo’lni odamlar “Haqrah”, ya’ni 
haqiqat yo’li deb ataganlar. Unga “Kabir Buxoriy” (Buxoriylarning kattasi), “Hojatbaror imom”, 
“Muallimi islom” kabi unvonlar berilgan. Abu Hafs Kabir amir bo’ladimi yoki oddiy fuqaro 
bo’ladimi qanday muammo bilan kelsa hal qilib berar edi. Ayniqsa, savdo-sotiq hamda ibodat 
masalalarida juda ham bilimli bo’lib har doim to’g’ri yo’l ko’rsatar edi. Shu bois ham odamlar 
olimni “Hojatbaror imom” deb hurmat qilishgan.
Kommunizm davrida mintaqadagi boshqa yodgorliklar singari buyuk olim dafn etilgan joy 
ham vayron qilingan. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng Abu Hafs Kabir maqbarasi qayta 
tiklandi hamda ziyoratgohga aylantirildi. Uning maqbarasiga dunyoning turli mamlakatlaridan 
so’fiylar va sayohatchilar tashrif buyurishmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Abu Hafs Kabir Buxoriy o’z davrining yuksak darajadagi 
ilmli olimlaridan biri edi. U Movarounnahrda islom dining hanafiy mazhabini keng yoyilishiga 
ulkan hissa qo’shdi. Bu olim tufayli bu davrda Movarounnahrda ko’plab ilmli islom dini vakillari 
yetishib chiqdi. “Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridagi ma’lumotlarga ko’ra, aynan shu olim 
sababli Buxoro shahri IX asrda “Qubbat ul-islom” (Islom dinining gumbazi) nomini olgan.”
102
Olim 
Sharq Uyg’onishi davrining dastlabki vakillaridan biri edi. Uning kelajak avlodga qoldirgan merosi 
bebahodir. Bu merosni o’rganish hozirgi kunda ham davom etmoqda. Abu Hafs Kabir Buxoriyning 
O’rta Osiyodagi ilm-fan rivojida o’ziga xos chuqur iz qoldirdi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish